Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri
Download 79.48 Kb.
|
2-mavzu 3-kurs menj maruza
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining amaliy ahamiyatidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruvning ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri ko‘rsatkichlaridir. Aslida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi uning rivojlanishi uchun amaliy ta’sir choralarini ko‘ruvchi tizimdir. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’liim jarayoniga amaliy ta’siri masalasini baholashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
a) boshlang‘ich ta’lim jarayonining texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lganligi; b) boshlang‘ich ta’limning turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha yutuqlarga erishganligi; v) boshlang‘ich ta’lim samaralarining ommaviy tarrzda e’tirof etilganligi. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining asosiy samaradorliklaridan biri mazkur ta’lim jarayonining texnologik imkoniyatlarini kengaytirgani bilan belgilanadi. Bunda texnologik imkoniyatlar deganda o‘quv xonalarining eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanganligi yoki yangilanganligi, ustaxonalar va laboratoriyalarning zaruriy uskunalarga egaligi, zamonaviy o‘quv-texnik jihozlarning talab darajasiga javob berishi kabilar asosida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining texnologik imkoniyatlar bo‘yicha amaliy ahamiyati baholanadi. E’tibor berilsa bunda boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri boshlang‘ich ta’limning texnologik imkoniyatlarini kengaytirib borishdan iboratdir. Aynan mana shu masalaga xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimida asosiy e’tibor qaratishini eslatib o‘tish joiz. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida bir o‘quv yili davomsida turli ko‘rsatkichlarga erishish boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining amaliy choraldar ko‘lamini belgilaydi. Unda boshlang‘ich ta’lim oluvchilarning turli tanlovlar, olimpiadalar yoki ko‘rik – konkurslarda faol ishtirok etib tegishli o‘inlarni egallaganligi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat bo‘yicha ommaviy e’tiroflarga sazovor bo‘lganligi va boshlang‘ich ta’lim bosqichining h\ududlar kesimida turli yutuqlarga ega bo‘lganligi masalalari asosida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri natijasi baholanadi. Shu sabaabli o‘quv yili davomida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi bevosita ta’kidlangan tadbirlar bo‘yicha tashkiliy va sharoit yaratib berish ishlarini amalga oshiradi. Diqqat qilinsa, bunda boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining eng muhim vazifalaridan biri o‘z ifodasini topadi. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri masalasi bo‘yicha aniq rejalarga ega bo‘lishi taqozo etiladi. Mamlakatimizda har o‘quv yilining oxirida ta’lim muassasalarining, jumladan, boshlang‘ich ta’lim bosqichining samaradorlik natijalari ommavisy baholanadi. Unga ko‘ra, muayyan hududdagi boshlang‘ich ta’lim bosqichining erishgan yutuqlari ommaviy tarzda e’tirof etiladi va ularning samaradorlik natijalari jamoatchilik tomonidan baholanadi. Bunday faoliyatda boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining tashkiliy tadbirlar hamda boshlang‘ich ta’limning o‘z vazifalarini kutilgan darajada ijrosini ta’minlashga oid choralarni yo‘lga qo‘yganligi asosiy mezon hisoblanadi. Shu ma’noda boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining bir o‘quv yilida boshlang‘ich ta’lim jarayoniga qulay imkoniyatlar va tadbirlarni yaratib berilganligi uning yakuniy samaradorligini baholashdagi asosiy mezonlardan biri sifatida qabul qilinadi. Diqqat qilinsa, boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri masalasi aynan uning qanday amalga oshirilganligi mezonlari bilan baholanadi. Shunday qilib boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining amaliy ahamiyati uning sifat ko‘rsatkichlari, boshlang‘ich ta’limda erishilgan samaradorlik natijalari va boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri mezonlari asosida baholanadi. E’tibor bering: Бошланғич таълим бошқарувинининг амалий аҳамияти Амалий таъсир кўлами Натижавий кўрсаткичлари Сифатли кўрсаткичлари Малакали бошланғич синф ўқитувчиси 10-rasm. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining amaliy ahamiyati mazmuni Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar: Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining sifati deganda nimalarni tushunasiz? Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalari qanday baholanadi? Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri natijalariga qanday mezonlar asosida yondashiladi? Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining ta’lim jarayoniga amaliy ta’siri natijalari ko‘rsatkichlarini o‘zlashtiring va konspekt qiling. Download 79.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling