Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya


Download 331.5 Kb.
bet28/57
Sana02.01.2022
Hajmi331.5 Kb.
#197413
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida i

Masalalarning tarbiyaviy roli

Matematik ta’limni faqat shu predmetga taalluqli bilim va ko`nikmalarni o`quvchilarga berish deb tushunmaslik kerak. Matematikani o`qitish orqali shaxs sifatida kamolga yetishtirish masalasi ham yechiladi.

Matematik masalalar yechish o`quvchilarni tarbiyalashning samarali usullaridan biridir. Matematik masalalar hayotning turli tomonlarini o`zida aks ettirish bilan birgalikda u katta foydali axborotni ham o`z ichiga oladi. Shu orqali o`quvchilarni xulqiy, patriotik va shunga o`xshash tomonlardan tarbiyalash masalalarini yechish yengillashadi. Masalalar orqali tarbiyaning turli tomonlari ochib berilishi mumkin. Masalaning matniy mazmuni o`quvchilarni to`g`ri tarbiyalashga salmoqli hissa qo`shadi. Masalani yechishdan avval o`quvchi uning mazmuni bilan tanishadi, tahlil qiladi. Shuning uchun masala matni aqlga qaratilganligi bilan birgalikda o`quvchida emotsional qiziqishini ham uyg`otishi kerak. Matn mazmuni orqali o`quvchida ona yurti oldida turgan muommolarni yechishga mas’uliyat tuyg`ularini shakllantirish mumkin. Har qanday ma’lumotni o`zlashtirish jarayonida unga bo`lgan munosabat ham shakllanadi. Shuning uchun masalalar mazmunining tarbiyaviy roli beqiyosdir. Masalalar matni mehnatga, kishilarga halollikka to`g`ri munosabatlarni tarbiyalashi mumkin. Masalar yechish jarayoni o`quvchilarda mehnatsevarlik, mustaqillik, talabchanlik, irodali bo`lishlik, mehnat natijasidan zavqlanish va h.k xususuyatlarni ham tarbiyalaydi.

Masalalarni yechish jarayonida o`quvchilar arifmetik amallarning konkret ma’nosini tushunib oladilar, amallarni yozish, (ifodalash) belgilari va tartiblarini o`rganadilar. O`rganiladigan qoidalar masala yechishda o`z ifodasini topadi. Bunday mazmunli masalalar har bir sinf matematika dasturida ko`zda tutilgan.

Masalalar yechish orqali matematika o`qitishning asosiy maqsadi ya`ni o`quvchilarning tafakkurini va aqliy ijodkorligini rivojlantirishga erishiladi.

II sinfdan boshlab murakkab masalalar yechish boshlanadi. III, IV sinflarda ularning murakkablik darajasi ortadi. Bolalarga masala yechimini mustaqil topishni o`rgatish kerak. Bolalar masalalar mazmunini tahlil qilishni, nimalar ma’lum, nimalar noma’lum ekanligini aniqlashni, masala qaysi amallarni, qaysi tartibda bajarilib yechilishi kerakligini o`rganishadi. Har bir amalning to`g`ri tanlanganligiga tushunib yetishadi. Masala turli usullar bilan yechilishi mumkinligini, ularning eng qulayini tanlash kerakligiga tushunib yetishadi.

Bolalar mustaqil ravishda o`zlari masalalar tuzishni o`rganishadi. Masalaning syujeti va ishlatiladigan sonlar real dunyodan olinadi. Bunda bolalarda ijodiy mustaqillik o`sadi, ularning dunyoqarashi kengayadi, ta’limning real hayot bilan bog`liqligini bilib olishadi.

Masalalar yechish jarayonida matematik tushunchalar anglab olinadi. Qo`shish, ayirish amallarini ifodalash (yozish) uchun belgiga ehtiyoj tug`iladi. Dastlab amallar belgisi “qo`shing’’ va “ayiring’’ so`zlarining qisqartirilishi sifatida tushuniladi.

Shunday qilib, masalalar yechish jarayonida bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlar hal qilinadi. Masalalar yechish bolalarda o`quv dasturi talablariga mos bilimlarni hosil qiladi. Masalalar nazariyani hayot bilan bog`lashga imkon beradi. Masalalar yechish bolalarning hayot to`g`risidagi bilimlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Bolalar amaliy ko`nikmalarga (xarid narxini, uy-joyini ta’mirlash narxini va h.k.) ega bo`ladilar.

Masalalar yechish orqali bolalar tarbiyaviy ma’lumotlar oladilar. Masalalar yechish bolalarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

Shuning uchun o`qituvchi masala to`g`risida chuqur va keng tasavvurga ega bo`lmog`i lozim. U masalalarni turli usul bilan yecha bilishi ham kerak.



Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling