35-mavzu. Tutuq belgisi (1 soat).
Tutuq belgisiga ko‘ra farqlanayotgan so‘zlar. Tutuq belgisining vazifasi.
Tutuq belgili so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
36-mavzu. Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi. (1 soat).
Tutuq belgili so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.
37-mavzu. Alifbo (1 soat).
So‘zlarni Alifbo tartibida qayta yozish. Alifboning amaliy ahamiyati.
Nazorat ishi (1 soat).
VII bo‘lim. SO‘Z VA SO‘Z TARKIBI
(5 soat, A1+: 2 soat)
38-mavzu. So‘z va so‘z tarkibi (1 coat).
So‘z, uning tarkibiy qismi, asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning
vazifasiga ko‘ra turlari.
39-mavzu. So‘z yasovchi qo‘shimchalar (1 soat).
So‘z yasovchi qo‘shimchalar, asos va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni
aniqlash va belgilash. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib, asosdosh so‘zlarni
hosil qilish; tilning rivojlanib, boyib borishi haqida tushunchani shakllantirish.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat).
Husnixat (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob,
topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia
ilovalari) matnlarini tinglab tushuna oladi;
o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki
nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan
yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish
belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata oladi, gapning bosh va ikkinchi
darajali bo‘laklari, kesim gapning markazi ekanini, eganing kesim bilan
munosabati va so‘roqlarini, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlarini, ularning
64
boshqa so‘zlarga bog‘lanishini biladi, gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib
kengaytira oladi, gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar, qo‘shimchalar
va ohang yordamida bog‘lay oladi, uyushiq bo‘lakli gaplar, gapda ega, kesim va
ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash
ohangi, va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida bog‘lanishini, uyushiq
bo‘laklar orasida vergulning ishlatilishini;
undalma va undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisining qo‘yilishini
biladi, matnni ifodali o‘qiydi, qismlarga bo‘ladi, asosiy fikrni aniqlay oladi,
matnga sarlavha qo‘yib, rejasini tuza oladi, mashq matnidagi so‘zlarni, turli matn
va topshiriqlarni gap ohangiga rioya qilgan holda to‘liq, to‘g‘ri, ravon va
tushunarli qilib o‘qiy oladi;
tanlangan matnga sarlavha qo‘yib, reja tuza oladi, tuzilgan ijodiy matnning
mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat
qoidalariga amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |