Boshlang‘ich ta’limda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik modullarini o‘qitish zaruriyati baydjanov Bekzod Xaitboyevich


Download 63.32 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi63.32 Kb.
#1590248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang\'ich ta\'limda axborot xavfsizligi (2)

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko ‘rsatmoqdaki, axborotlar asrida yosh avlodlarning ongiga ulkan ma’lumotlar oqimi ta’sir ko ‘rsatmoqda. Majoziy olib qaraydigan bo ‘lsak, bu huddi “axborotlar yomg‘iri” yoki “axborotlar seli” ostida yashashga o ‘xshaydi.

Olingan izlanishlar natijalariga qaraydigan bo‘lsak o‘quvchilarning faqatgina 20 foizi bo‘sh vaqtlarida turli to‘garak mahg‘ulotlari bilan band. Ularning atigi 15 foizi axborot oqimidan keluvchi xabarlarga tanqidiy fikr bildira oladi. 50 foizdan ziyodi esa o‘zining shaxsiy smartfonlari orqali, qolganlari ota- onasining telefonlari yordamida o ‘yinlar, ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar, multfilmlar, kinolar ko‘rishni afzal bilishadi. Tadqiqotchi Rahman ommaviy axborot vositalari hali ongi yetarlicha rivojlanmagan bolalarni ko‘proq o‘ziga jalb qilib, muntazam axborot qurilmalaridan ajralmay, ularga qaram bo ‘lib, addiksiya holatlariga ham olib kelishi to’g’riidagi fikrni ilgari suradi [10]. Natijada, bolalar xarakterida qo‘pollik, jazavaga tushish, yaqinlariga bo‘lgan mehrning yo‘qolishi, jismonan olib qaraydigan bo‘lsak texnologik qurilma nurlari ko‘z nuriga va butun tanasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib jiddiy kasalliklarga olib kelish holatlari ham kuzatilmoqda, bularning bari endi rivojlanayotgan bolalar olamiga “ko’rinmas” tahdid bo‘lsa , texnologiyalardagi kiber-zo‘ravonliklar, maktab axborot tizimlariga bo‘layotgan hujumlar, kiber-jinoyatlar boshqa bir tahdiddir[ 13].


O ‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to ‘g ‘risidagi” qonuni hukumatimiz yosh avlotni axborot tahdidlaridan himoya qilayotganini ko ‘rsatadi. Uning 5-moddasida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlar keltirilgan:
Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va texnikaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;

  • bolalar ongiga g ‘ayriqonuniy axborot-ruhiy ta’sir ko ‘rsatilishining, ularga hiyla ishlatilishining, bolalarni g ‘ayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti tarqatilishining oldini olish, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish;

  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, jismoniy va yuridik shaxslarning bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

  • bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni tasniflash mezonlari, mexanizmlari va uslublarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-apparat va texnika vositalarini joriy etish[2].

Download 63.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling