Boshlovchi: Assalom mehmonlar mo`tabar suyuk, Assalom ustozlar, nomlari buyuk, Assalom otalar, baxtim posboni Assalom onalar, fidoyi jonlar. Boshlovchi
Download 30.63 Kb.
|
yangi avlod bolajonlari
Qo`shiq: raqamlar.
Elmira (bog`irsoq): – men mana shu do`stlarim yordamida misol, masalalar tuzib, yozishni, hsoblashni o`rganib oldim. Jasmina (quyon): barakalla, bo`g`irsoq men seni yemayman. Sen aqilli bo`lib qolibsan. Boshlovchi: bo`g`irsoq o`rmon aylanishda davom etayotgan ekan,oldidan bo`ri chiqib qolibdi. Doston (bo`ri): men seni yeyman! Qornim juda och, Elmira (bo`g`irsoq): meni yema, senga maktabda o`rganganlarimni aytib beraman. Doston (bo`ri): maktabga bordingmi? Unda senga savol beraman. Javob bersang, qo`yib yuboraman xo`sh aytchi,”alifbe”ni tugatibsan undan nimalarni o`rganding? Elmira (bo`g`irsoq): 29 ta harf va tutuq belgisi. Harflarning oltitasi unli, qolganlari undosh. Barcha harflardan so`zlar tuzib, o`qiy olaman. Mirfayz: eng avvalo “assalom”ni Tildan chiqqan kalomni Joyin bilib so`zlshni Yaxshilikni ko`zlshni. Saida:chiziqchalar chizishni, o`qishni va yozishni, Husnixat-u qiroat Sendan o`rgandik faqat. Munisa: bilim- ziyoligi Ulug`ligin oftobning Vatanning qutlug`ligin Azizligin kitobning. “A” harfi ( Akobir) Asal shifo deydilar Asal davo deydilar Shuning uchun dardlarga Doim asal yeydilar. “B” harfi (Munisa) Botir baliq ovladi Bankasiga joyladi Bobomga beraman deb Kattasini sayladi. “D” harfi (Doston) Damin dalaga chiqib Dov-daraxtga qaradi. Bobosidan o`rganib Bog` yaratmoq istadi. “E” harfi (Elmira) Erkin, Ergash, Erali Erta turib yugurdi Endi qolishmas Vali Uyqusini do`ndirdi. “F” harfi (Alibek) Faxrim sen aziz vatan Faxrlarga to`laman. Unib, o`sib bag`ringda Senga qalqon bo`laman. “G” harfi (Jasmina) Gulzor oralab Gulnoz Gullar teradi asta Mehrini qo`shib dildan Yasadi zo`r guldasta. “H” harfi (Parvina) Hozir javob bolaman Misoli gul lolaman, Hazilkashman, do`stlarim Buyukdir orzularim. “I” harfi (Alijon) Ilm izlab tolmayman Ikki baho olmayman Intilib yuksaklarga Erushgum istaklarga. “J” harfi (Jalil) Jo`ja boqar Jamila Sariq, qora, ola-bula Jo`jalarning ichida O`zi doim ovvora. “K” harfi (Akobir) Karim kaklik,kakkuning Rasmini chizib keldi Kitobdagi suratni Bildirmay yirtib keldi. “L” harfi (Doston) Layli, Laylo, Lobarxon, Juda qalin uchovlon O`yin o`ynar ayrilmay Bo`lib dildan qadrdon “M” harfi (Mirfayz) Mevalari asal qand Mehri qalbimga payvand Mening go`zal chamanim O`zbekiston Vatanim! “N” harfi (Naimjon) Nondir aziz zo`r ne`mat Bobolar qadrlang der Nonni aylagan hurmat Nondek aziz bo`lar bil. “O” harfi (Ozoda) Onajonim olamga Oftob sochgan quyoshsiz Mehringiz daryo misol Tog`larga yelkadoshsiz. “P” harfi (Parvina) Paxta-paxta, paxtajon Sen bilan to`lsin xirmon Kiyim-kechak, yog`-bo`yoq Sendan bo`lar begumon. “Q” harfi (Mirfayz) Qodir, Qosim qadrdon Qorbo`ron o`ynadilar Qorbobo yasab tunda Sovg`a tayyorladilar. “R” harfi (Alijon) Rassom rasm chizadi Raqqosa raqs tushar Raketa yasasam ayt Unda qay botir uchar. “S” harfi (Saida) Salim soat so`radi Sabohat dedi qara Asta qo`lin uzatdi Yurib qolsaydi zora. “T” harfi (E`zoza) T man tanib olursiz To`maris deb yozursiz Toshkent ona shahrimdir T harfidan yozgumdir. “U” harfi (Umar) Uzum, behi, olmani O`zim ekkanman aka Bugun bog`da hammani Chaqirayin yemoqqa. “V” harfi (Melsbek) Vali varrak yasaboq Ko`kka uchirdi chunon Vasilaning varragi Baland uchar begumon. “X” harfi (Naim) Xolbek, Xalil, Xotamning Xolnisa xolasi bor Adashtirmang Adhamning Xadicha ammasi bor. “Y” harfi (E`zoza) Yo`lchi, Yo`ldosh kitobga Mehr bergan a`lochi Yo`q demasdan birovga Yo`l ko`rsatar yo`lboshchi. “Z” harfi (Ozoda) Zarifaning zontigi Buzilib qoldi tezda Zokir uni tuzatib Rahmat eshitdi qizdan. “O`”harfi (Munisa) O`rik o`g`irlab bog`dan O`rinboy qochib qoldi Oldidan chiqqach bog`bon Lol, hayron shoshib qoldi. “G`” harfi (Saida) G`ani, G`ulom, g`ildirak Dumalatar tinmayin Onasi bo`lib halak O`qing deydi kunma-kun. “SH” harfi (Shirina) Shalolaxon, Shalola Ayt bu rayhonmi Lola Tabiat zo`r yaratgan Qizil yoqut piyola “CH” harfi (Elmira) Charos, chaman, chinnigul Childirmani chaladi Eshitsa qizlar butkul O`ynagani keladi. “Ng” harfi (Jalil) Bodring, ko`ngil, singilda Ngni qo`shib o`qiymiz Alifbening oxiri Endi shunda to`xtaymiz. “ ` ” (Melsbek) Tutuq qo`yib yozaman Unlini sal cho`zaman Ra`no, ma’no, a’lodir Yaxshi bola donodir. Parvina: Do`st qadrdon alifbo Seni o`qib yayradik Sendagi harflarni Dilimizga joyladik. Doston: Sensan mening birinchi Buyuk ona kitobim G`urur bo`lib qalbimda Jonajon oftobim. Download 30.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling