Boshlang‘ich ta’limda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik modullarini o‘qitish zaruriyati baydjanov Bekzod Xaitboyevich


НЕОБХОДИМОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ И КИБЕРБЕЗОПАСНОСТИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ


Download 63.32 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi63.32 Kb.
#1590248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang\'ich ta\'limda axborot xavfsizligi (2)


НЕОБХОДИМОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ И КИБЕРБЕЗОПАСНОСТИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ




Аннотация. В этой статье подчеркивается необходимость информационной безопасности и ее влияние на учащихся начальных классов, а также проблемы, возникающие из-за кибер-свободы, киберпреступности, их цели, виды, которые могут представлять опасность для детей, меры, которые были реализованы для преодоления этой проблемы в нашей стране и за рубежом, предлагается несколько развивающих игр и методов, чтобы защитить учеников от вредной информации, которую следует применять на практике, даются предложения и рекомендации для родителей и педагогов.
Ключевые слова: техноэтика, информационная безопасность, кибер-преступление, кибер-безопаность, кибер-угроза.


KIRISH


Ta’lim tarbiya jarayoni hozirgi zamonaviy texnologiyalar ta’sirida yanada boyidi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda ta’lim jarayonini qiziqarli hamda samarali o ‘tishini ta’minlashga xizmat qiluvchi o ‘yinli texnologiyalarning ta’limda integrallashuvi holatlari, ta’limiy o ‘yinlar, didaktik o ‘yinlar orqali bilim olish tushunchalari paydo bo‘la boshladi. Bunday o‘yinlar bevosita internet, mobil aloqa vositalari, shaxsiy kompyuterlar ko‘magida amalga oshiriladi. Ushbu tadbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar o ‘quvchilarning bir necha axborot tarmoqlaridan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bu esa yosh avlodga turli axborot hurujlaridan, kiber-tahdidlardan himoyalanishlari uchun zarur bo ‘lgan bilim , ko ‘nikmalarni egallashlari, zararli axborotlarning salbiy oqibatlariga qarshi imunitet hamda tanqidiy fikrlashni, texnoetikani va kiber-xavfsizlikni shakllantirilishini taqozo etadi.
Kiber-xavfsizlik biz uchun hamda keyingi yosh avlod uchun muhim masala. Jinoyat quroli bu internet va eng so‘ngi raqamli texnologiyalar bo‘lsa, nishondagilar istalgan inson, firma yoki korxona va hattoki davlat bo ‘lishi mumkin. Aksuski, biz buni to ‘laligicha anglab yetishga ulgurganimizcha yo ‘q! “Google qidiruv tizimiga bo ‘lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy komaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko ‘p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa imkoniyatlarni “, - deydi Amerika Qo ‘shma Shtatlari Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller [8]. Demak, bu hozirgi zamonamizning global muammolaridan biri. Fikrimning yana bir dalili sifatida Amerikaning sobiq prezidenti Barak Obamaning so ‘zlagan nutqidan bir parchani keltirib o ‘tishni joiz deb bildim. Uning fikricha kiberxavfsizlik XXI asrrning eng dolzarb muammolaridan biri. Yadro va ommaviy qirg ‘in qurollaridan hech qolishmaydi.
AQSHda kompyuter jinoyatchiligiga qarshi kurashish maqsadida 1996-yil “Kompyuterlarni qo‘llash orqali firibgarlik va suistemol qilishlar to‘g‘risida” gi federal qonun qabul qilingan va ushbu turdagi jinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha Federal Tekshiruv Byurosi (FTB) tashkil etilgan. Shu yillardan buyon ushbu davlat mamlakat xavfsizligiga yangi tahdidning va axborot qurolining kuchini anglab yetib, zaruriy choralarni amalga oshirib kelmoqda[ 8 ].
Yurtimizda esa axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning asosiy manbayi bu O ‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi hisoblanib bu borada ko ‘plab tadqiqotchilar ish olib bormoqdalar. Lekin, bolalar ongini zamon va texnologiyalar bilan hamo-hang tarzda shiddat bilan o ‘sib borayotganini, natijada turli xil axborot hurujlari, ularning ma’nan va jismonan rivojlanishiga salbiy ta’sir etayotganini hisobga olgan holda yosh avlodga texnoetikani , ular kichik maktab yoshidaligidayoq shakllantirish chora tadbirlarini qo‘llash zarur deb hisobladim va bu borada izlanishlar olib bordim.

Download 63.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling