Boshlang’ich ta’limning 4-sinf ona tili o’qish savodxonligidan ta’lim standartlari


Download 244.05 Kb.
bet14/22
Sana29.10.2023
Hajmi244.05 Kb.
#1732612
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOSHLANG’ICH TA’LIMNING 4-SINF ONA TILI O’QISH SAVODXONLIGIDAN TA’LIM STANDARTLARI

Husnixat (1 soat)
Nazorat va tahlil (2 soat).
70
XII bo‘lim. KISHILIK OLMOSHLARI
(13 soat, A1+: 6 soat)
101-mavzu. Kishilik olmoshlari (1 soat).
Kishilik olmoshlari haqida ma’lumot: kishilik olmoshlari, ularning uch
Shaxsni ifodalashi; Kishilik olmoshlarining kim?, kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lishi
102-103-mavzular. Kishilik olmoshining Shaxs otlari o‘rnida qo‘llanishi
(2 soat).
Men, sen, biz, siz olmoshlarining 1-, 2-shaxs ko‘plikni ifodalashi, shaxsga
ishora qilishi, lekin ot o‘rnida qo‘llana olmasligi, u, ular olmoshlarining ot o‘rnida
qo‘llanishi
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
Nazorat ishi (1 soat).
104-105-106-mavzular. Kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchalari
bilan qo‘llanishi (3 soat).
Men, sen kishilik olmoshlarining qaratqich va tushum kelishigida
qo‘llanishi, tovush tushishi hodisasining yuz berishi, u olmoshi jo‘nalish, o‘rinpayt,
chiqish kelishiklarida qo‘llanganda tovush orttirilishi hodisasining yuz
berishi.
107-mavzu. Kishilik olmoshining gap bo‘laklari vazifasida kelishi (1
soat).
Kishilik olmoshlarining gapda vazifasi.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
108-mavzu. Kishilik olmoshining gap bo‘laklari vazifasida kelishi (1
soat).
Kishilik olmoshlarining gapda vazifasi.
109-110-mavzular. Olmosh yuzasidan takrorlash (2 soat).
Olmoshlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob,
topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia
ilovalari) matnlarini tinglab tushuna oladi;
o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki
nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan
yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni, turli matn va topshiriqlarni gap ohangiga rioya
qilgan holda to‘liq, to‘g‘ri, ravon va tushunarli qilib o‘qiy oladi;
71
ot va otning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini biladi, ot
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib so‘zlar tuza oladi va ushbu so‘zlar yordamida
mazmunli gap (matn) lar yarata oladi, sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi
vazifasini, ma’no turlarini, -ser, be-, -siz, -li, -cha, -dor, -q sifat yasovchi
qo‘shimchalar ekanini, yozilishini biladi, son va ularning yozuvda ifodalanishini,
sanoq va tartib sonlarni, ularning otga bog‘lanishini biladi, men, sen, biz, siz,u, ular
olmoshlarini qo‘llab mazmunli gaplar tuza oladi, ijodiy matnning mantiqiy
izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal
qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi, grammatik taxlil qila oladi,
tabriknoma, xat yoza oladi.

Download 244.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling