Boshlang’ich ta’limning 4-sinf ona tili o’qish savodxonligidan ta’lim standartlari


Download 244.05 Kb.
bet8/22
Sana29.10.2023
Hajmi244.05 Kb.
#1732612
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOSHLANG’ICH TA’LIMNING 4-SINF ONA TILI O’QISH SAVODXONLIGIDAN TA’LIM STANDARTLARI

Son. Sonning necha?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi.
sonning otga bog‘lanishi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.
Fe’l. Fe’lning harakat bildirishi va nima qildi?, nima qilya’ti?, nima
qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi; bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar; fe’lning
kesim vazifasida kelishi; ot, sifat va fe’lga doir asosdosh so‘zlar tizimini tuzish.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
45-mavzu. Ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, bir xil shaklli, ko‘p
ma’noli so‘zlar (1soat).
So‘z turkumlari ichida va orasida uchraydigan ma’nodosh, qarama-qarshi
ma’noli so‘zlar, bir xil shaklli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. So‘z
yasovchi qo‘shimsalar yordamida bir turkumdan ikkinchi turkumga oid so‘zlar
yasash.
IX bo‘lim. OT – SO‘Z TURKUMI
(39 soat, A1+: 14 soat)
46-47-48-49-mavzular. Ot (4 soat).
Ot yuzasidan 1-3-sinflarda o‘tilganlarni takrorlash: otlarning shaxs, narsabuyum,
joy, hayvon nomlarini bildirishi. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi.
Kishilarning ismi-sharifi, shahar, ko‘cha, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarning bosh
harf bilan yozilishi
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
Nazorat ishi (1 soat).
50-51-52-mavzular. Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi
(3 soat).
Egalik qo‘shimchalarining I, II, III shaxs ma’nosini hamda birlik va ko‘plik
ma’nosini ifodalashi: otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, otlarning
nutqda egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanishi.
53-mavzu. Egalik qo‘shimchalarining shakllari (1 soat).
Egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari;
egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talaffuzi va imlosi.

Download 244.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling