Boshlangʻich taʼlim sirtqi 1-kurs 22-08guruh talabasi Bahriddinova Kamolaning Ona tili fanidan tayyorlagan


Download 56.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi56.98 Kb.
#1497681
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Son va olmosh soz turkumlari sifatida.

Sanoq sonlar. Sanoq sonlar mustaqil xolda qo‘llana oladi, ya'ni boshqa 
so‘zlar bilan bog‘lanishi shart emas. Sanoq sonlar ana shu xususiyati bilan ot 
turkumiga yaqinlashadi. Lekin sanoq son predmet tushunchasi emas, uning 
miqdorini bildiradi, xolos. Sanoq sonlar bog‘langan ot tushib qolganda son so‘z 
otlashadi: O‘n to‘qqizdan oshmay tur, go‘zal. (X. O.) 
Sanoq sonlar sonning boshqa turlari uchun asosdir. Sanoq sonning o‘zida esa 
maxsus morfologik belgi yo‘q: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti va x. Sanoq son aniq 
miqdorni ko‘rsatganligi sababli sanaluvchi predmetning atamasi bo‘lgan so‘z 
ko‘plik qo‘shimchasi - lar ni olmaydi, ya'ni: un kishi (un kishilar emas). Ammo 
gumon, taxmin ma'nosidagi sanoq sonlar ko‘plik ko‘rsatkichi -lar ni qabul qiladi. m: 
Sen kelganda soat uchlar edi. 
Sanoq son o‘zidan oldin aniqlovchi,ayniksa sifatlovchi aniqlovchi olmaydi :yaxshi 
beshta kitob emas,beshta yaxshi kitob-deyiladi. 
Sanoq sonlar otlashganda egalik,kelishik qo‘shimchalarini olib turlanishi 
mumkin. M: Uchga kirdi, uchdan to‘rtga o‘tdi, uchni to‘ldirdi kabi. 
Sanoq sonlardan bir so‘zi va uning ma'nolari. Sanoq sonlardan «bir» soni turli 
ma'no va vazifalarda kela olishi mumkin Ular quyidagichadir:


1. O‘lchov ma'nosida keladi: Bir metr atlas, bir karich er, bir gaz buyin bor 
kabi. 
2. Og‘irlik miqdorini ifodalaydi: Bir kilo uzum, bir pud bug‘doy kabi. 
3. Ayiruv chegaralov yuklamasi ma'nosida: Mening mexribonim, ishonganim 
bir sensan, Olloh. 
4. Uxshashlik ma'nosini anglatadi: Otasi ham, o‘g‘li ham bir go‘r. Ona bolaning 
xarakteri bir. 
5. Noaniqlik, mavhum ma'noni anglatadi: Sizni bir qiz kutayapti. 
6. Kuchaytiruv yuklamasi ma'nosida qo‘llanadi: Navro‘zda Gulnoza bir 
o‘ynaydi, bir o‘ynadi hamma xayron qoldi. 
7. Ravish ma'nosida keladi: Bir-bir bosib kelar sanam, kelar salona-salona. 
8. Ayiruv bog‘lovchisi vazifasida keladi: Bir kuladi, bir yig‘laydi, o‘zini 
yo‘qotib qo‘yibdi. 
Sanoq sonlarning qo‘llanishida numerativlarning ishtiroki. Sanoq sonlar 
numerativlar bilan ham qo‘llanadi. Sanoq son predmet atamasi bo‘lgan ot so‘z 
o‘rtasida keladigan numerativ (numerativ lotincha hisob degani) so‘zlar 
predmetlarning turi va xususiyatiga qarab qo‘shiladi. Numerativlar sanlayotgan 
predmetlarni ko‘rsatmay, o‘sha predmetni hisoblashda uni qaysi kategoriyaga
guruhga, turga oid ekanligini aniqlash uchun qo‘shiladi. 
O‘zbek tilida numerativ so‘zlar qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
Predmetni donalab yakkalab ko‘rsatish uchun ishlatiladigan numerativ 
so‘zlar: dona, nusxa, bosh, tub, nafar kabilar 
Butunning, guruhning, to‘daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan 
numerativ so‘zlar: burda, parcha, varak, og‘iz, luqma, qultum, siqim, tilim, chimdim, 
tomchi kabilar. 
To‘dalab guruhlab ko‘rsatuvchi hisob so‘zlar: tub, gala, to‘da, guruh, 
dasta,bog‘, shoda va boshqalar. 
Juft predmetlar hisobida qo‘llanuvchi numerativlar: juft, para kabi. 


Og‘irlikni o‘lchash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar: Qadoq, kilo, pud, 
tonna, qoshiq, piyola, chelak, xovuz, botmon, sentner kabilar. 
Uzunlik o‘lchovi uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar: metr, karich, chakirim
odim, quloch, gaz va boshqalar. 
Vaqt o‘lchovini ifodalash uchun ishlatiladigan numerativlar: kun, oy, yil, 
xafta, soat, daqiqa kabilar. 
Qiymat hisobini ifodalovchi numerativ so‘zlar: sum, tiyin, tanga, chervon, 
selkovoy kabilar. 
Xajm ma'nosini ifodalovchi numerativlar: kub, kvadrat, doira kabilar. 
Xullas, sanoq sonlar turkumi doirasiga ko‘ra ham miqdoriga ko‘ra ham o‘ziga 
xos o‘rinni egallaydi. 

Download 56.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling