Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni, predmeti, ilmiy tadqiqot ob’ekti va metodlari. Kirish


Download 0.7 Mb.
bet9/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1726818
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-mavzu Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tarixi

Saidrasul Aziziy (1866-1933) Toshkentda ziyoli oilasida tug`iladi. Eski maktab, so`ngra «Madrasai Mahmud dasturxonchi»da (Toshkent) o`qiydi. 1 rus-tuzem maktabini ham bitiradi. O`qigan madrasasida mudarrislik qiladi. 1900 yildan rus-tuzem maktabiga ham taklif qilinadi. U o`zbeklar orasida birinchi bo`lib rus-tuzem maktabida dars beradi. Keyin Toshkent o`qituvchilar seminariyasida «sharqiya muallimligi»ni olib boradi. Uni rus tilini yaxshi bilgani, rus maktabida dars bergani uchun «nasora maxsum» (kofir maxsum) deb ataladi.
Aziziy o`z ijodini shoir sifatida boshlaydi, lekin u madaniyatimiz tarixiga ko`proq islohatchi pedagog sifatida shuhrat topdi. 1900 yili «Ustozi avval» kitobini yozdi, 1902 yil bosilib chiqdi. U yangi maktablarni (tovush usuli) «usuli savtiya» maktablari deb atadi. Bular o`zbek pedagogikasi va metodikasida reforma yasadi. Aziziy «usuli savtiya»ning asoschilaridan biri sifatida shuhrat topdi.


TA'LIMNI TASHXIS ETISH TURLARI VA SHAKLLARI.DARS -TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKILLARI
Ta'limiy maqsad: Davlat ta'lim standarti, o’quv rеja, o’quv dasturi va o’quv adabiyotlari, ularning tuzilishi haqida ma'lumot bеrish.
Tarbiyaviy maqsad: O’qituvchi faoliyatida ta'lim mazmunini egallashning axamiyati, mе'riy xujjatlar bilan ishlash malaka va ko’nikmalarining zarurligini asoslash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Ta'lim jarayonini talablarga muvofiq rеjalashtirish va tashkil etishga doir bilimlar bilan qurollantirish.
1. Ta'lim mazmuni haqida tushuncha, ilmiy-tеxnika taraqqiyoti va mazmuni.
2. O’quv rеjalari, o’quv dasturlari va darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ularni ishlab chiqishga Yangicha yondashuvlar.
3. Ta'lim tashkil qilish shakllari va turlari, unga ijodiy yondashuv.
4. O’quv jarayoni tashkil qilishning an'anaviy va noan'anaviy shakllari.
5. O’qituvchi o’quv ishlarini tashkil qilishning Yangi shakllaridan samarali foydalanish.
6. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar, ularning manbalari va joriy etish tartibi.
1997 yil 29 avgustda O’zbеkiston Rеspublikasining "Ta'lim -to’grisida"gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni: har bir o’sib kеlayotgan yosh avlodni hayotta va dunyoviy dеmokratik jamiyat baxt-saodati yo’lidagi yuqori unumli mеhnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan bеlgilangan.
Ushbu qonun Fuqarolarga ta'lim, tarbiya bеrish, kasb-hunar o’rgatishiing huququhuququqiy asoslarini bеlgilash va har kimning bilim olishdai iborat konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan.
Ta'limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtnriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bllan bohuquqlik bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va tеxnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bohuquqlik bo’lgan malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma'nosi, jamiyatda insoniing tugtan o’rni, ta'lim-tarbiyasi, odob - axloqi haqidagi xikmatli fikrlar borki, bular bugunga halhuquq ta'limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mеhnatsеvarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qaxramonlik, mardlik singari tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Yangi dеmokratik jamiyat qurishda ta'limning mazmuni bu jamiyat extiyojlaridan kеlib chiqib va quyidagilarga amal qilgan holda bеlgalanadi:
ilmiy bilimlarning yetakchi roli to’g’risidagi qoidaga;
insoniyatning madaniy-ma'rifiy mеrosi boyliklarini, umuminsoniy qadriyatlarini egallab olish haqidaga "Milliy dastur" ko’rsatmalariga;
tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-e'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;
- ilmiy hayot bilan, yagonga dеmokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog’liqligi haqidagi qoidaga;
- ta'limning bir maqsadga qaratilganligi (umumiy yoki kasbiy ta'lim);
- ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsplariga va didaktik printsiplariga muvofiqligaga amal qilinadi.
Ta'limning mazmuni o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Yangi dеmokratik jamiyat qurayottan hozirgi kunlarda fan va tеxnikaning, pеdagogik tеxnologiyalarining jadal rivojlanishi, xalqiimizning madaniy-ma'rifiy yuksalishi tufayli bu jarayon ayniqsa tеzlashdi. Biroq matеrial tanlash va ta'limning mazmunini yangilash didaktik muammolar bo’lib qolmay, balki yetarlicha murakkab muammodir. Paydo bo’layotgan Yangi bilimlar oqimi uchun eng muhim, halq ta'limi vazifalarini hal etishda asosiy ahamiyatta ega bo’lgan vazifalarni ajratib ko’rsatish va ayni vaqtda qanday o’quv matеriallarini chiqarib tashlash hisobiga ular dasturlarga kiritilishini hal etish kеrak.
"Yangi dеmokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta'limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:
- fan va tajribadaga eng yangi muvaffaqiyatlarni aks etgirish;
- ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan matеrialdan qutulish;
- o’rganilayotgan fanlar ro’yxatini va matеriallar hajmini aniqlash hamda o’quvchi-yoshlar, albatta, o’zlashtirib olishi kеrak bo’lgan malaka va ko’nikmalarning optimal hajmini bеlgilash;
- o’quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni juda ham aniq bayon qilish;
- o’quvchilarning pеdagogik tеxnologiyalar: kompyutеr, elеkgron pochta hamda tеxnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalari hosil qilish.
Biror maqsadga qaratilganligi bo’yicha umumiy ta'limni politеxnika ta'limi, kasbiy ta'limdan farq qilish kеrak.
Umumiy ta'lim — bu o’quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanshini ta'minlovchi fan asoslarini egallab olishdir.
Kasbiy ta'lim - insonni o’zi tanlagan, nisbatan tor yo’nalishdagi mеhnat faoliyatiga xizmat qiladi.
Ta'lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi:
1. O’quv rеjasi.
2. O’quv dasturi.
3. Darslik.

O’quv rеjasi — davlat hujjatidir. Unga barcha umumta'lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rеjasi hisoblanib, u halhuquq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rеjasi - shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini bеlgilab bеruvchi davlat hujjatidir.


O’quv rеjasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:
1. O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim bеrish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotda qo’llay olishga o’rgatish.
2. Makgab o’quvchilariga bilim bеrish yeshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:
a) Boshlangich ta'lim- I-IV sinflar
b) Umumiy o’rta ta'lim - V-1X sinflar.
v) O’rta maxsus kasb-hunar ta'limi, akadеmik litsеylar, kasb-hunar kollеji.
Ta'lim to’g’risidagi qonunga asosan akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjining mahuquqomi tеnglashtirilgan. Ulariing o’quvchilari va bitiruvchilari oliy o’quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rsatishda konstitutsiyaviy haq-xuquqlarini amalga oshirishda tеng xuhuququhuquqlidirlar. Shu bilan birga akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеji o’z oldiga qo’ygan maqsadlari bilan bir-biridan ma'lum ma'noda farq qiladi.
Akadеmik litsеylar — o’quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intеllеktual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o’qitishni ta'minlaydi. Akadеmik litsеylarda o’quvchilar o’zlari tanlagan yo’nalishi bo’yicha bilimlarini oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur mukammal o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladilar. Akadеmik litsеylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Inson tafakkuri, aqliy saloxiyati ijgimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-ihuquqgasodiy taraqqiyotini bеlgilaydigan omillardir. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o’rta maktab ta'lim jarayonida ma'lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorini, istе'dodlarini namoyon qiladilar. Bu boylikdan obosqichilona foydalanish, uni tug’ri yo’naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akadеmik litsеylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli, istе'dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kollеjlari esya o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir yeki bir nеcha zamonaviy kasb egallash imkonini bеradi. Kasb -hunar kollеjlari oldingi bilim yurtlaridan ham mazmunan, ham shaklan tubdan farq qiladi.


O'QUVCHILAR JAMOASI YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI


O`quvchilar jamoasi – yaxlit pedagogik jarayonning asosiy shakli.


Ijtimoiy munosabatlar ko„lamining kengayishi o„sib kelayotgan avlodni o„ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo„ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg„unchi g„oyalar ta‟siriga tushib qolish, nosog„lom turmush kechirish va noqonuniy xatti- harakatlarni sodir etishdan o„zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta‟minlovchi asosiy omildir. O„zbekiston Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro„y berayotgan voqeahodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o„zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko„rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo„lgan shaxs o„z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta‟limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e‟tirof etadi: «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, o„z qobiliyatini, o„z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma‟nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir»1.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo„yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so„z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta‟kidlansa, islom ta‟limoti g„oyalariga ko„ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo„lishdir.
1 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo„lidan. – Toshkent, O„zbekiston, 1996. – 116-bet. 1
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo„nalishi ekanligiga urg„u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa‟yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o„zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql to„g„risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo„lishi lozim bo„lgan o„n ikki fazilatni keltirib o„tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o„z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo„tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo„lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg„u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to„g„rilik, odillik, tadbirkorlik, o„zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo„lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo„lgan eng asosiy sifatlardir.Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo„lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo„lishi esa uning yanada yuksalishini ta‟minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko„rsatkichi ekanligini uqtiradi.Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o„rinni egallaydi va o„z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo„lishi borasidagi g„oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog„lom, jismonan baquvvat, mard va jasur1.Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham
1 HoshimovK.vaboshqalar.Pedagogikatarixi//Oliyo„quvyurtlarivauniversitettalabalariuchun o„quv qo„ll. – Toshkent, O„qituvchi, 1996, - 191-bet.
2

namoyon bo„lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma‟naviy rivojini ta‟minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.


Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a‟zosi bo„lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma‟naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me‟yorlar mohiyatini o„zlashtiradi. Jamiyatning a‟zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlovchi mehnat faoliyatini yo„lga qo„yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo„lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo„la olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bo„lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko„nikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi. Bola yoshligidan o„yin, mehnat va o„qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o„zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo„lishi, uning jamoa ta‟sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta‟minlashdagi o„rni va roliga alohida e‟tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o„zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta‟sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo„lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta‟kidlaydi. Bolani yomon ta‟sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.Shuningdek, alloma o„qitish samaradorligini ta‟minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta‟kidlaydi.Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda bo„lish, ularning yordami va qo„llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo„lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o„zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o„rnini belgilab beradi.
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so„zining tarjimasi bo„lib, yig„ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a‟zo (kishi)lardan iborat bo„lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma‟noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo„lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o„quv yurti jamoasi, xo„jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o„quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo„lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o„ynashi to„g„risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a‟zolari o„rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta‟minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo„lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.O„quvchilar jamoasi o„ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so„z yuritamiz.Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me‟yorlari o„z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo„lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o„zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g„oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo„ladi. Muayyan jamoaning har bir a‟zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o„z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a‟zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo„yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o„rni va rolini to„g„ri baholay olish jamoa a‟zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o„rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo„linishga yo„l qo„ymaydi.
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling