Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni


Download 82.26 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi82.26 Kb.
#1625298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni

Savollar
1. Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda nimani tushinasiz?
2. O‘quvchilarning ish unumi qanday oshiriladi?
3. O‘quvchilarda mehnat ko‘nikmasi qanday hosil qilinadi?
4. O‘quvchilarning aqliy o‘sishida mehnatning ahamiyati.
5. O’quvchilarni aqliy o’sishida mehnatning ahamiyati?
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limining mazmuni
Mehnat ta’limining mazmuni va uning tashkil etilishi. Mehnat 
ta’limi dasturida o‘quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim 
bo‘lgan ilmiy-texnik bilimlarining, mehnat malaka va ko‘nikmalari 
hajmi hamda mazmuni belgilab boriladi. 
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga 
mehnat ta’limini berish, ularni tarbiyalash sohasida qo‘yilgan maqsad 
va vazifalar o‘z ifodasini topgan. Mehnat ta’limi dasturi o‘quv reja-

9
si asosida ishlab chiqiladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining kun-


dalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy 
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quv dasturiga mahalliy 
sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Bu 
borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni 
pedagogikaning didaktik printsiplarga to‘la-to‘kis javob berishi, ilmiy 
va mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkabligi ortib borishi 
hisobga olingan holda va mehnat ta’limining tanlangan didaktik 
tizimiga muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi, 
turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish. O‘quv-
chi larni tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda 
mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta o‘ringa ega. Boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish vazifalaridan biri ularda 
bir qator mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Mehnat ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim 
be rishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga 
ma’ lum hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlang‘ich poli-
tex nik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash, 
ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga 
xosliklari, materialga qo‘lda ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-
moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida 
ma’lumot berib boriladi.
O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va 
malakalarga o‘rgatish ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga 
imkon beruvchi zamindir.
Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish amaliy mash-
g‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq mehnat 
malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi 
materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish
qismlarni yelimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan 
birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj 
qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar 
tug‘ diradi.

10
O‘quvchilardagi mehnatga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniq lash 


va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillash-
tirish lariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yin-
choqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib 
va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari 
o‘quvchilarda mehnatga qiziqishni uyg‘otish, mehnat darslarida hosil 
qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va 
malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, 
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Download 82.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling