Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari


Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida zamonaviylik


Download 79.48 Kb.
bet3/9
Sana28.10.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1730706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu 3-kurs menj maruza

Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida zamonaviylik. Hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim jarayonida zamonaviylik omillariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda zamonaviylik deganda, yangicha yondashuvlar, muammoni yangicha xal etish va boshqaruv jarayonida tarkib t opayotgan yangiliklarni amaliyotga joriy etib borish nazarda tutiladi. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida zamonaviylikning quyidagi omillariga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
a) boshqaruv jarayoniga muntazam yangicha yondashuvlarga asoslanish;
b) osondan murakkabga tamoyili asosida boshqaruv usullarini yangilab borish;
v) boshqaruv jarayoniga tajribali shaxsning individual va yangicha vositalaridan foydalanish.
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruviga muntazam yangicha yondashuvlarni tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu borada ayniqsa, menejerlik boshqaruvi yangiliklaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki menejerlik boshqaruvi boshlang‘ich ta’limni moliyalashtirishning nobyudjet, ya’ni xomiylik mablag‘lari va grantlar shakllari asosida moliyalashtirishi bilan muhim o‘rin tutadi. Buning natijasida boshlang‘ich ta’lim boshqaruviga tashqi kuchlarning ta’siri sust bo‘ladi. Agar boshlang‘ich ta’lim jarayoni faqat byudjetlar asosida tiashkil etilsa bu menejment boshqaruvi hisoblanadi. Bordi-yu byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga boshlang‘ich ta’lim faoliyati moliyalashtirilsa, bu menejerlik boshqaruvi deb ataladi. Shu jihatdan menejerlik boshqaruvi nodavlat ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim jarayonida tajribadan o‘tayotganligini eslatib o‘tish joiz. Aynan menejerlik boshqaruvi bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim boshqaruviga zamonaviylikning negiz omili hisoblanadi.
Mamlakatimizning hozirgi rivojlanish jarayonida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi usullariga ham zamonaviylik omilidan kelib chiqib yondashish dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki boshqaruv usullari boshqaruv usullari an’anaviy va innovasion guruhlarga bo‘linishi bilan kutilgan samarani beradi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida innovasion guruhga kiruvchi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday usullarning asosiylari axborot-kommunikasion o‘quv-texnik vositalari imkoniyatlariga tayangan usullar, raqamlashtirish texnologiyalari va insonning salbiy ta’sir omilini susaytirib borish usullaridan iborat. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida menejmentning mazkur yangi usullarini keng joriy etish va ularni oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi muhim ahamiyatga egadir.
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida ishtirok etayotgan o‘qituvchilar, maktab jamoasi va hududlardagi met odistlar orasidan muntazam yangilanib boruvchi boshqaruv tajribasiga ega ustozlar mavjud. Bunday ustozlarning tajribasidan kelib chiqib, asosiy e’tiborni individual usullarga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu jihatdan Menejment o‘quv fanining kollegiyalik, hamkorlik va birdamlik usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu usullar boshlang‘ich ta’lim jarayoniga individual yondashuvlarni tadbiq etish imkonini beradi.
E’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’lim jarayonida boshqaruvni tashkil etishda muntazam zamonaviy omillarga tayanib borish muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli mazkur masala bo‘yicha metodik ishlanmalarni yaratish dolzarb bo‘lib turibdi.
Shunday qilib boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining o‘ziga xos omillari mavjud. Mazkur omillarni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi muhim ahamiyatga egadir. E’tibor bering:

Бошланғич таълим бошқаруви омиллари





Бошланғич таълим бошқарувида замонавийлик

Бошланғич таълим бошқарувида ҳамкорлик

Бошланғич таълим бошқаруви асослари







Бошқарув кўникмасига эга бошланғич синф ўқитувчиси


6-rasm. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining asosiy omillari


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:



  1. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi asoslari deganda nimani tushunasiz?

  2. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida hamkorlik omillarini nimalar tashkil qiladi?

  3. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida zamonaviylik asoslari nimalardan iborat?

  4. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida hamkorlik va zamonaviylik omillarini konspekt qiling va o‘zlashtiring.




Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling