Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari
Download 79.48 Kb.
|
2-mavzu 3-kurs menj maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi asoslari.
2-Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari, amaliy ahamiyati, boshqaruvi samaradorligini aniqlash indikatorlari. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari Reja: Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi asoslari Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida hamkorlik Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida zamonaviylik Tayanch tushunchalar: Ta’lim, boshlang‘ich, boshqaruv, mexanizm, omillar, asoslar, hamkorlik, zamonaviylik. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi asoslari. Mamlakatimizning innovasion rivojlanish sharoitida boshlang‘ich ta’limda sifat ko‘rsatkichlariga erishish dolzarb bo‘lib turibdi. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi asoslarini aniq belgilab olish va ular bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ko‘nikmalarini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’lim boshvqaruvining eng asosiy omillarini quyidagilar tashkil etadi: a) boshlang‘ich ta’lim boshqaruviga oid milliy pedagogik tajriba; b) demokratik tamoyillar; v) boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi bo‘yicha xorijiy tajribalar. Mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim boshqvaruviga oid o‘ziga xos milliy pedagogik tajriba mavjud. Bu tajribaning eng asosiylarini Ustoz vositasida boshqarish, metodik birlashmalar asosida boshqarish va pedagogik kengash asosida boshqarish tashkil qiladi. Ustoz asosida boshqarishda asosiy e’tibor boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim va tarbiya olish jarayonini tashkil etish ishlariga qaratiladi. Metodik birlashma asoslida boshqarishda esa asosiy masala boshlang‘ich ta’lim jarayonini metodik va texnologik jihatdan ta’minlashdin iborat. Chunki metodik birlashma jamoaviy tarzda boshlang‘ich ta’lim muammolarini o‘rganib borish ishlarini amalga oshiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pedagogik kengashlari esa boshlang‘ich ta’lim jarayonini majmui tarzda boshqaradi va asosiy e’tiborni boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha davlat ta’lim standartlari hamda talablarning ijro etilishiga qaratadi. Shu ma’noda Ustoz vositasida boshqarish asoslarini o‘zlashtirish, metodik birlashma vositasida boshqarish vazifalarini o‘rganish va Pedagogik kengash vositasida boshqarish mexanizmlarini o‘zlashtirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun zaruriyatdir. Chunki ular kelgusida boshlang‘ich ta’lim jarayoni boshqaruvida ana shu uch mexanizm faoliyatida ishtirok etadi. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillaridan eng muhimi demokratik tamoyillardir. Bunday tamoyillar jamoaviy boshqarish, taklif asosida boshqarish, tashqi faoliyat asosida boshqarish va muayyan muammoni hal qilish uchun guruhlar vositasida boshqarishdan iborat. Bu tamoyillarga asoslangan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi demokratik xususiyat kasb etadi. Aynan boshlang‘ich ta’lim jarayonida bola parvarlik va insonparvarlik qoidalariga rioya qilish mazkur ta’loim boshqaruvini eng muhim demokratik asoslaridan biri hisoblanadi. Ushbu masalalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan amaliy jihatdan o‘zlashtirilishi tavsiya etiladi. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi bo‘yicha xorijiy tajribalar ham muhim omillardan biridir. Bu o‘rinda xorijiy tajribalarning quyidagi eng muhimlarini ta’kidlab o‘tish lozim: boshlang‘ich ta’lim jarayonini nodavlat ta’lim shaklida tashkil qilish; boshlang‘ich ta’lim jarayoniga nobyudjet mablag‘larni (homiylar mablag‘lari va grantlarni) jalb etish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining moddiy ta’minotini muntazam takomillashtirib borish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish jarayonini muayyan o‘quv fanlarini chuqurlashtirib o‘qitish bilan kuchaytirish va boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash. Bunday tajribalarni o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimizda tadbirkorlikning rivojlanishi sababli kelgusida nodavlat boshlang‘ich ta’limning kuchayishi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining maqomi yanada takomillashtirilishi kutilmoqda. Diqqat qilinsa, boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining bu muhim omillari ularni chuqurlashtirilgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mustaqil ta’lim vositasida mazkur omillarni o‘rganishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 79.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling