Boshlang'ich ta’limda matematika va ona tilidan sinfdan tashqari ishlar


Download 92 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi92 Kb.
#1202739
Bog'liq
iqtidorli o\'quvchilr bn ishlash mustaqil ish


Boshlang'ich ta’limda matematika va ona tilidan sinfdan tashqari ishlar” fanidan



MUSTAQIL ISH

MAVZU:
Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash

BAJARDI:
_______________________________
Reja:


  1. Ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

  2. Sinfdan tashqari ishlarda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash

3.Iqtidorli o’quvchilar bilan o'tkaziladigan mashgulotlar namunasi

Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish , Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz Rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda. Yurtimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo‘nalishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada umumiy o‘rta ta’lim mazmunini zamon talablari asosida qayta takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar asosida qayta ko‘rib chiqishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yosh avlod ongiga jahon ilmu fani va madaniyati rivojiga benazir hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va ijodini, shuningdek, yurtimizda bunyod etilgan moddiy merosni asrab-avaylash mas’uliyatini singdirish, ularni munosib vorislar etib tarbiyalash bugungi kunda maktab ta’limining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Umumiy ўрта ta`lim maktabining eng muhim maqsadi: O`quvchilarga ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanadigan bilimlar berishdir. O`quvchi vaqt o`tishi bilan maktabda olgan bilimlarining bir qismini unutadi. Lekin ular izsiz yo`qolmaydi. Olingan bilimlar, garchi o`quvchilar unutganda ham, aqliy kamolotda ma`lum darajada iz qoldiradi. Ko`pincha bolalar o`zlarining amaliy faoliyatlariga bog`lanmagan maktab materialini eslaridan chiqaradilar. Ba`zan o`rganish jarayonida mashq va mustaqil ishlar kam bajarilishi sababli, materiallar xotirada mustahkam saqlanmaydi. Bulardan tashqari, oldingi mashg`ulotlarda o`zlashtirilgan bilim,
1 O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Farmoni 8.10.2019 y.
2 «Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi» 31.01.2022 y
ko`nikma va malakalar yanada murakkabroq materialni o`rganish uchun bir pog`ona, tayanch bo`ladi. Ilmiy bilimlarni egallash o`quvchilarning xotirasini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy faolligi va turli ishlarni bajarishdagi mustaqilligini rivojlantiradi Har bir o’quvchining ta’lim - tarbiya jarayonidagi faoliyati o’ziga xos bo’lib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda ko’rish albatta noo’rin. O’quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. O’quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o’qituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo’llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o’rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim. Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi. O`quvchilarning topshiriqlarni tez, to`g`ri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doimiy yetakchi savollar berib tayanch so`zlar tavsiya etish foydalidir. O`quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli qilib bajarishda qiyinchiliklar paydo bo`lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvurlari yorqin, so`z boyligi yetarli emas. Ma`lumki bola ilk bor tarbiyani oiladan oladi. Oiladagi ijtimoiy muhit uning ichki tartib intizomi ongli ravishda bola tarbiyasigatasir ko’rsatadi. Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir, shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi. Alisher Navoiy o‘zining “Olim bo’lish oson, Odam bo’lish qiyin”, degan hikmatida ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yaxshi xotin, deydi Navoiy - oilaning davlati va baxti. Uning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. G’husnli bo’lsa - ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib intizom bo’ladi ... U beandisha, shallaqi bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi” Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi. Alisher Navoiy ta’kidlashicha, ota-onani hurmat qilish farzandlar “... uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmaing qancha ortiq bo’lsa ham, kam deb bil.”Otang oldida boshingni fido qilib, uning boshi uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi” degan gaplarni ham aytib o’tganlar. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o`qituvchi- pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi, o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida belgilanishicha - “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetkunlaricha boqish va tarbiyalashga majburdirlar”. Ushbu qoidaga muvofiq ota-onalarning o’z farzandlari oldidagi majburiyatlari huquqiy kafolatlangan va farzandini voyaga yetkazish, tarbiyalash otaonaning burchi ekanligi uqtirilgan. Farzand dunyoga kelganidan so’ng, uni voyaga yetkazish, moddiy taminlash, o’qitish tarbiya berish ota-ona zimmasidagi yuksak masulyatdir. Ana shunday masulyatli ishlarga befarqlik, bepisandlik bilan munosabatda bo’lish kechirib bo’lmaydigan hollarga olib kelishi hammaga ayon. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilikhamkorligi xozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir . Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bolalar o`qituvchi rahbarligida ishlaganda tez mushohada qiladilar. Bu holga o`rganib qolmasliklari uchun ko`proq ularning o`zlarini mustaqil fikrlashga da`vat etish lozim. O`quvchilar e`tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega? Nega shunday bo`ldi? Seningcha qanday bo`lishi kerak edi? Kabi savollar berib, uning fikrini ma`qullab, yana o`ylasang topasan, juda yaxshi, juda soz! kabi rag`batlantiruvchi so`zlarni ishlatish foydalidir. O`quvchilarni mustaqil faoliyatga o`rgatishda quyidagilarga amal qilishi lozim: - beriladigan har bir topshiriq o`quvchilarning imkoniyatlariga mos bo`lsin va qiziqish uyg`ota olsin; - ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo`naltirilsin, o`quvchiga tushunarli bo`lsin; - ishni bajarishda bolalarda o`ziga ishonch hissi uyg`onsin, ishga kirishishda ular o`zlarida dadillik sezsin; - mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin (hamma o`quvchi uchun bir xil topshiriq berish bu mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga e‘tibor berish kerak. - topshiriqlarni doimo navbatlashtirib, turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak; - topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma`lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko`niktirish lozim; - ish joyi hamisha qulay, saramjon-sarishta bo`lishi (parta ustida ortiqcha narsalar bo`lmasligi) kerak; - topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin; - darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishni me`yorlash kerak. Bolalar darsdan keyin (og`ir, mashaqqatli mehnatdan keyin) tiniqib dam olsalar, ko`proq ochiq havoda bo`lib, harakatli o`yinlar, sayr, kuzatishlar bilan vaqtlarini o`tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo`lishi, asosan, bolalarni kuzatishlarga undashi lozim.
- Darslarda yangi pedagogik, zamonaviy texnalogiyalar, noan`anaviy usullardan keng qo`llash;
- Ko`rgazmali, didaktik, test, tarqatma materiallaridan keng foydalanish;
- O`quvchilarga do`stona munosabatda bo`lish;
- O`qish sifati va samaradorligiga e`tibor berish;
- O`quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga orgatishda turli mashqlardan foydalanish; - Nutq o`stirishga alohida e`tibor qaratish;
- Yanga axborot texnalogiyalardan foydalanish;
-Lug`at ustuda ishlashga o`rgatish;
- Xalq og`zaki ijodidan foydalanish;
- “She`riyat gulshani”, “Ifodali o`qish” kabi to`garaklar tashkil etish;
- Bo`sh vaqtlarda ulgurmovchi o`quvchilar bilan alohida, yakka tartibda ish olib borish;
- Fanlar a`robogjiqlikka ahamiyat berish. O`quvchilar bilishini nazorat qilib borishda albatta past o`zlashtirgan o`quvchiga alohida e`tibor qaratish lozim. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari yani, ongli, tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi. Har bir o’quvchining ta’lim - tarbiya jarayonidagi faoliyati o’ziga xos bo’lib biri - birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda ko’rish albatta noo’rin. O’quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. O’quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o’qituvchi tomonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo’llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o’rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida uyg`un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun avvalo, o`quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim. Mustaqil ish turlarini qanday turlari bo`lishi kerak? Avvalo, ish turlari o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, ta`lim maqsadiga asoslangan va surunkali bo`lishi kerak. Bunda har bir o`quvchining imkoniyati hisobga olinishi, ularning yosh xususiyati, nimalarga qiziqishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. O`quvchilarni aqliy rivojlantirishning sifatlaridan biri topshiriqlarni to`la eslab qolib bajarishlaridir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan (tasavvur qilgan) holda, uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo`l qo`yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e`tibor beriladi. Xulosa qilib aytganda darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchilar mustaqil ishlash jarayonida o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Shu tariqa o’zlashtirish natijalari ortib boradi, olingan bilimlar mustahkamlanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Ulug‘ donishmandlardan biri «...kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shuni takidlab o’tganlarki “Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.” Shunday ekan biz pedagoglar qo’limizdan kelguncha o’quvchilarni bilim darajalarini oshirish va rivojlantirishimiz lozimdirMatematikadan sinfdan tashkari mashg‘ulotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda
yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilarda fanga qiziqishi,
dunѐqarashi, zehni namoѐn bo‘ladi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga to‘la-to‘kis bilim berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda
o‘quvchining qobiliyati namoѐn bo‘ladi. SHu o‘rinda o‘qituvchi birinchi bosqichda
o‘quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib,
ular bilan til topa oladi.
Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlar didaktik o‘yinlar, olimpiadalar,
kechalar, viktorinalar o‘tkazishga ѐrdam beradi. Ilmiy texnik taraqqiѐt
matematikaga bog‘langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar
echimini o‘rganishga imkoniyat beradi.
Boshlang‘ich sinflarda bunday mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning matematik
tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika darsini
o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan
holda olib borish lozim.
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg‘ulotlar haftasiga 5+2
bo‘lib,dastur mazmuniga 2 soat qo‘shimcha o‘tiladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni
qiziqishi va o‘zlashtirishiga qarab fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan
holda olib boradi.
III — IV sinflarda ko‘pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun
ko‘proq vaqt ajratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan mashg‘ulotlar taxminiy
rejasini keltiramiz.
Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta
ahamiyat kasb etadi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda
o‘qitish- darslik materiallarini takrorlamaydigan lekin uni mustahkamlashga
xizmat qiladigan (murakkab) o‘quv materiallar o‘rganilib, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga
qaratilishi lozim.
Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish, matematika darslari
samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir
mashg‘ulotlarda tavsiya etiladi. Masalan,
1-mashg‘ulotda Abu Rayhon Beruniy;
2-mashg‘ulotda Ibn Sino, keyingisida Al-Xorazmiy, Ulug‘bek kabi
mutafakkirlar merosidan boshlang‘ich sinfga xos tomonlari o‘rganiladi.
IV sinf matematika mashg‘ulotlarida o‘rganish mumkin bo‘lgan taxminiy
reja — Abu Ali ibn Sinoga bag‘ishlangan mashg‘ulot namunasini sizlarga
havola etamiz.
1- mashg‘ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma’lumot.
2- mashg‘ulot. Abu Ali ibn Sinoning „Al-hisob― nomli asari. Ibn
Sinoning „Ash-shifo― nomli asari bo‘limlaridan biri riѐziѐt, hisob
(arifmetika), handasa (geometriya) va aljabr (algebra) faniga bag‘ishlangan.
Ibn Sino arifmetikasi arab tilida ѐzilgan bo‘lib, to‘rt bo‘limdan iborat.
Birinchi bo‘limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari baѐn etilgan.
Ikkinchi bo‘limda sonlar tengligini tengsizligi bilan solishtirish
amallari ko‘rsatiladi.
Uchinchi bo‘limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ayrimlari
bilan bog‘lanish ifodalanadi.
To‘rtinchi bo‘limda arifmetik va geometrik ko‘rsatmali vositalar
aniqlanadi.
Mashg‘ulotlarda quyidagi xossalardan foydalanish mumkin.
Sonlarning xossalari
Ibn Sino aytishicha sonlarning tabiiy qatori shunday berilgan:
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, ...
Bunday qatordagi har bir sonning boshqalariga turlicha bog‘lanishlari
xossalari olim tomonidan ko‘rsatib beriladi.
Har bir son ѐnidagi kichigi bilan kattasi yig‘indisining yarmiga teng
hamda o‘zidan shunday teng uzoqlikdagi sonlar yig‘indisining yarmiga teng.
Masalan, 5 ni tanlasak, ѐnidagi kichigi 4, kattasi 6. Ko‘ramizki, 5=(4+6):2,
bu 5 dan 3 va 7, 2 va 8 dan teng uzoqlikda, shuning uchun 5=(3+7):2 va 5=(2+8):2.
2. Har bir son o‘z-o‘ziga ko‘paytmasining 2 martasiga 2 qo‘shilgani bilan
ikki ѐndagi qo‘shni sonning o‘z-o‘ziga ko‘paytmasi yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Berilgan son 6 bo‘lsin, ѐnidagi sonlar 5 va 7.
6 · 6 · 2 + 2 = 74, 5 · 5 + 7 · 7 = 74.
Demak, 6 · 6 · 2 + 2 = 5 · 5+7 · 7.
3. Har qanday sonning o‘z-o‘ziga ko‘paytmasi unga qo‘shni bo‘lgan sonlar
ko‘paytmasiga bir qo‘shilganiga teng:
Masalan, 5 · 5 = 4 · 6+1 ѐki 8 · 8= 7 · 9 + 1.
4. Sonlar sanog‘i toq bo‘lsin: 1+2+3+4+5+6+7 — sanog‘i 7 ta. Buni
7 + 6 + 5 + 4 + 3 + 2 + 1 ko‘rinishda ѐzamiz. Tushunish osonki, 7·(7+1):2=28.
5. Sonlar sanog‘i juft bo‘lsin: 1+2+3+4, sanog‘i 4 ta. 4+3+2+1 ko‘rinishda
ѐzamiz, bundan 4·(4+1):2=10.
Qo‘shishga tegishli xossalar
1. Sonlar ketma-ket ortib boruvchi bo‘libgina qolmay, 2 tadan, 3 tadan, 4
tadan... ortib boruvchi bo‘lsin.
Birov aytsaki, qatordagi sonlarning birinchisi 4, ikkinchisi 7, uchinchisi
10, ya’ni keyingi har biri oldingisidan 3 tadan ortiq bo‘lsa, unday qatordagi 7
ta son yig‘indisi qancha desa, shunday 2 ta qator ѐzamiz:
4 + 7 + 10 + 13 + 16 + 19 + 22 = 91
22 + 19 + 16 + 13 + 10 + 7 + 4 = 91.
Natijadan shu narsa ma’lum ki, bitta qator yig‘indisi:
7 · ((4 + 22) : 2) = 7 · 13 = 91.
Demak, qatordagi sonlar yig‘indisi birinchi son bilan oxirgi son
yig‘indisining yarmi bilan, qatordagi sonlar sanog‘i ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Qatordagi sonlar bittadan ortib boruvchi bo‘lsin:
1 + 2 + 3 + 4 + 5. Qatorda 5 ta son bor. Bularning yig‘indisi:
5 · (1 + 5) : 2 = 5 · 3 = 15 ѐki 1 + 2 + 3 + 4 + 5 = 15.
2. Sonlar qatoridagi toq sonlar yig‘indisi sonlar sanog‘ining o‘z-o‘ziga
ko‘paytmasiga teng. Masalan, qatordagi sonlar:
1 +3 + 5 + 7 + 9 bo‘lsin. Sanog‘i 5 ta. Yig‘indisi 5 · 5 = 25 bo‘ladi.
SHuningdek, 1 + 3 = 2·2 = 4; 1 + 3 + 5 = 3 · 3 = 9;
1 +3 + 5 + 7 = 4 · 4 = 16; 1 +3 +5 +7 +...+ 33 + 37 + 39 = = 20 · 20 = 400.
CHunki, bu qatordagi sonlar sanog‘i 20 ta, qonuniyatni chiqarish uchun
1 + 3 + 5 + 7 qatorni 1 + (2 + 1) + + (3 + 2) + (4 + 3) ko‘rinishda ѐki
1 + 2 + 3 + 4 + 1 + 2 + 3, ѐki 1 + 2 + 3 + 4 + 3 + 2 + 1, ѐki
1 + 2 + 3 + 3 + 2 + +1 + 4 ko‘rinishda, ѐki (1 + 3 ) · 3 + 4, ѐki
4 · 3 + 4, ѐki 4· (3 + + 1) = 4 · 4 = 16 ko‘rinishda ѐzamiz.
3. Opa-singil Mohigul va Maqsuda, aka-uka Jasur va Jahongir barcha bir
va ikki xonali sonlarni bo‘linishiga ko‘ra tekshirib chiqishib, quyidagi
xulosaga kelishdi. 2, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15, 19, 21, 23, 25, 27, 29, 31, 33, 35, 37, 39,
41, 43, 45, 47, 49, 51, 61, 67, 71, 73, 79, 83, 89, 97 lar „xudbin― sonlar ekan. YA’ni
ular o‘zlaridan tashqari faqat 1 soniga bo‘linadi, boshqa hech bir songa
bo‘linmaydigan sonlar toifasiga kirar ekan. Buni tekshirib ko‘ring.
4, 9, 25, 49 sonlari esa „Xasis― – atigi birgina bo‘luvchisi bor sonlar
guruhini tashkil etishar ekan.
Ikki va undan ortiq bo‘luvchisi bor sonlar ko‘pchilikni — tekshirilgan
sonlarning uchdan ikki qismini tashkil etisharkan. Ammo, to‘rtta son : 60, 72,
90, 96 larning bag‘rilari juda keng ekan. Negaki, ularning har biri o‘zlari va 1
ni istisno etganda oz emas, ko‘p emas, roppa-rosa o‘ntadan songa bo‘linishar
ekan!!!
60 = 2 · 30, 3 · 20, 4 · 15, 5 · 12, 6 · 10 va h.k.
72 = 2 · 36, 3 · 24, 4 · 18, 6 · 12, 8 · 9 va h.k.
90 = 2 · 45, 3 · 30, 5 · 18, 6 · 15, 9 · 10 va h.k.
96 = 2 · 48, 3 · 32, 4 · 24, 6 · 16, 8 · 12 va h.k.
Foydalanilgan adabiyotlar :

Bikbayeva N. U, Sidelnikova R. I, Adambekova G. A. Boshlang`ich sinflardan matematika o`qitish metodikasi. - T.: “O`qituvchi”, 1996.


Jumayev M. E va boshqalar.Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. - T. “Fan va texnalogiyasi”, 2005.
Jumayev M. E. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2006.
Jumayev M. E Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan labaratoriya mashg`ulotlari. – T.: “Yangi asr avlodi
Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling