Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi I. Boshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlari


Download 80 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi80 Kb.
#136626
Bog'liq
boshlangich talim konsepsiyasi


BOSHLANG`ICH TA`LIM KONSEPSIYASI
I . Boshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlari .

Boshlang`ich ta`lim jarayoni mustaqil davlatning ta`lim-tarbiya tizimida umumiy o`rta ta`limning dastlabki bos`ichi sinfda namoyon bo`ladi …

Yangicha ijtimoiy –iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan hozirgi milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori bo`lgan boshlang`ich ta`lim quyidagilarni bajarishi lozim :


  1. kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga o`qish,o`rganish istagi va ko`nikmalarni shakllantirish ;

  2. boshlang`ich sinf o`quvchilarini yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga,bilish faoliyatiga intilishini kuchaytirish .

Bilish faoliyatiga bo`lgan ongli intilish shakllangandagina ta`lim muvofaqqiyatli bo`ladi

Boshlang`ich sinf o`quvchilaridan o`z ko`nikma va malakalarini nazorat qilish va obyektiv tarzda baholay olishga oid ma`suliyat ham shakllangan bo`lishi kerak . O`quvchining o`zi berilgan o`quv materiallarni modellashtira olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim. Bu jarayonda bolaning o`zi mustaqil tarzda har qanday sxema,model bo`la olmasligini tushunib yetishi kerak,bir so`z bilan aytganda , unda faraz qila olish ko`nikmasi hosil bo`lishi lozim . Kichik maktab yoshida o`qishga , o`rganishga yo`naltirilgan faoliyat yetakchi mavqega ega bo`ladi . Shu bilan bir qatorda kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning rivojlanishida o`yin,sport,ijodiy faoliyat ham muhim o`rin tutadi. Lekin o`qish, o`rganish , yani ta`limiy faoliyat boshqa barcha faoliyat turlarini muayyan bir maqsadga – bolani mujassam rivojlantirish maqsadiga yo`naltirishi lozim . Jumladan , nutq va savodxonlikni rivojlantirishga , jismoniy taraqqiyotni ta`minlashga va boshqalar ….



II . Boshlang`ich ta`limning maqsad va vazifalari .

Zamonaviy boshlang`ich ta`lim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan ta`lim tizimi tadbiq qilinadi . Unda kichik maktab yoshidagi bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy taraqqiyot darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Qaysiki , bu faoliyat o`quvchilar uchun yetakchi faoliyat bo`lib hisoblanadi .

Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishda qaratilgan faoliyatning shakllanishida , har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash arayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi . Bu ong va tafakkur o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib , bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini , dunyoqarashining rivojlanishini ta`minlaydi .

Shu asosga ko`ra , boshlang`ich ta`limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga , o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish asosida ularni tarbiyalash hamda shaxsiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishdan iborat .



Buning uchun quyidagi vazifalarni hal qilishi lozim :

  1. Bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo`lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish;

  2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta`limning dastlabki davridan boshlab yangi imkoniyatlarni shakllantirish; qaysiki , bunday yangi imkoniyatlar o`quv materialini muvaffaqiyatli o`zlashtirishigagina emas , balki hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlaydi .

O`quvchilarda o`rganishga hamda ta`lim jarayoniga nisbatan jonli qiziqishni shakllantirish …

III . Boshlang`ich ta`limni tashkil etish prinsiplari .

Boshlangich ta`lim O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunida va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan qoida , talab va prinsiplar asosida amalgam oshiriladi .

Shunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich ta`limning mazmuni va asosiy vositalari quyidagi prinsiplarga asoslangan holda tanlanishi maqsadga muvofiqdir :


  1. jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga ;

  2. ijtimoiy buyurtmalarga ;

  3. o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlarining istiqbolliligiga ;

  4. ijtimoiy so`rovlarning ilmiy jihatdan ta`minlanganligiga ;

  5. ta`limning hammabopligiga ;

  6. ta`limning umumiyligiga ;

  7. boshlang`ich ta`limning ochiqligiga ;

  8. boshlang`ich ta`limning ilmiyligiga ;

  9. boshlang`ich ta`limning dunyoviyligiga ;

  10. boshlang`ich ta`limning reprezentativligiga ;

  11. boshlang`ich ta`limning optimalligiga ;

  12. boshlang`ich ta`limning milliyligiga ;

  13. boshlang`ich ta`limning insonparvarligiga va umuinsoniyligiga;

  14. boshlang`ich ta`limning innovatsionligiga ;

  15. boshlang`ich ta`lim shakllari va o`quv predmetlari orasidagi aloqalarning o`zaro ta`minlanganligiga tayangan holda tashkil etiladi …

IV . Boshlang`ich ta`limning mazmuni .

Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli ,ustivor yo`nalishlardan biri bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlantirishdan iboratdir , yani har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan tarbiya jarayonidir .

Bugungi kunda o`zida ta`lim a tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta`lim jarayoni tashkil etish dolzarb mavzulardan biridir. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish va ulardan milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish yo`li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim . Bu o`rinda milliy axloq tarbiyasi , ma`naviy , ruhiy hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya boshlang`ich ta`lim bosqichida ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim . Bunda o`quv materiali shaklida berilgan ta`limiy matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda axloqiy – ma`naviy tarbiya va millliy nafosat meyorlarini , diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi ….

Boshlang`ich ta`lim jarayonida ona tili va matematika ta`limining ahamiyati beqiyosdir .

Boshlang`ich ta`limning mazmuni birinchi navbatda bilish jarayonining yaxlitligi va maqsadga yo`naltirilganligi bilan ta`minlanishi kerak .

V . Boshlang`ich ta`limning vosita va metodlari .

Boshlang`ich ta`lim mazmuni istiqbolda konkretlashtirishni nazarda tutganda ta`1lim vositalari alohida ahamiyat kasb etadi .

1-2 sinflar uchun tanlangan o`quv materiallari kitob shaklida emas balki , o`quv daftari shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir . Bu ham iqtisodiy , ham texnologik jihatdan qulay .

Shu bilan bir qatorda , topshiriqlarni kartochkalar vositasida berish bir qator qulayliklar tug`diradi . Bu bolaning mustaqil faoliyat ko`rsatishiuni ta`minlaydi , o`quvchini o`qituvchi bilan va sinfdoshlar bilan muloqot qilishga , mustaqil faoliyat ko`rsatishfga undaydi . O`yin boshlang`ich ta`limda o`qitishning munim metodlaridan biri sifatida qurilishi shart . Mazkur ta`lim tizimida kompyuter texnologiyasini o`zlashtirish jarayoni o`yin mashg`ulotlarida ta`limning asosiy vositasi sifatida qadrlanadi :



VI . Boshlang`ich sinf o`quvchilarining salomatligi .

Bolaning salomatligi ta`limning samaradorligini ta`minlaydi . Ularning o`qishi va dam olishini tashkil etishda o`quv dasturlari va ta`lim vositalarining mazmunini aniqlashda , bolaning yoshi bilan bog`liq tarzda jismoniy hamda aqliy rivojlanishida morfofunksional hamda psixofizologik xususiyatlarni aniq hisobga olish lozim .

Shu bilan bir qatorda 6-7 yoshli bolalar o`zining psixologik , jismoniy rivojlanishi fizologik xususiyatlar bilan alohida xususiyatlarga ega . Bu o`z navbatida ta`lim jarayonida ularga alohida yondoshuvni taqozo qiladi . Shu asosga ko`ra haftalik o`quv yuklamasi maksimum quyidagicha bo`lishi mumkin : Hafta davomida faqat ikki marta kuniga 5 soatdan , qolgan uch kun esa 4 soatdan oshmasligi kerak . O`quv sinflari sanitariya gigiyena meyoriga qatiy amal qilgan holda jihozlanishi , yorug`lik , issiqlik , tozalik , muntazam shamollatib turish kabilarga rioya qilish shart . Barcha oquv binolarida mebel bolalarning bo`yiga , ularning o`tirishi va harakatlanishi meyoriga mos kelishi kerak .

VII . Boshlang`ich sinf o`qituvchisi .

Zamonaviy ta`lim nazariyasi o`qituvchini o`quv-biluv jarayonining rahbari sifatida baholaydi . Demak , o`qituvchi , shu jumladan , boshlang`ich sinf o`qituvchisi jarayonga to`g`ri rahbarlik qiulish uchun chuqur bilimga , yuksak kasb mahoratiga ega bo`lishi lozim . O`qituvchi ko`p jihatdan o`quvchi uchun o`rnakdir . Shuning uchun ham u birinchi navbatda bolani o`ziga jalb eta olishi kerak .

Yangilanayotgan boshlang`ich ta`lim nazariyasi o`qituvchining shaxsiy sifatlari , kasb mahorati va bilim darajasini diagnostika qilish asoslarini ishlab chiqishi lozim . Tekshirish natijalari asosida boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash asoslari yaratilishi hamda taa`lim amaliyotiga joriy etilishi kechiktirib bo`lmaydigan vazifalardan biridir .

VIII . Boshlang`ich ta`limni rivojlantirish yo`llari .

O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib brogan sari boshlang`ich ta`lim ham takomillashib boradi .

Ilmiy tadqiqotlar boshlang`ich ta`limning samarali rivojlanishiga asos bo`lmog`I kerak . Bu soxadagi asosiy yo`nalish va muammolar qatorida quyidagilarni ko`rish mumkin :


  • O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy , tarixiy , milliy , ma`naviy xusuiyatlarga mos ravishda boshlang`ich a`limning ilmiy nazariya asoslarini ishlab chiqish ;

  • Markaziy Osiyo xalqining boshlang`ich ta`lim soxasidagi tarixiy tajribasini o`rganish ;

  • Jahon pedagoglarining boshlang`ich ta`lim sohasida mavjud bo`lgan tajribalarini o`rganish :

  1. turkey xalqlarda boshlang`ich ta`lim ;

  2. rivojlangan mamlakatlarda (AQSH,Angliya,Yaponiya,Germaniya)

Mazkur konsepsiya ilgari surilgan qarashlar o`zining amaliy tadbirini topgandagina davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimining birinchi bo`g`ini oldiga qo`ygan talablarni bajarish imkoniyati vujudga keladi .
Mualliflar : Q.A.Abdullayeva , R.F.Safarova , M.O.Ochilova , K.N.Nazarov , N.U.Bekboyeva , M.A.Zaynnitdinova


II sinf ONA TILI

O`qish texnikasi

Miqdoriy ko`rsatkich : minutiga 40-50 so`z

Talablar :



  1. tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish

  2. so`zlarni to`g`ri o`qish

  3. gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli `qish

  4. gapdagi tinish belgilarni talaffuzda aks ettirish

  5. sanash va ajratish ohanglaridan foydalanish

  6. 10 ta she`rni yoddan bilish , ertak,topishmoq,maqol,qo`shiqlarni bir-biridan farqlay olish lozim .

Matnning xarakteri sodda , ravon , nasriy , nazariy bolalar adabiyoti namunalari .

O`zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi

Miqdoriy ko`rsatkich 10 minutda 1-1,5 sahifa .

Talab : og`zaki nutqning to`g`ri va ravon bo`lishi .



Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi .

Miqdoriy ko`rsatkich 35-40 so`zdan iborat diktant yoza olish .

Talablar :


  1. imlo xatolarga yo`l qo`yilmaslik;

  2. ijobiy matnning mantiqiy jihatidan izchilligi ;

Diktant turlari : lug`at diktant , yoddan yozuv diktanti , nazorat diktanti .

Miqdoriy ko`rsatkich : 3-4 gapdan iborat sodda matn yaratish .

Talablar :


  1. matndagi gapning mazmuni o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi , ko`rsatilgan mavzu doirasida birlashtirilishi ;

  2. harflar a tinsh belgilarni to`g`ri yozish ;

  3. so`z va apni to`g`ri yozib tinish belgilarni o`rniga qo`ya olishi ;

Matnning xarakteri : rasm , manzara,joy,voqea hodisalar tasviri,o`qituvchiga tanish bo`lgan narsa , buyum tasviri .
MATEMATIKA

Sonlar va hisoblashlar

  • 100 ichida sonlarni xonadan o`tmasdan qoshish va ayirish

  • 18 ichida bir honali sonlarni o`nlik orqali qo`shish va ayrish

  • 100 ichida sonlarni xona orqali o`tib og`zaki va yozma qo`shish hamda ayrish usullari .

Qo`sish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orqali o`zaro bog`lanish.

Yig`indi va qoldiqni topishga od sonni necha birlik orttirishga oid , ayirmani taqoslashga oid , noma`lum qo`shiluvchini , noma`lum ayirluvchini , noma`lum kamayuvchini topishga oid soda masalalarni yechish .

Sonni yig`indiga qo`shish va yig`indiga songa oid , sonni orttirishga va yig`indini topishga oid , yig`indini topishga oid , yig`indini va qoldiqni topishga oid, ayirmani va yig`indini topishga oid tarkibli masalalarni yechish .

Vaqtni topishga oid soda masalalar yechish .

0 , 1 , 10 sonlar ishtirokidagi ko`paytirish va bo`lish .

Jadval ichida ko`paytirish va bo`lish

Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish ; sonlarni bo`lish yordamida taqqoslash .

Sonlarni ayirmali va karrali taqoslashga doir , sonlarni bir necha birlik va bir necha marta orttirishga oid , baho,miqdor va qancha turishini topishga doir , bitta narsaning massasini , narsalar sonini va narsalar massasini topishga doir sodda masalalar . Birlikka keltirishga doir tarkibli masalalar .



Geometrik shakllar,ularni o`lchash .

  • O`zlari ega bo`lgan hayotiy tajribalarni sistemalashtirish va geometric shakllar atrof borliqdagi buyumlarning obrazi ekanini tushintirish ;

  • Turli-tuman geometric shakllar (burchak,to`g`ri burchak,aylana,doira) bilan tanishish mos atamalarni bilish va qo`llay olish , bu shakllarni aniqlay olish , ularning bazi xossalari bilan tanishish ;

  • Har xil ko`pburchaklarning perimetrlarini topishni o`rganish ;

  • Yuz o`lchovi birligi - kv.sm (kvadrat santimetr) bilan tanishish , ko`pburchakning yuzini topishni o`rganish

Matematikani o`rganishga o`quvchi quyidagilarni tasavvur eta olishi kerak :

  • Ko`paytirishni guruhlash va taqsimot xossalari ;

  • Arifmetik amallarning o`zaro bog`liqligini ;

  • Sonli va harfiy ifodalar hamda ular orasidagi farqlarni

Bilishi kerak :

  • atamalar : qo`shish,qo`shiluvchilar va yig`indini ;ayirish,kamayuvchi,ayriluvchi va ayirmani ;ifoda va ifodaning qiymatini ; ko`paytirish,ko`payuvchi,ko`paytuvchi va ko`paytmani ; bo`lish ,bo`linuvchi ,bo`luvchi va bo`linmani ; … marta kam va …. Marta ortiqni ; to`g`ri burchak va to`g`ri to`rtburchakni ; aylana ,aylana markazi va aylana radiusini ;

  • ishora (belgisi) va belgilashlarni ; “*” (ko`paytirish belgisi) va “:” (bo`lish)ni ; x (iks)ni ;

  • bir xonali sonlarni qo`shish jadvali va ayirishning shunga mos hollarini tez bajarishda malaka hosil qilish ;

  • ko`paytirish jadvali va bo`lishning shunga mos hollarini ;

  • 2 , 3 amalli ifodalarda chunonchi qavsli ifodalarda amallarni bajarish tartibi

Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak :

  • 100 ichida sonlarni og`zaki qo`shish va ayirishni o`rganilgan usullar asosida bajarish

  • 100 gacha bo`lgan sonlarni qo`shish va ayirishni ustun shaklida yozish bilan hisoblay olish ;

  • Bir o`zgaruvchili ifodalarning qiymatini shu o`zgaruvchining berilgan qiymatlarida hisoblab topish ; soda masalalarni tanlash va amallar komponentlari orasidagi bog`lanishlar asosida yechish ;

  • O`rganilgan 1 , 2 amalli matnli masalalarni yechish .

Malakaga ega bo`lishi kerak :

  • narxi 20 so`mgacha bo`lgan narsalarni sotib olish bilan bog`liq hisoblashga doir masalalar yechish ;

Geometrik shakllar , ularni o`lchashga o`quvchi quyidagilarni tasavvur eta olishi kerak :

  • shaklning yuzini .

Bilishi kerak :

  • atamalar : to`g`ri burchak , to`g`ri to`rtburchak ; aylana , aylana markazi , aylana radiusini ;

  • belgilashlar : mm (millimeter) , kv . sm (kvadrat santimetr) ni .

Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak :

  • ko`pburchak perimetrini topishni .

Malakaga ega bo`lishi kerak :

  • atrof borliqda yo`nalish ola bilish (yo`l-yo`lakay yo`nalishini o`zgartirish) ;

  • buyumlarni turli belgilariga , uzunligi (eni,balandligi) ga ko`ra tartibga solish ;

  • elementlarning (cho`plarning) o`rinlarini almashtirish yo`li bilan geometric shaklarning ko`rinishini o`zgartirish.

ATROFIMIZDAGI OLAM
Tasavvur qila olish kerak :

  • yer sayyora ekanligini ;

  • yerning quyoshg atrofida , oyning yer atrofida aylanishi ;

  • jism va moddalarni ;

  • suvning uch holatini ;

  • hayvonlarning qishdagi hayotini .

Bilishi kerak :

  • fasllardagi mavsumiy o`zgarishlarni ;

  • o`simliklarning kuzdagi hayotini ;

  • dehqonlarning kuzdagi mehnatini ;

  • qish faslining manzarasini , qorning xususiyatlarini ;

  • dehqonlarning bahor va yozdagi mehnatini ;

  • o`simliklarning o`t,buta va daraxtlarga bo`linishini ;

  • aksariyat o`simliklarning urug`dan ko`payishini ;

  • termometrni ;

  • inson bilan tabiatning bog`liqligini ;

  • ovqatlanish gigiyenasi ;

  • vaqt o`lchov birligini .

Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak :

  • tabiatning nima sababdan jonli yoki jonsiz deyilishini tushuntira olish ;

  • jismning moddalardan tashkil topganligini tavsiflay olish ;

  • havo va suvning yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish ;

  • kuzatishga asoslanib havodagi o`zgarishlarni tushuntira olish ;

  • tabiatni asrashni muhimligini tavsiflay olish ;

  • O’zbekistonda yetishtiriladigan 5-6 xil o’simliklarni ayta olish ;

  • Inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish ;’-kun chiqishi ,tush vaqti,kun botishini tushuntira olish .

Malakaga ega bo`lish kerak :

  • Termometr yordamida havo va suvning xaroratini o`lchay olish;

  • Soatdan vaqtni aniqlay olish;

  • Ko`chat-daraxtlarni parvarish qilish;

  • Shaxsiy gigiyenaga amal qilish;

  • Tishni parvarishlay bilish;

  • Ovqatlanish tartibiga amal qilish;

  • Tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni “Kundalik kuzatish daftari”ga qayt qilib borish.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling