Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism
Download 79.75 Kb.
|
BOT 19.1 Sultonova Asal
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarni rag‘batlantrish
- II. BOB. GAP 2.1.Gapning ifoda maqsadiga kora turlari Gap
Yangi mavzuni mustahkamlash:
5. Taxminiy tayyorgarlik ko‘rib bog‘lanishli gap tuzib va uni yozish. Video orqali “Bog‘bonlarga yordam” lavhalari ko‘rsatilib, hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so‘zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so‘zlardan foydalanish tushuntiriladi, masalan, bolalar, qizlar, o‘quvchilar, o‘rtoqlar. Bu so‘zlar doskaga katta harf bilan yoziladi. O‘quvchilarni rag‘batlantrish: Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Uyga vazifa 263-mashq. O‘qituvchi uyga vazifani qanday bajarishni tushuntirib beradi. O‘qituvchi tavsiya qilgan mavzu (“Paxta terimida”, “Oila davrasida”, “Onamga yordam” kabi) yuzasidan ikkita gap tuzadilar. Uning grammatik asoslarini topadilar. II. BOB. GAP 2.1.Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari Gap —muayyan til qonuniyatiga koʻra grammatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap soʻz, soʻz birikmalariga qarama-qarshi qoʻyiladigan sintaktik kategoriyadir. Predikativlik, modallik, xabar intonatsiyasi, marom-ohang, tugallanganlik, soʻzlar tartibi gapning muhim xususiyatlaridandir. Kommunikativlik — gapning bosh vazifasi. Gaplar quyidagi nuqtai nazardan tasnif qilinadi: a) tarkibidagi predikativ birlikning miqdoriga koʻra.Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda gaplar 3 tur ga boʻlinadi: darak gap, soʻroq gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari gapni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat gaplar xosdir. Kesimlik belgisiga ega bo‘lib, tugallangan ohang bilan talaffuz qilinuvchi va ma’lum bir fikr ifodalovchi tugallangan ohang bilan talaffuz qilinuvchi va bir intaktik birlik gap deyiladi. Gap mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Gapning muhim belgilari quyidagilar bo‘ladi. Gapning muhim belgilari quyidagilar: 1) grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi; 2) tugallangan ohang bilan aytiladi; 3) tugal fikr ifodalanadi; 4) kesimlik belgisiga ega bo‘ladi. Til ta’limini “Gap” bo‘limi tizimini mashqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ulardan ona tili o‘qitishning hamma bo‘g‘inlarida, o‘quv-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi. Garchand, “Gap” bo‘limi tizimi mashqlarning qo‘llanish doirasi qancha keng bo‘lsa-da, haligacha ularning hamma e’tirof etgan ta’rifi, tarkibiy qismlari, tiplari va tizimi hususida aniq tasavvurlar mavjud emas. “Gap” bo‘limi tizimi mashqlar o‘quvchilarda irodani tarbiyalashning asosiy omillaridan biridir. Iroda, ruxshunoslarning ta’biri bilan aytganda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘z faoliyatini ongli tashkil etish, faoliyat jarayonida uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etish vositalarini, usullarini izlashni taqozo etadi. O‘z mehnatining maqsadini tushunish, unga erishish uchun harakat qilish, intilish bola faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib, ular mashq qilish natijasida tarkib topadi. Bunga mashqlarni yetarli darajadagi qiyinchilik va murakkablikda o‘tkazish yo‘li bilan erishiladi. Ammo ona tili metodikasi fanida mashqlarning qiyinligi va murakkabligi masalasi xaligacha o‘rganilgan emas. “Gap” bo‘limi mashqlardan til bilimlarini o‘rganish, mustahkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish maqsadlarida foydalaniladi. Shuningdek, ular bolalarda orfoepik, orfografik, uslubiy, punktuatsion va shu kabi malakalar hosil qilishning yetakchi omili sanaladi. Binobarin, “Gap” bo‘limi mashqlarning mohiyatini to‘liq anglagan, ularning qurilishi hususida bilimlarga ega bo‘lgan, tiplarini ajrata biladigan, ularni tizimga keltirish texnologiyasini egallagan o‘qituvchigina ulardan unumli foydalanadi. Download 79.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling