Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism
Download 79.75 Kb.
|
BOT 19.1 Sultonova Asal
Asosiy sintaktik birliklar. So‘z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko‘ra, sintaksis uchga bo‘linadi;
so‘z shakli sintaksisi; so‘z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi. So‘zlarning nutqda o‘zaro aloqaga kirishuvidan so‘z qo‘shilmalari vujudga keladi. So‘z qo‘shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon). Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo‘lib, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so‘z birikmalari – so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lishi, bu qo‘shilishning esa turli vosita (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Demak, nutqda: 1.So‘z boshqa so‘z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog‘lanadi. Buning uchun u ma’lum bir grammatik shaklga ega bo‘ladi (uyga bormoq, a’lochi o‘quvchi). Grammatik shakllangan so‘z sintaksisi so‘z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So‘zlar o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik - so‘z birikmasi (SB) vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, so‘z birikmalarda tobelanish va uning yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim so‘z birikma sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo‘lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko‘rinishidir. So‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o‘rganadigan bo‘lim gap sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo‘limlar o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo‘lim o‘rganish obyektiga ko‘ra mustaqil soha bo‘lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis sohasiga birlashtiradi. Download 79.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling