Boshlangich ta’lim o’quvchilarini atrof-muhitga mas’uliyat xissini shakillantirish orqali axloqiy tarbiyalash
Download 67.28 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich-ta-lim-o-quvchilarini-atrof-muhitga-mas-uliyat-xissini-shakillantirish-orqali-axloqiy-tarbiyalash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Didaktik o’yinlar.
Ekologik o’yinlar tashkil etish. O’quvchilarning tabiatni muhofaza qilish
amaliyotida uch xil faoliyatdan (ta’lim, mehnat, o’yin) keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, o’quvchilarning ekologik mazmundagi o’yin faoliyati ta’lim unsurlariga ega bo’lib, tegishli ko’nikmalarni hosil qilishda ularning ahamiyati katta bo’ldi. Didaktik o’yinlar. O’qituvchi darspaytida bevosita ta’lim berish ishini amalga oshirsa, didaktik o’yinda esa o’quv-biluv vazifalari (masalan, narsaning xossalari va sifatini aniqlash, turli buyumlarni tasnif qilish va guruhlash) o’yin bilan (topish, rol ijro SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1269 etish, musobaqalashish) qo’shib olib boriladiki, bunda didaktik o’yin ta’limning alohida shakli - yengil, tez va o’quvchilar tomonidan oldindan mo’ljallanmagan bilimlarni o’zlashtirish shakliga aylanadi. Shu sababli didaktik o’yindan foydalanganda tarbiyachilar quyidagi pedagogik prinsiplarga amal qilishdi: 1) o’quvchilarda oldindan mavjud bo’lgan bilimlarga tayanildi; 2) didaktik o’yin yetarli darajada murakkab va ayni paytda o’quvchilar saviyasiga mos bo’lishi nazoratga olindi; 3) o’yinli harakatlarga bo’lgan qiziqish va uning rang-barangligi qo’llab- quvvatlab turildi; 4) didaktik vazifalar va o’yinli harakatlar asta-sekin murakkablashib borildi; 5) qoidalar aniq tushuntirib borildi. Masalan, «Bu hayvonning nomi «Qizil kitob»ga kiritilganmi? Shu hayvonni top» o’yini. Tarbiyachi o’quvchilarni doira shaklida turg’izib, hayvon nomini aytadi va koptokni biror o’quvchiga otadi. Bola koptokni ilib olib, «Qizil kitob»ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi. Tabiatni muhofazasiga doir shaxsning axloqiy pozisiyasi, odamlarning o’zaro munosabatlari, ularning tabiiy muhitga insonparvarlik, g’amxo’rlik bilan munosabatlari markaziy o’rinda turmog’i lozim. Rolli o’yinlar har bir ishtirokchiga mustaqillik va uyushqoqlik namoyon etish imkonini berdi. Ijodiy rolli o’yinlar tushunchalarni, tasavvurlarni, faktlarni tiklash, qayta guruhlash tariqasida kechdi. Masalan, rolli o’yin sifatida o’quvchilardan biri maqbul va nojo’ya harakatlar qilib ko’rsatadi. Nojo’ya xatti-harakatga kelganda, o’quvchilar: «To’xta!» - deb buyruq berishlari kutiladi. Kuzatishlarning ko’rsatishicha, bunday paytlarda ko’p vaqt sukutda bo’ladigan o’quvchilarda ham qat’iyat, jur’at paydo bo’ldi. Bu esa o’yinning muhim jihati hisoblanadi. Tabiat bilan insonning o’zaro aloqador ekanligini o’rgatish, umuman, o’quvchilarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish - uzoq vaqtni o’z ichiga oladigan jarayon. Buning uchun o’quvchilarning atrof-muhit, tabiat bilan har tomonlama doimiy aloqalarini ta’minlash zarur. Darsdan tashqari sayr chog’ida bog’da, tabiat quchog’ida bo’lish, bu muddatda turli xil ekologik o’yinlar uyushtirish ana shu imkoniyatni yuzaga keltiradi. Xullas, o’quvchilarning tabiat bilan o’zaro aloqada amalga oshadigan har qanday ko’rinishdagi faoliyatida, xususan, Darsdan tashqari vaqtlarda idrok va hissiyot, xotira va tafakkur, diqqat, xayolot, iroda qatnashadi, atrof- muhitga bo’lgan qiziqishi ortadi, bilishga ehtiyoji rivojlanadi, nutqi o’sadi, ularda atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabat shakllanadi. Bularning tashqi va ichki tomonlari o’zaro qo’shilishi natijasida SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 67.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling