Boshlangich ta’lim o’quvchilarini atrof-muhitga mas’uliyat xissini shakillantirish orqali axloqiy tarbiyalash
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 67.28 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich-ta-lim-o-quvchilarini-atrof-muhitga-mas-uliyat-xissini-shakillantirish-orqali-axloqiy-tarbiyalash
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1268 go’zalliklaridan zavq olish vaziyatini tez-tez yuzaga keltirib turish, bilimlarni shu yo’llar bilan singdirish orqali ularning aqliy rivojlanishiga erishildi. O’quvchilar tabiat bilan bir butun organizm darajasida tanishdilar. Eng avval ayrim o’simliklar, hayvonlar, ularning yashash usullari o’quvchining idrok va faoliyat obyektiga aylandi. Jonli tabiat obyektlarining tashqi muhit bilan aloqasi o’quv-biluv mavzui bo’lib qoldi: o’simliklar oziqlanish uchun o’z ildizi bilan tuproq ichkarisiga kirib boradi, hayvonlar makonda joy almashtirib yuradi, ovqat topib yeydi va shu kabilar. Ayniqsa, harakatlanadigan yorqin, rangin obyektlar maktabgacha yoshdagi o’quvchilarda alohida, o’ta kuchli qiziqish uyg’otdi, xotirasida timsollar qoldirdi. Ana shu obyektlar yordamida o’quvchilarning hayvonlar o’zlari yashab turgan muhitga moslashganliklari kuzatildi. Masalan, qo’y va sigir kabi uy hayvonlarining o’t-o’lanlar bilan ovqatlanishi ana shunday moslashuv oqibati ekanligiga yaqqol misol bo’la oladi. O’simlik va hayvonlarning ayrim ko’zdan yana ham uzoqroq bo’lgan bog’liq jihatlari, bundagi o’zgarishlarni kuzatish maktabgacha ta’lim yoshidagi o’quvchilar fikrlashini ekologik yo’naltirish, ularni tahlil qilish va solishtirish yo’li bilan anglashga o’rgatish imkonini berdi. Idrok etilayotgan tabiat obyekti yoki hodisalari aniq va ravshan ko’rinib turishi, tushunarli va o’quvchiga yaqin bo’lishi ta’minlandi. Obyektni avval bir butun, keyin qismlari bo’yicha kuzatish va yaxlit taassurot uyg’otish, yo’naltiruvchi savollar berib borish, ekologik omillarga bog’liq jihatlarini toptirish amalga oshirildi. Tabiiy obyektlar va hodisalar (ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadigan jonli tabiat) xossalarini bilish qiyin kechdi, chunki bu obyektlar o’quvchilarning ular bilan bajaradigan amaliy faoliyatini doimo cheklab turdi: ushbu obyektlarga qo’l tekkizib bo’lmaydi va hokazo. Ko’rsatmalilikning rang-barang bo’lishi ham kuzatish obyektlarini o’quvchilar ko’z oldida gavdalantirishga yordam berdi. Ayniqsa, nojo’ya hatti- harakatlarni man etuvchi rasmlardan foydalanish ruhsat etilmagan hatti- harakatlarni o’quvchi ongiga to umrining oxirigacha saqlanib qoladigan qilib muhrlab qo’yadi. Download 67.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling