Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya


II 1. MASALALARNING O`QUVCHILAR BILIM OLISHIDAGI AHAMIYATI


Download 331,5 Kb.
bet27/57
Sana02.01.2022
Hajmi331,5 Kb.
#197413
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida i

II 1. MASALALARNING O`QUVCHILAR BILIM OLISHIDAGI AHAMIYATI.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini har tomonlama rivojlantirish pedagogik jarayonning asosiy tarkibiy qismidir. O`quvchilarga ularning qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon berish, mustaqilligini va ijodiy potinsialini rivojlantirish boshlang`ich maktabning asosiy vazifasidir. Bu masalalarni muvofaqiyatli hal qilish uchun ko`p tomondan o`quvchilarda bilim olishga bo`lgan qiziqishning shakllantirilganligiga bog`liq.

O`quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirishda tafakkur asosiy rol o`ynaydi.

Tafakkur bilan bir vaqtda va uning bilan bog`liq ravishda barcha bilim olish jarayonlari rivojlanadi. Tafakkurning rivojlanishi bilan birgalikda “fikran, sodda ishlarni rejalashtirish”, o`zining harakatlarini baholash xususiyatlari rivojlana boradi.

Matematika tafakkurni rivojlantirish uchun asosiy zamin bo`lib xizmat qiladi. Tafakkurni rivojlantirishning konkret usullari mavjud emas. Biz o`quvchilar tafakkurini umuman o`stiramiz, matematika o`rgatish va h.k lar orqali.

Dastlabki matematik bilimlarni o`quvchilar o`zlarining oldingi bilimlariga mos ravishda bir-biri bilan bog`liq holda o`zlashtiradilar. Bunda ular tafakkurning ular bilimlarga mos darajasidagi amallari: analiz, sentiz, taqqoslash, abstraktlashtirish, konkretlashtirish, induksiya va deduksiyadan foydalanishadi, mulohazalar yuritishadi. Matematik bilimlarni o`zlashtirish o`quvchilarning fikrlashini rivojlantiradi. Tafakkur amallarini bilib olish esa o`z navbatida yangi bilimlarni o`zlashtirishni yengillashtiradi.

Real dunyo predmetlari va hodisalarni o`rganish uchun biz ularni xayolan (fikran) kichik qismlarga ajratamiz, ya’ni analiz qilamiz; qismlar yoki predmetlar va hodisalar orasidagi bog`lanishni o`rganamiz, ya’ni sentiz qilamiz. Tafakkurning bu amallari o`zaro bog`liqdir.

Analiz va sintez amallari arifmetikani o`rganishda ham, mashqlar bajarilganda ham, masalalar yechilganda ham ishlatiladi. Birinchi sinfdayoq o`quvchi to`plam elementlarini real ko`rinishda qismlarga ajratadi, o`rganadi va ularni birlashtiradi. Keyinchalik esa u xayolda, fikran analiz va sintez amallarini bajara boshlaydi.

Matematikaning har qanday bo’limini o`rgatishda ham analiz va sintez amallaridan keng foydalanilаdi. Bu amallar matnli masalalarni yechishda ham ishlatiladi.

O`qituvchi rahbarligida o`quvchi masalaning mazmunini analiz qiladi, uni sonli ma’lumotlarga ajratadi, berilgan qism va topilishi kerak bo`lgan noma’lumlarni aniqlaydi.

Murakkabroq arifmetik masalalarni yechishda murakkab hamda nozik analiz va sintez usullari ishlatiladi.

Boshlang`ich matematikani o`rgatishda taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Bunda berilgan arifmetik masalalardagi ob’ektlar va ularning qismlari o`zaro taqqoslanadi, o`xshash va o`xshash bo`lmagan xususiyatlar aniqlanadi.

Taqqoslash amali (usuli) orqali o’quvchilar “...ga ko`p(ortiq)’’ “...ga kam(oz)’’ “marta ko`p’’ “marta oz’’ kabi iboralarning ma’nosini bilib oladilar.

Taqqoslash analiz va sintezga asoslanadi: masalani dastlab bo’laklarga ajratib, so`ngra o`xshashlari biriktiriladi va bunda ahamiyatli farqlar e’tiborga olinadi.

Ko`p xonali sonlar qatnashgan masalalarni yechishni o`rgatish uchun o`qituvchi kichik sonli o`xshash masalani yechishni taklif etishi mumkin, ya’ni analogiya usulini qo`llashi mumkin.

Turli usullarni qo`llash orqali o`quvchilar tafakkuri rivojlantiriladi.


Download 331,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling