Boshlangʻich ta’limda ekskursiya darslarini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari abrorxonova Kamolaxon Abrorxonovna


Download 104.5 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1636781
  1   2   3
Bog'liq
2 Abrorxonova K.A., Xudoyberdiyeva S.Q.


BOSHLANGʻICH TA’LIMDA EKSKURSIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Abrorxonova Kamolaxon Abrorxonovna - Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD)
Xudoyberdiyeva Sayyora Qilich qizi - Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi, Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent shahri

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda, bizning vatanimizda ham qator oʻzgarishlar boʻlmoqda. Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari ekskursiya turizmiga katta eʼtibor bermoqdalar.


Bu borada bizning yurtimizda ham turli xil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlar doirasida Prezidentimiz raisligida "Turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish" boʻyicha o'tkazilgan videoselektor yigʻilishini alohida ta'kidlash lozim. Bu yig'ilishda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻplab yangi dasturlar ishlab chiqish toʻgʻrisida qaror va topshiriqlar berildi.
Shu sababdan bugungi kunda mamlakatimizda ekskursiya turizmi salmogʻi ancha rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekskursiya turizmini ta’lim muassasalarida ham tashkil etish boʻyicha koʻplab yangi dasturlar ishlab chiqilgan. Ekskursiya darslari bu taʼlimning ajralmas qismi boʻlib, uning yordamida oʻquvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik hamda jamoatchilik ruhida tarbiyalash ko'zda tutilgan.
Ekskursiya oʻzi nima? U haqida qaysi olimlar oʻz fikrlarini izohlab oʻtishganligini avvalo bilib olishimiz kerak.
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ekskursiya soʻziga quydagicha taʼrif berilgan:
"Ekskursiya" – lotincha so’zdan olingan bo’lib, “excursion” – “biror joyga safar, sayohat qilish” degan maʼnoni anglatadi.
Ekskursiyalar turli xil boʻladi, ya'ni ekskursiyaning maqsadi hamda ob'ektiga qarab tasniflanadi.
Ekskursiya tushunchasiga eng birinchi boʻlib ta'rifni V.Dal (1882) ishlab chiqqan bo'lib, u quyidagicha izoh bergan:
"Ekskursiya - bu sayr - tomosha, biror manzilni izlash, oʻsimliklar yigʻishdir" - deb bayon qilingan.
Demak, “Excursio” - “sayr etish” degan ma’noni anglatadi. Ochiq tabiatga, issiqxonalarga, chorvachilik fermer xo’jaliklariga, jamoaviy ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda reja asosida sinflarda ekskursiya darslari olib boriladi.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ekskursiya ta’lim-tarbiyaning bir shakli bo‘lib, o‘quvchilar olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llaydilar.
Rus olimi M.Ansiterov (1923) ekskursiya haqida quyidagi taʼrifni bergan:
"Ekskursiya - bu sayr boʻlib, aniq maʼlumotlar asosidagi mavzu yuzasidan tashkil etiladigan jarayondir. Ekskursiya darslarini tashkil qilish bu mavzuning qanaqa ekanligiga bogʻliq.
O‘quv-mavzuiy ekskursiyalar o’quvchilarning insonparvarlik, vatanparvarlik, tolerantlik xususiyatlarini shaklllantirish, bilimini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunda oʻquvchilar koʻplab yangi bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar. Shu sababdan ekskursiyalar taʼlimning ajralmas qismi sifatida namoyon boʻladi.
O‘quv-mavzuiy ekskursiyalarga tayyorgarlik quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- tashkiliy masalalar:
- o'qituvchining o'zini ekskursiya ob'ekti bilan tanishtirish, ta'rifi muhim tafsilotlar ekskursiyalar;
- ekskursiya davomida mutaxassis gid bilan vazifalarni taqsimlash;
- yigitlar bilan suhbat uchun to'g'ri odamlarni tayyorlash;
- zarur hujjatlarni rasmiylashtirish (maktab direktorining buyrug'i, ishtirokchilar ro'yxati, tibbiy ruxsatnomani ro'yxatdan o'tkazish, ota-onalarning ruxsati (ishonchnomasi).
Oʻrganilayotgan mavzuning mazmuniga bogʻliq boʻlgan barcha narsa, hodisa hamda voqealarni hamma vaqt ham sinfxonalardagi dars vaqtida oʻtishning imkoni boʻlavermaydi. Ana shunday zarurat sababli, mavzuning mazmuniga qarab ekskursiya darslari tashkil qilinadi.
Boshlangʻich ta’lim darslarida ekskursiyalarni tashkil qilishda oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi kerak. Avvalo, dars jadvali asosida ekskursiyalar tashkil qilinadi. Dars mavzusiga qarab ekskursiya darslari tashkil qilinadi.
Sayr qilish va ekskursiyalar oʻquvchilarini haddan tashqari charchatib qoʻymasligi va boriladigan joyning uzoqligi I-II sinf oʻquvchilari uchun borish kelish 2-3 kilometrdan, III-IV sinf oʻquvchilari uchun 3-4 kilometrdan oshmasligi kerak. Sayr ekskursiyalarini tashkil etishda yuqoridagi talablarga rioya qilish zarur.
Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar oxirgi yillar ekskursiyalar bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishini ishonchli tarzda koʻrsatib beradi. Maktab oʻquvchilarini atrof-muhit bilan tanishtirish - bu oʻz ona yurtini, ona tabiatini bilish, Vatanga muhabbatni tarbiyalashdagi birinchi qadamlardir.
Koʻp qirrali tabiat dunyosi maktab oʻquvchilarida qiziqish va hayratni uygʻotadi. "Tabiatning ochilgan siri bilan samimiy hayratlanish, - deb ta'kidlaydi B.A.Suxomlinskiy, - fikrlarning tez oqishiga kuchli turtki". Bolaning izlanuvchanligi, qiziquvchanligi kognitiv masalalarda namoyon boʻladi, bu unga atrofdagi dunyoni boshqarishga, mavjud aloqalar va bogʻliqliklarni topishga yordam beradi.
Shu bilan birga, ular bolalarni ob'ektlar, tabiat hodisalari, ularning xususiyatlari, fazilatlarini toʻgʻri nomlashga oʻrgatadi, oʻz fikrlari va taassurotlarini ifoda etish qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada bolaning nutqi mazmunli va izchil boʻlib boyib boradi. Shuningdek, bolalar kuzatganlarini tasvirlashni, mulohaza yuritishni oʻrganadilar. Ekskursiyalar avval qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bogʻlanadi: ekskursiyada koʻrilgan obyektlar kurs davomida ko'p marta yodga olinadi, toʻplangan narsalar esa namoyish qilinadi. Ekskursiya oʻquv-tarbiya ishlarining juda murakkab va qiyin shakli hamda bilimlarni bayon qilishning xilma-xil metodlarini nazarda tutuvchi eng samarali oʻqitish shakllaridan biridir. Ekskursiyaning kalendar ish rejasi oʻquv yilining boshida bir yil uchun chorakla bo'yicha mahalliy sharoit hisobga olingan holda tuziladi. Har bir ekskursiya puxta tayyorgarlikni talab qiladi va odatda quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
- ekskursiyalarning kalendar rejasini tuzish;
- aniq oʻquv-tarbiya vazifalarini belgilash;
-ob'ekt tanlash va u bilan taxminiy tanishish;
-kengaytirilgan ish rejasini tuzish;
- ekskursovodni yoki korxona xodimlarini oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkazishga tayyorlash, ularni ekskursiyaning maqsad-vazifalari bilan tanishtirish;
- oʻquvchilarni oldindan tayyorlash (ekskursiyaning umumiy vazifalarini qoʻyish, topshiriq va vazifalarni taqsimlash, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtirish, anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlash);
-kuzatish imkoniyatlarini hisobga olib, eng maqsadga muvofiq yoʻnalish tanlash;
-ekskursiya oʻtkazish uchun yordamchilarni tayyorlash.
Ekskursiya jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilaming bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi, bunda ogʻzaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), koʻrgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (oʻquvchilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish) metodlardan foydalanadi.
Ekskursiya jarayonida oʻquvchilar faqat kuzatibgina qolmasdan, balki oʻrganilayotgan ob'ekt toʻgʻrisida yangi ma'lumotlar olishlari va ulardan amalda foydalana bilishlari kerak. Olgan bilimlarning natijalarini oʻquvchilar soʻzlab bera olishlari lozim.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ekskursiya darslari oʻquvchilarni fikrlashini oshirib, dunyoqarashni kengaytiradi va ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuygʻularini rivojlantiradi. Ekskursiya darslarini tashkil etishda boshlangʻich ta’lim oʻqituvchisi har tamonlama puhta tayyorgarlik koʻrishi kerak. Mavzuni yaxshi koʻrib chiqishi, ekskursiya ob'ekti bilan yaxshi tanishib chiqishi zarur. Oʻquvchilarning fiziologik tayyorgarligini ham bilishi zarur.



Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling