Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya


Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi


Download 331.5 Kb.
bet56/57
Sana02.01.2022
Hajmi331.5 Kb.
#197413
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida i

Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi.

Induksiya uch xil bo`ladi: chala induksiya, to`la induksiya va matematik induksiya.

Umumiy ma’lumotlarga tayanib ayrim yoki xususiy xulosa chiqarish deduksiya deyiladi.

Xulosa chiqarish metodlaridan yana biri bu analogiyadir.

O`xshashlikka asoslanib xulosa chiqarish analogiya deyiladi.

Bolalarning masalalarni yecha bilishi boshlang`ich ta’lim matematikasi oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shartdir. Masalalar yechishni o`rganish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilari har tomonlama kamol topadilar, bilim oladilar va tarbiyalanadilar.

Bitiruv ishining xulosasi sifatida masalalar ustida ishlashning quyidagi usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini bo`lajak ham kasblarimga ham tafsiya qilaman.

1. Yechilgan masala ustida ishlash. Ko`p o`quvchilar yechish rejasini masala yechilib bo`lingandan keyin takroriy tahlildan so`ng tushunib oladilar. Takroriy tahlil vaqt talab qiladi, lekin u o`zini oqlaydi.

2. Masalani turli usullar bilan ishlash. Vaqt yetishmasligi tufayli masalalarni turli usullar bilan yechishga kam e’tibor beriladi. Lekin buni bilish matematik rivojlanish darajasining ancha yuqori ekanligidan dalolat beradi! Bundan tashqari, yechishning boshqa usulini topishga o`rgangan bo`lish ham katta rol o`ynaydi.

3. Masala analizini to`g`ri tashkil etish – berilganlardan savol yoki teskarisi.

4. Masala syujetini tasavvur etish. O`qituvchi muhim detallarga e’tibor beradi. Hayolan situatsiyasiga qatnashish, uni rasm, diagramma, jadval yordamida modellashtirish.

5. O`quvchilarning mustaqil masala tuzishi. Masala tuzing:

,,...ga ko`p (kam)”, ,,...marta ortiq (ko`p)” kabi so`zlarni ishlatib;

– 1,2,3amalli masalalar;

– berilgan rejaga yoki tajribaga ko`ra;

– berilgan ifodaga ko`ra va hokazo.

6. Berilganlari keragidan ko`p yoki kam bo`lgan masalalar yechish;

7. Masalalarning savolini o`zgartirish;

8. Masala berilganlariga ko`ra turli ifodalar tuzish va ular nimani anglatishini tushuna bilish. Masala javobini ular orasidan tanlash;

9.Yechilgan masalani tushuntirish.

10.Masalalarni va ularning yechilishini taqqoslash usulidan foydalanish;

11.To`g`ri va noto`g`ri yechimni doskaga yozish;

12. Masala shartini boshqa amallar bilan yechiladigan qilib o`zgartirish;

13.Tugallanmagan yechimni tugatish;

14.Masala yechilishida qaysi savol ortiqcha;

15.Berilganlarini o`zgartirib yangi masala tuzish ;

16.Teskari masalalar yechish.

Men Qarshi shahridagi 14-maktabda dars amaliyoti o`tkazdim. Shu davrda o`quvchilarga masalalar yechishda induksiya, deduksiya va anologiya metodlaridan foydalandim. O`quvchilarning tushunishlari ham oson bo`ldi.

Demak, bitiruv malakaviy ishimga ilgari surilgan ilmiy farazimdan ko`zlangan maqsadga to`la erishdim.


Download 331.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling