Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi omillari


Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalari


Download 79.48 Kb.
bet5/9
Sana28.10.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1730706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu 3-kurs menj maruza

Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalari. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalarini baholashda bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim menejmentini yangicha yondashuvlar tarkib topib bormoqda. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalari ahamiyachtini belgilashda quyidagi uch ko‘rsatkichga asoslanish muhim hisoblanadi:
a) boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining innovasion natijasi;
b) boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining samarali natijasi;
v) boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining istiqbolli natijasi.
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining eng muhim amaliy ahamiyatlaridan biri bu uning innovasion natijaga ega bo‘lishidir. Unga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim boshqaruvida tashkiliy ishlarni yo‘lga qo‘yish, muhit va ish faoliyati sharoitlarini yaratishda yangicha yondashuvlarga asoslanish, boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayonida mo‘ljallangan samaralarga erishish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining faoliyat samaradorligini ta’minlash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi samaradorlikka erishish natijalariga e’tibor beriladi. Bunda yangi natijalar deganda innovasion talablarga mos bo‘lgan amaliy samaradorlik nazarda tutiladi. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etishda boshlang‘ich ta’lim menejmenti muuntazam ravishda innovasion yondashuvlar va omillarni tadbiq etib borishni ustuvor vazifa sifatida belgilaydi. Mazkur masalalar bo‘yicha pedagogik ta’lim jarayonida ko‘nikmalarni egallash bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun zaruriyat hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining samaradorlik natijasi belgilangan ish va strategik rejalarning bajarilganligiga ko‘ra baholanadi. Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvi butun o‘quv yili davomida ta’lim va tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun choraklik ish dasturi hamda o‘quv yiliga mo‘ljallangan strategik ish dasturlariga asoslanadi. Mazkur dasturlarda boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning barcha vositalarini amaliyotga tadbiq etish va mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘ladi. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining o‘quv yili yakunidagi samaradorlik natijalari aynan ana shu ish dasturlarining ijrosiga bog‘liq holda baholanadi. Bu shunday imkoniyatlarni beradiki, yangi o‘quv yilida boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining yangilanish tamoyillarini amaliyotga joriy etish, ish va strategik faoliyat dasturlarini aniq belgilash uchun asos bo‘ladi. Natijada boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining samaradorlik natijasi aynan boshlang‘ich ta’lim jarayonini zamonaviy darajada takomillashtirib borishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalaridan biri istiqblolli samaradorlikdir. Unga ko‘ra, bir o‘quv yili davomida erishilgan samarali natijalar asosida kelgusi o‘quv yili uchun amalga oshiriladigan aniq yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘linadi. Chunki yakunlangan o‘quv yilida hal etilmagan muammolar, foydalanilmagan imkoniyatlar va yaratilmagan shart-sharoitlarni yangi o‘quv yilida amalga oshirish uchun boshqaruvning ish dasturlari shakllantiriladi. Shu jihatdan boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining istiqbolli natijasi bu – kelgusida boshlang‘ich ta’lim jarayonida butunlay yangi asoslarda rivojlantirish strategiyasini belgilab olish bilan belgilanadi. Shu sababli boshlang‘ich ta’lim menejenmenti boshqaruvning samaradorlik natijasi asosida istiqbolli natijalarga erishish asosiy masalalardan biri hisoblanadi va bu boshqaruvning kutilgan samarani berishidagi tayanchlaridan biridir.
E’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’lim boshqaruvining natijalari innovasion, samaradorlik va istiqbolli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.

Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling