Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari


Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida hamkorlik


Download 79.48 Kb.
bet2/9
Sana28.10.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1730706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu 3-kurs menj maruza

Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida hamkorlik. Jamiyatimizning rivojlanib borish jarayonida boshlang‘ich ta’limni amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli omillar tarkib topib bormoqda. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvini amalga oshirishda hamkorlik omilidan ham oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday hamkorlikning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
a) oliy pedagogik ta’lim muassasalari bilan hamkorlik;
b) tashqi boshqaruvchilar bilan hamkorlik;
v) klaster asosidagi hamkorlik.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalari bilan hamkorlik vositasida boshlang‘ich ta’litm boshqaruvini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki oliy pedagogik ta’lim muassasalarida boshqaruv asoslari bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Aynan mana shunday mutaxassislarning nazariy va metodik yordami asosida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvini tashkil qilish muhimdir. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablari oliy pedagogik ta’lim muassasalariga byuiriktirib qo‘yilganligini eslatib ьo‘tish joiz. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarish asorslari bo‘yicha yangi metodik ishlanmalarni yaratish dolzab bo‘lib turibdi. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarining umumta’lim maktablari bilan hamkorlikdagi asosiy vazifalardan biri mazkur ta’lim bosqichlarini metodik jihatdan ta’minlashdir. Shu ma’noda boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida oliy pedagogik ta’lim muassasalari bilan hamkorlik metodik ta’minotga asoslanadi.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida tashqi boshqaruvchilar bilan hamkorlik qilish ham tarkib topib bormoqda. Unga ko‘ra, muayyan boshlang‘ich ta’lim bosqichining muammolarini hal qilish uchun bir choraklik yoki bir o‘quv yili muddatiga mo‘ljallangan tashqi boshqaruvchi (menejer) taklif etiladi. Bunday mutaxassis boshlang‘ich ta’limning muammolarini hal qilish bilan belgilangan muddatda shug‘ullanadi. Misol uchun, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yozgi ta’til davrida sog‘lomlashtirish muammosi mavjud. Mazkur muammoni hal qilish uchun yozgi ta’til davrida Kasaba uyushmasi vakilini tashqi boshqaruvchi sifatida taklif qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda boshlang‘ich ta’lim boshqaruviga oid muammolarni hal qilishda tashqi boshqaruvchi bilan hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetining tashabbusi bilan mamlakatimizda innovasion pedagogik klaster tizimi tarkib topdi. Shu ma’noda klaster tizimiga asoslangan hamkorlik asosida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ilmiy markazlar, umumta’lim o‘rta maktablari hamda maktab ta’limi boshqaruvi hodimlarining klaster vositasi asosidagi hamkorligi tashkil etiladi. Bunda ilmiy markazlar boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining optimal shakllarini ishlab chiqadi, umumta’lim maktablari boshlang‘ich ta’lim boshqaruvini amalga oshiradi va maktab ta’lim bosharuvi xodimlari mazkur jarayonning monitoringini olib boradi. Buning natijasida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida inson omilining salbiy ta’siri susayadi va boshqaruvning samaradorligi ortadi.
E’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida hamkorlik omillari muhim ahamiyatga ega. Bunday hamkorlikning imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling