Boshlang`ich ta`lim bolalari o`rtasida interfaol o`yinlar annotatsiya
Download 18.97 Kb.
|
BOSHLANG`ICH TA`LIM BOLALARI O`RTASIDA INTERFAOL O`YINLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
BOSHLANG`ICH TA`LIM BOLALARI O`RTASIDA INTERFAOL O`YINLAR Annotatsiya: Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Maqolada shular haqida ma`lumot beriladi. Kalit so`zlar: ta`lim, interfaol o`yinlar, pedagog, samaradorlik, ta`lim-tarbiya, zamonaviy ta`lim Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak; 2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim; 3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart; 4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak; 5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi. Zamonaviy ta‘limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Ta‘limni isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqishi bilan kirishib ketadilar.Tajriba shuni ko‘rsatadiki , zamonaviy interfaol strategiyalar bo‘lgan bilimlarni samarali o‘zlashtiradi. Chunki bugun sinflarni to‘ldirib o‘tirgan o‘quvchilar sho‘x, beg‘ubor bolalik gashtini surayotgan, ba‘zan xayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45 daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta‘limga yuzaki qaraydigan o‘quvchilar ham yo‘q emas. Interfaol metod - ta‘lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidadagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi,kotta sinf kichik , sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Interfaol strategiyalarning qo‘llanilishi majburiy matematika darsi jarayonini beixtiyor sixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilga olinganpassiv o‘ uvchilarni ham bir oz bo‘lsada, lekin yuritishga o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs - munozaralarga befarq bo‘lmasdan,faol ishtirok etishga undaydi. An‘anaviy usulda tuzilgan darsga o‘quvchilarning faqat bilim olishiga talab qo‘yilgan bo‘lsa, matematika ta‘limining yangi modelida bilim bilan birga ta‘lim samarasini oshirishda tanqidiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatish ham yuqori o‘ringa qo‘yiladi. Bunda dars mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi an‘anaviy, majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga katta e‘tiborqaratilad buning uchun esa o‘quvchiga tanqidiy, mustaqil fikrlash malakasinisingdirib borish zarur. Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmokda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 1. Yo‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008 y. 153 2. Hasanboev J., To’raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., Pedagogika fanidan izohli lug’at. –T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008-yil. 480-bet. 3. “O’quvchilarning milliy ma’naviyatini shakllantirishda boshlang’ich ta’limning o’rni” mavzusuga bag’ishlangan ilmiy maqolalar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent. 2010-yil. Download 18.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling