Nazorat va tahlil (2 soat).
III bo‘lim. UYUSHIQ BO‘LAKLI GAPLAR
(10 soat, A1+:4 soat)
12-mavzu. Uyushiq bo‘lakli gaplar (1 soat).
Gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlarning birdan ortiq qo‘llanishi va
bitta bo‘lakka bog‘lanishi – uyushiq bo‘laklar. Gapdagi uyushiq bo‘laklarning
sanash ohangi bilan o‘qilishi.
13-14-mavzular. Gapda ega va kesimning uyushib kelishi (2 soat).
Gapda ega va kesimlarning uyushib kelishi. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan
so‘zlarni topish. Uyushiq egalarni aniqlash. Uyushiq kesimlarni aniqlash.
Chizmaga mos gap tuzish.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
15-16-mavzular. Gapda ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishi
(2 soat).
Gapda ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishi.
17-18-19-mavzular. Uyushiq bo‘laklarning bog‘lanishi (3 soat).
Uyushiq bo‘laklarni sanash ohangi bilan o‘qish; uyushiq bo‘laklarning
sanash ohangi yordamida bog‘lanishi; va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari
yordamida bog‘lanishi; uyushiq bo‘laklar orasida vergulning ishlatilishi
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
Nazorat va tahlil (2 soat).
IV bo‘lim. UNDALMA
(6 soat, A1+: 2 soat)
20-mavzu. Undalma (1 soat).
62
Undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs ekanligi, bosh kelishikdagi
so‘zlar bilan ifodalanishi, gapda boshqa bo‘laklar bilan bog‘lanmasligi, undash,
chaqirish ohangi bilan aytilishi; gapning boshida, oxirida, o‘rtasida qo‘llanishi.
Yozuvda undalma vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi.
21-22-mavzular. Undalmali gaplarda tinish belgi (2 soat).
Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi. Undalma gapning qaysi
o‘rnida kelishi. Undalmali gapda fikr yana nimalarga qaratilishi mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |