Boshlangʻich taʼlim sirtqi 1-kurs 22-08guruh talabasi Bahriddinova Kamolaning Ona tili fanidan tayyorlagan


Download 56.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi56.98 Kb.
#1497681
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Son va olmosh soz turkumlari sifatida.



Boshlangʻich taʼlim sirtqi
1-kurs 22-08guruh talabasi 
Bahriddinova Kamolaning
Ona tili fanidan tayyorlagan
2023-y 


Mavzu: Son va olmosh soz turkumlari sifatida. 
Reja: 
1.Son leksik - grammatik xususiyatlari. 
2.Son so‘z turkumi haqida umumiy tushuncha. 
3.Sonning ma'no turlari va hisob so‘zlar bilan 
birikib kelishi. 
4. Olmoshning Grammatik ma’nosi 
 


Predmetning miqdori va tartibini bildiruvchi so‘zlar son deyiladi. Son so‘zlar 
qancha? Necha? Nechta? Nechanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. O‘zbek 
tilida matematik son tushunchasi bilan grammatik son tushunchasi farqlanadi. 
Sanaladigan ot bilan qo‘llanmay (un, uch, uchtan ikki) mavhum ma'noni 
ifodalaydigan va faqat son so‘zning nomini anglatadigan (m: ikki karra ikki to‘rt) 
so‘zlar matematik sonlar deyiladi va hozirgi taraqqiyotida uchta sistemani tashkil 
etadi. 
Sonning 8 lik, 10, 16- lik sistemalarida EXM larda foydalaniladi. Son 
sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi so‘zlar bilan qo‘llanganda grammatik 
son tushunchasiga doirasiga kiradi va son turkumini tashkil qiladi. 
Son so‘zlar predmetning m i q d o r i, s a n o g‘ i va t a r t i b i ni 
ifodalagani sababli sifat va ravish turkumlariga yaqin turadi. Son so‘zlar harflar 
bilan yoziladi. shuningdek, arab (1, 2, 3, 4, 5) va rim (I, II, X) raqamlari bilan 
yoziladi. 
O‘zbek tilida sanash sistemasida katta raqamli sonlar oldin, kichik sonlar keyin 
aytiladi: 1992 yil, 135 kabi. Tilimiz tarixida esa sanash kichikdan kattaga qarab 
borgan. M: Urxun -Enisey yodgorliklarida «o‘n bir » soni «bir yigirma», «o‘n uch» 
soni esa «uch yigirma» deyiladi. Shuningdek xalq jonli so‘zlashuvida «ikki kam 
ellik» «bir kam qirq» kabi sanash ham yo‘li ham mavjud. 
Tilimizda, oz, ko‘p, ancha, mo‘l, biroz kabi miqdor bildiruvchi so‘zlar ham 
borki, ularni son turkumiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki bu so‘zlarni raqamlar bilan 
ifodalab bo‘lmaydi. 
O‘zbek tilida miqdor tushunchasi 22 ta so‘z bilan ifodalanadi ulardan 9 tasi birlik 9 
tasi o‘nlik (10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90) 4 tasi yirik miqdorni bildiradi. Eski 
o‘zbek tilida tuman (10000) lak (100000) sonlari ham bo‘lgan. 
Son so‘zlar quyidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari bilan boshqa 
turkumidan frqlanib turadi. 
Son turkumi o‘zigagina tegishli bo‘lgan forma yasovchi qo‘shimchalariga 
ega: -nchi, -ala, -ta, -tacha, -tadan kabi. 
Son so‘zlar metr, tonna, kilo, bosh kabi numerativ so‘zlar bilan birikib keladi. 


Boshqa turkumlardan son so‘zi yasalmaydi. 
Son gapda asosan aniqlovchi bo‘lib keladi. 
Son otlashadi va ot kabi sintaktik vazifani bajaradi. 

Download 56.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling