Tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
Son va hisoblashlar
Matematikani o‘rganish natejasida o‘quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
— 0 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini, bu sonlar qatorining tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni tushunishni;
— kattalik (uzunlik, massa, vaqt) o‘lchovi birliklari jadvalini va bu bilimlarni amalda va masalar yechishda qo’llashni;
narxi, miqdori, qiymati, me’yori, umumiy massasi kabi miqdorlar orasidagi o‘zaro munosabatni bilish va bu bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo‘llashni.
Uddalay olishlari kerak:
100 ichida sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash;
-100 ichida va 1000 ichida amallar bajarilishga keltiriladigan hollarda to‘rt arifmetik amallarni to‘g‘ri og‘zaki bajarishni; hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirishni;
-1000 ichida sonlarni yozma qo’shish va ayirishni; hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirishni,
-2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartib qoidalarini qo‘llashni;
-1-2 amalli (amallar bo‘yicha, reja bo‘yicha, ifoda tuzish bilan) masalalar yechishni.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash. Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
- uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlarni;
- geometrik shakllarning ko‘rinishlarni o‘zgartirish usullarini.
Uddalay olishi kerak:
- o‘rganilgan geometrik shakllarni nafaqat alohida, balki boshqa shalkllar bilan turli uyg‘unlikda namoyon bo‘luvchi atrof-muhitdagi buyumlar, modellar, rasmlar, chizmalardan qiynalmay topa olishni;
- chizg‘ich yordamida kesma uzunligini (to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlari uzunligining yig‘indisini) o‘chash va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish.
4-Sinf uchun matematikadan asosiy ta’lim dasturi mazmuning me’yorlari
Son va hisoblashlar
Dastur materialini o‘rganish 4-sinf o‘quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Million ichida sonlar bilan tanishish.
Birlik va mingliklar sinflari xonalari hamda ular orasidagi munosabatlar haqida tasavvurlarga ega bo‘lish.
Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari haqida tasavvurga ega bo‘lish.
Million ichida to‘rt arifmetik amalni (istalgan ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirish; istalgan ko‘p xonali sonlarni ikki va uch xonali sonlarga ko‘paytirish va bo’lish ) to‘g‘ri va tez bajarishga o‘rganish.
Qoldiqli bo‘lish malakalarini mustahkamlash.
1-3 amalni o‘z ichiga olgan unchalik murakkab bo‘lmagan sonli ifodalarning qiymatlarni to‘g‘ri hisoblashga o‘rganish.
Unchalik murakkab bo’lmagan tenglamalarni tez yechishga o’rganish.
Turli xarakterdagi masalalarni yechishda foydalaniladigan kattaliklar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni mustahkam egallash.
1-3 amalli matnli masalalarni yechish tajribasiga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |