Qo`shiq: (Dostonbek, Alibek) “ Onam kasalman demang”
O`quvchilar hammasi birgalikda onasiga gul berishadi.
Tulki: Bog`irsoqvoy endi seni yemayman. Bu aytgan sher-u, qo`shiqlaring mening ayyor ko`nglimni eritib yubordi.
Boshlovchi: - Tulki shunday deya o`rmonga ravona bo`libdi. Bo`g`irsoqvoy esa ilmning qanday kuchga ega ekanini ko`rib, ya`nada a`lo baholarda o`qishga bel bog`labdi.
Naimjon: - Bilasizmi, bolalar dunyoning ayrim davlatlarida turli notinchliklar, urushlar bo`layotgani bois qanchadan-qancha tengdoshlarimiz ta`lim ololmaydilar.
E`zoza: shunday ekan, biz yurtimizdagi tinchlikning qadriga yetishimiz, Ona Vatanimizga munosib farzandlar bo`lish uchun yaxshi o`qishimiz kerak.
Jalilbek: Endi tushundik, bilim olish biroz mashaqqatli bo`lsa ham, intilish, o`rganish kerak ekan.
Qasamyod:
Men Buxoro shahar 24-sonli “Nurli maskan”bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasasi o`quvchisi degan ulug` nomga munosib bo`lish maqsadida ustozlarim, tarbiyachi opalarim, maktabdoshlarim, oat-onam oldida:
Jalilbek: odobli bo`lishga,
Shirina: yaxshi o`qishga,
Saida: kelajakda barkamol avlod bo`lib yetishishda,
Naimjon: ustozlarimni hurmat qilishga,
Ozoda: doimo ota-onamning xizmatlarini qilishga,
Alibek: o`quvchilik burchimni sidqidildan vijdonan bajarishga,
Doston: maktabning mol-mulkini ko`z qorachig`idek asrashga,
Alijon: o`zimdan katta va kichiklarni hurmat qilishga,
Hamma: Vatanimiz koriga yaraydigan sodiq farzand bo`lishga qasamyod qilaman, qasamyod qilaman, qasamyod qilaman.
Final qo`shiq: Qo’lingda imkon.
Do'stlaringiz bilan baham: |