Boshlang‘ich ta’limda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik modullarini o‘qitish zaruriyati baydjanov Bekzod Xaitboyevich


Download 63.32 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi63.32 Kb.
#1590248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang\'ich ta\'limda axborot xavfsizligi (2)


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyasining 15-bobi “Ommaviy axborot vositalari” deb nomlanib, mazkur bobda quyidagilar bayon etilgan:
“Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir”.
Shuningdek, “Syenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi” [1].
Biz tadqiqotimiz davomida axborot erkinligining aynan ta’lim-tarbiya jarayoni uchun foydali hamda zararli jiatlarini tahlil qildik. Tadqiqotchi Schuesster so‘zi bilan aytganda, – “Bir tomondan olib qaraganda, axborot texnologiyalari o‘quvchi va o‘qituvchilarning ish va o ‘quv faoliyatini yanada tez, samarador va mahsuldor bo ‘lishiga xizmat qiladi. Boshqa tomondan , axborot tahdidlari maktab va uning sha’niga zarar yetkazishi hamda turli yuridik javobgarliklar va moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘layotgani sir emas” [12]. Tadqiqotchilar Whitman va Mattfordlar o‘zlarining “Axborot xavfsizligining tamoyillari” kitobida, – “Agar biz yashirin kiber-tahdidlardan xabardor bo‘lmasak barcha insonlar, mahsulot, faoliyatlar xavf ostida qolishi mumkin” – deb aytadilar [14]. Katzan esa 2016-yil Axborot xavfsizligi ilmiy tadqiqot jurnalida “Kiberxavfsizlikdagi zamonaviy masalalar” mavzusidagi maqolasida maktabning kiber-hujumlar nishoniga aylanib boryotganini ta’kidlagan.Bunga sabab sifatida esa, jaxonda ko‘plab maktablarda eng ko ‘p yoyilgan axborot tahdidlariga qarshi tura oladigan mustahkam axborot xavfsizligi infratuzilmasining yetishmasligida deb hisoblaydi[ 7 ].
Jaxonning ko ‘plab mamlakatlarida maktablarga kiber-hujumlar uchrab turibdi. Chet el tadqiqotchilarining ko‘pi maktab axborot bazalarida saqlanuvchi quyidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishlari mumkin degan fikrdalar:

  • o‘quvchilarning va o‘qituvchilarning shaxsiy telefon raqamlari;

  • maktab ishchi hodimlarining kredit kartalari;

  • tibbiy ma’lumotlar;

  • o‘quvchilar, ota-onalari va o‘qituvchi-hodimlarning ismlari, yashash mazillari;

  • ularning elektron pochtalari;

  • ularning erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi hujjatlar;

  • imtixonlar javoblari va natijalari;

  • maktab to‘garaklariga qatnashish vaqti va to‘garaklar o‘tkaziladigan joylar;

  • maktab hujjatlarining barchasi va boshqalar [9].

Maktablarning eng dolzarb muammolaridan biri bu - kiberxavfsizlik hisoblanib, bunga sabab yildan yilga insonlarning internet hamda axborot texnologiyalariga bog‘lanib borayotgan hisoblanadi. Aynan maktablar va ularda ta’lim olayotganlar, ish faoliyatini yurgizayotganlarga kiber-o‘g‘rilik, kiber-jinoyatchilik, va buzg‘inchiliklar tahdid solmoqda. Jinoyatchilar maktab bu - ko‘plab imkoniyatlarni ochib beruvchi yo‘l deb hisoblashmoqda: axborot bazalaridagi insonlarning ma’lumotlariga kiber-hujumlar uyushtirib, ularning telefon raqamlariga lotoreyalarda g‘olib bo‘lganliklari to‘g‘risida, kreditsiz uy-joy, mashina olishlari to‘g‘risida, biror bir imkoniyati cheklangan yoki yordamga muhtoj insonlarga moliyaviy jihatdan yordam so‘rab maktab ma’muriyati tomonidan yolg‘on xabarlar yuborishmoqda va bu orqali mo‘may daromad olishmoqda. Quyida esa maktabda sodir etilishi mumkin bo‘lgan kiber-jinoyatchilik holatlarining turlari keltirilgan:

  • ma’lumotlarning buzilishi(shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy buzilishi);

  • fishing/skimming holatlari(invididual moliyaviy jinoyatlar);

  • texnologik tahdidlar(kompyuter qurilmalarini ishdan chiqarishga qaratilgan);

  • keraksiz xabarlar tarqatilish holatlari(bolalar ongini buzuvchi turli behayolik, zo ‘ravonlik, irqchilik, va turli insonlarni kamsituvchi mazmundagi ma’lumotlarni tarqalishi);

  • insonlar tinchligining buzilishi(kiber-zo ‘ravonlik, kiber-taqib. bunda insonlarni maxfiy hisoblangan shaxsiy ma’lumotlarini qo ‘lga kiritib, uni oshkor etmaslik uchun ularning o ‘zlaridan pul talab etilishi holatlari misol bo ‘ladi)[ 11,26 ].

Bundan tashqari, media sohasidagi eng nufuzli tadqiqotchilarning tadqiqot natijalariga asoslanib shuni ta’kidlash mumkinki, ommaviy axborot vositalari tomonidan manipulyatsiya ob’ekti bo‘lib ko‘proq kichik yoshdagilar tanlanadi, chunki:

  • ular axborotning muhim qismini, to ‘liq idrok etmaydilar, chunki ular xali uni idrok etishga tayyor emaslar;

  • ular xabarlarning ma’nosini yoki bir nechta ma’noga ega bo‘lishi mumkinligini qisman tushunadilar;

  • ular ommaviy axborot vositalariga nisbatan passiv pozitsiyani egallaydilar, o‘zlarini ularning ta’siridan qanday himoya qilishni bilmaydilar va ko‘pincha bunday himoya zarurligini tushunmaydilar[6, 341].

O ‘quvchilar bilan olib borilgan tajribadan kelib chiqib yuqoridagi fikrlarning asosli ekanligiga guvoh bo ‘ldim. Mavzu borasida izlanish olib borish uchun esa Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 4-“A” sinf o‘quvchlarining 27 nafarini tanlab oldim. Suhbat metodi orqali ularning axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi tushunchalarini bilib oldim. Anketa so‘rovnomalar orqali esa ular bo‘sh vaqtlarida qanday faoliyat bilan mashg‘ul bo ‘lishlari, qaysi texnologik qurilmalardan kun davomida foydalanishlari mumkinligi, qurilmalardan asosan nima maqsadda foydalanishlari, qanday ma’lumot zararli qaysilari esa foydali bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida izlanishlar olib bordim.
Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o ‘quvchilariga axborot xavfsizligini bilish zarur hisoblansada, bu ularga alohida fan sifatida o‘qitilmaydi. Shu sababdan buni boshlang’ich sinf o‘quvchilari sinf soatlarida o‘qitilishi zarur deb hisoblayman. Ular uchun bu qiyin, tushunarsiz va zerikarli tuyulishi mumkin, shuning uchun men o‘yin metodini tanladim. Bundan avval, o‘quvchilar bilan zararli axborot, axborot xavfsizligi va texnoetika to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boriladi, shundan so‘ngina quyidagi o‘yinlarni qo ‘llash mumkin:

  • “Ha, yo‘q” o‘yini – ushbu o‘yinda o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar va guruh sardorlari doskaga taklif qilinib tezkor savollar beriladi.

Masalan:



Ehtimoliy savollar

Ehtimoliy javoblar

Kompyuter viruslari insonga yuqadimi?

Yo’q

Antivirus kompyuterni himoyalaydimi?

Ha

Internet bu global tarmoqmi?

Ha

Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash zarurmi?

Ha

Virus kopyuter dasturini tezlashtiradimi?

Yo’q

Bu o’yinning o’tkazilishidan maqsad - o ‘quvchilarda mavzuga oid bilimlarni yanada mustahkamlash va ularda tezkorlik, hozirjavoblik sifatlarini shakllantirish.





  • “Klaster” metodi – bu metoddan ham bilimlarni mustahkamlashda samarali qo ‘llash mumkin. Bunda o‘qituvchi doskaga ikkita doira shaklini chizadi: biriga “ Shaxsiy ma’lumot”, ikkinchisiga “Oddiy ma’lumot” deb yozadi.. O‘quvchilar esa olgan bilimlaridan kelib chiqqan holda uni to ‘ldiradilar. Ushbu metodni qo‘llashda guruhni teng ikkiga bo‘lish tavsiya etiladi.

Ushbu metod orqali o ‘quvchilar qanday ma’lumot himoya qilinishi zarur bo’lgan shaxsiy, qaysinisi esa boshqa odamlarga oshkor qilinishi mumkin bo ‘lgan oddiy ma’lumot ekanligini yanada to‘laroq bilib oladilar. Natijada, ularda turli axborotlarga nisbatan tanqidiy fikrlash va immuniteti shakllanib boradi.



  • “Ikki qismli kundalik” metodi – bu yozma shaklda amalga oshiriladi va axborot xavfsizligiga oid bo ‘lgan tushunchalar va terminlarni mustahkamlashga yordam beradi. Bunda daftar beti ikki qismga vertikal qilib bo‘linadi. Bir qismiga tushunchalar, keyigi qismiga uni izohlovchi ma’lumotlar beriladi. O‘quvchilar esa bo‘sh ustunlarni to ‘ldirishi zarur bo‘ladi. Quyida mavzu yuzasidan berilishi mumkin bo’lgan savollar berilgan:





Download 63.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling