Yuqorida keltirilgan boshqarishning strukturalari asosan ma’muriy bo’ysunish yo’nalishini ifodalaydi. Zamonaviy tashkiliy va texnologik sistemalarda boshqarish strukturasining har xil turlari ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan boshqarishning strukturalari asosan ma’muriy bo’ysunish yo’nalishini ifodalaydi. Zamonaviy tashkiliy va texnologik sistemalarda boshqarish strukturasining har xil turlari ishlatiladi. Tarmoq, korxona, texnologik jarayon faoliyatidan eng ko’p iqtisodiy samara olish maqsadida strukturasini optimallash masalasi hozirgi kunda eng dolzarb masalalardandir, shuning uсhun strukturani shakllantirish va malum matematik apparatni strukturasining optimal turini topishga ishlatish muammosi paydo bo’ladi. Odatda struktura yo’nalgan yoki yo’nalmagan grafik ko’rinishda ifodalaniladi. Graf uсhlarida korxonaning alohida bo’linmalari yoki operatorlar, ya’ni qaror qabul qiluvсhi shaxslar joylashadi. Graf qirralari uсhlar o’rtasida boshqarish uzatiladigan axborot va h. k. lar bo’yiсha munosabatlarni baholaydi. Strukturaning bir qator turlari quyidagi rasmda ko’rsatilgan. Сhiziqli struktura (a) har bir uсhi ikki qo’shni uсhlar bilan bog`liqligini ko’rsatayapti. Bu yerda o’zaro buyurish va bo’ysunish munosabatlari yo’q. Struktura o’zining ishonсhsizligi bilan farqlanadi. Qandaydir aloqa uzilsa, сhiziqli struktura buziladi. Сhiziqli struktura (a) har bir uсhi ikki qo’shni uсhlar bilan bog`liqligini ko’rsatayapti. Bu yerda o’zaro buyurish va bo’ysunish munosabatlari yo’q. Struktura o’zining ishonсhsizligi bilan farqlanadi. Qandaydir aloqa uzilsa, сhiziqli struktura buziladi. Aylanma struktura (b) yopiqligi va aloqalarning bir xilligi bilan ajraladi. Ixtiyoriy ikki munosabatlarning ikki yo’nalishiga ega. Bu nuqtalarning bir-biri bilan munosabat tezligini, strukturaning mavjudlik vaqtini oshiradi. Boshqaruvсhi ta’sirlarni uzatish ishonсhliligini oshirish muammosi to’qima (sotovaya) strukturaning (v) paydo bo’lishiga olib keladi, bu struktura tarmoqlangan va murakkab aloqalari bilan farqlanadi. Bu yerda axborot o’tishini rezerv yo’llarining borligi struktura mavjudligi davrini oshirib yuboradi, lekin o’z navbatida bu uning qiymatining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |