Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni
Mehnatga axloqiy tayyorlash
Download 82.26 Kb.
|
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga ruhiy tayyorlash
Mehnatga axloqiy tayyorlash – o‘zaro do‘stona yordamni be-
rishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qi lishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rga- tish dan iboratdir. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi meh- natni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘t ka zilayotgan mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘za ro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish ka bi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy 5
poydevor qo‘yiladi. Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining un- surlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilm- iy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehti- yotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi. Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quv- chilarni ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya bora si dagi yan- giliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qizi qishni ho sil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqti dor larini oshirib bo rish dan iborat Mehnatga ruhiy tayyorlash – o‘quvchilarning yoshiga mos keluv- chi ongli va ijobiy xususiyatlarni tarkib toptirish, o‘quv chilarning meh nat malaka va ko‘nikmalarini egallashga qiziqishini shakllan ti - rish dan iboratdir. O‘qituvchining vazifa si o‘quvchilarga yosh li gi dan boshlab mehnat malaka va ko‘nik ma larini shakllantirish bilan bir - ga o‘quvchilarning mehnatga qobiliyatini shakllantirish, jami yat ri- vojlanishi uchun ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini tushun ti rish juda muhimdir. Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli psixologik jara- yon larni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu lar: sezib-anglash, psixomotor, emotsional-idrok, diqqat, xoti ra, taffakkur – meh natning psixologik komponentlaridir. O‘quvchilarni mehnatga o‘rgatishda uning ruhiy imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bun- dan tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega. Chunki, mehnat faniga oid materiallarni es lab qolish va amaliy ishlarni bajarish boshqa predmetlarga nis ba tan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, mate riallarni, amaliy ishlarning nomini bosh- 6
biriktirib, tinglab o‘r ganadilar, tushunib oladilar. O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlarni tushuntiribgina qol- may, balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni ma te- rialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini ko‘r satadi. Shu bois mehnat ta’limida eshitish, ko‘ rish xotirasi va ha ra katlanuvchi xotira muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mehnat da rsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar mujas samlashib boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab qolish kerak. Mehnat ta’limini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarni qiyinchi lik larni yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyat bilan mehnat qilish, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo‘lishi juda muhimdir . Download 82.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling