Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash
- O‘zlari ega bo‘lgan hayotiy tajribalarini sestemalashtirish va geometrik shakllar atrof muhitdagi buyumlarning obrazi ekanini tushunib yetish;
- turli-tuman geometrik shakllar (burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, doira) bilan tanishish, mos atamalarni bilish va qo‘llay olish, bu shakllarni aniqlay olish, ularning ba`zi xossalari bilan tanishish;
- har xil ko‘pburchaklarning perimetrlarini topishni o‘rganish;
- yuz o‘lchov birligi – kv. sm (kvadrat santimetr) bilan tanishish, ko‘pburchakning yuzini topishga o‘rganish.
Tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
Son va hisoblashlar
Matematikani o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni;
Bilishi kerak:
- atamalar: qo‘shiluvchi, yig‘indi, kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma, ifoda, ifodaning qiymati, ko‘paytirish, ko‘paytuvchi, ko‘paytma, bo‘lish, bo‘linuvchi, bo‘linma, ...marta kam, ...marta ortiq;
- ishora (belgi) va belgilashlar, ∙(ko‘paytirish belgisi), : (bo‘lish belgisi), x (iks)ni;
- bir xonali sonlarni qo‘shish jadvali va ayirishning shunga mos hollari (avtomotizm darajasiga yetkazilgan ko‘nikmalar)ni;
- 2-3 amalli ifodalarda, chunonchi, qavsli ifodalarda amallarni bajarish tartibi.
Uddalay olishi kerak:
- 100 ichida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirishni o‘rganilgan usullar asosida bajarishni;
-100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirishni ustuncha shaklida yozish bilan hisoblay olishni;
- ko‘paytirishning asosiy xossasini ifodalash va uni hisoblashlarda qo‘llay olishni:
- bir o‘zgaruvchili ifodaning qiymatini shu o‘zgaruvchining berilgan qiymatlarida hisoblab topishni, sodda masalalarni tanlash va amallar komponentlari orasidsagi bog‘lanishlar asosida yechishni:
- o‘rganilgan xildagi 1-2 amalli matnli masalalarni yechishni.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
- atamalar: to‘g‘ri burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, aylana markazi, aylana radiusi.
- belgilashni: mm (millimeter), kvadrat santimetr (kv.sm)
Do'stlaringiz bilan baham: |