Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya
Download 331.5 Kb.
|
Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchrashma yo`nalishdagi harakatga doir masalalar
Masalalarni jadval tuzib yechish
Tezlik, vaqt va masofani hisoblashga doir masalalarni yehishda ular orasidagi bog`lanishlardan foydalaniladi: Masofa = vaqt ∙ tezlik, S = v∙t Vaqt = masofa : tezlik, t = S:v Tezlik = masofa : vaqt, v = S:t Hisoblashlarni bajarib jadvalni to`ldiring ( zarur hollarda soatni minutlarda ifodalang):
Hisoblashlarni bajarib, jadvalni to`ldiring (zarur hollarda kilometrni metrelarga aylantiring):
Hisoblashlarni bajarib, jadvalni to`ldiring:
Tezlik kamayishi bilan ma’lum masofani (140 kmni) bosib o`tish uchun ketadigan vaqtning ortishiga, ammo ularning ko`paytmasi o`sha (140 km) masofaga teng bo`lishiga e’tibor bering. Uchrashma yo`nalishdagi harakatga doir masalalar Masala. Nozima va Naimaning uylaridagi masofa 550 metr. Ular bir vaqtda uylaridan chiqib bir-biriga qarab kela boshlashdi. Nozima 1 minutda 60 metr, Naima esa 1 minutda 50 metr yo`l yuradi. Qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi? Yechish. 1) qizlar 1 minutda bir-birlariga necha metr yaqinlashadi? 60 m+ 50m=110m 2) Qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi? 550:110=5 (min). Javob: 5 minutdan keyin. Agar jismlar (poyezdlar, velosipedlar, odamlar...) bir-biriga qarab harakatlanayotgan bo`lsa ularning yaqinlashish tezligi ular tezliklarining yig`indisiga teng bo`ladi. A va B shaharlar orasidagi masofa 480 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomobil yo`lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 75 km/soat, ikkinchisining tezligi esa 85 km/soat. a) ular bir-biriga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? 1 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha km bo`ladi? b) avtomobillar necha soatdan keyin uchrashadi? 75 km/soat 85 km/soat 480 km A va B qishloqlar orasidagi masofa 78 km. Bu qishloqlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki velosipedchi yo`lga chiqdi. Birinchi velosipedchining tezligi 12 km/soat. Bir soatdan keyin ular orasidagi masofa 52 km bo`ldi. Ikkinchi velosipedchining tezligini toping. A va B shaharlar orasidagi masofa 650 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo`lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 60 km/soat, ikkinchi poyezdniki 70 km/soat. a) poyezdlar necha soatdan so`ng uchrashadi? b) uchrashishga 1 soat qolganda ular orasidagi masofa necha kilometr bo`ladi?
Download 331.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling