Boshqarish tadbirkorlikning integratsiya
Obyekt logistikasi xarajatlari tavsifi
Download 84.47 Kb.
|
Yetkazib berish zanjirida xizmat turlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Bitim logistik xarajatlari
1.2. Obyekt logistikasi xarajatlari tavsifiBoshqariladigan xarajatlar menejer boshqaruv xarajati deb ataladi. Aks holda xarajatlar menejer tomonidan boshqarilmaydigan xarajatlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilish, logistizatsiya yo‘nalishini aniqlash uchun xarajatlar haqida tegishli axborot kerak. Qaror qabul qilish jarayoni axborotga talabni shakllantiradi va boshqaruv hisobi usuli elementlari ishlatilish tartibini aniqlaydi: guruhlash va umumiy xarajatlar, prognozlash, modellash, singdirish va tahlil. Logistizatsiya obyekti xarajatlarini tahlil qilib bu uning umumiy hajmini ko‘rmaymiz, balki bitta materialga ketadigan kattalikni ko‘ramiz. Hisoblash uchun xarajatlarning bu ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchi va doimiyga bo‘linadi. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi doimiy va o‘zgaruvchan iqtisodiy xarajatlarni o‘rganishga to‘xtaladi. Biroq aytib o‘tish joizki, yetkazib berishning optimizatsiyasi va boshqaruvchining asosiy obyekti bu materiallar oqimi. Logistizatsiya obyektining doimiy xarajati deganda qisqa davrda o‘zgarmaydigan xarajatlarga aytiladi. O‘zgaruvchan xarajatlar deganda - material oqimining o‘zgarishi bilan o‘zgaruvchi xarajatlarni tushunish kerak. Bu yerda xarajatning yana bir turi chegaraviy xarajatga to‘xtatamiz. Chegaraviy logistik xarajatlar pul shaklidagi xarajatlarning o‘zgarish tezligini xarakterlaydi, masalan mahsulot sotish hajmi. Qaror qabul qilishning ta’sir darajasiga qarab qabul qilinadigan va qilinmaydigan xarajatlarga bo‘linadi. Obyekt logistizatsiyasini tartib va bir martalik bo‘lish boshqarish rejasini qabul qilish uchun muhim. Shunday qilib biz logistik xarajatlar tushunchasi borligini tadqiq qildik. Harakatdagi xo‘jaliklar tizimini logistizatsiya xarajatlarini o‘rganish u korxonalar uchun xarajatdir. 1.3. Bitim logistik xarajatlariYuqorida obyekt logistizatsiya xarajatlarining xarajatlar hisobi maqsadida turli shakllar ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tiborni xarajatlar kategoriyasiga qaratish lozim, qaysiki bevosita qaror qabul qilish, nazorat va boshqarish, foyda hisobi va kalkulyatsiyaga ta’sir qiladi - bitim xarajlari. Logistik xarajatlarni qoplaydigan asosiy omil bu sarf. Tayyorlov - ombor, taqsimlov - sotuv va ishlab chiqarish sarflari tarkibiga bitim shartlari bo‘yicha kelishuvlar olib borish, uni rasmiylashtirish, potensial sotuvchi va xaridorlar haqida axborot yig‘ish, yuridik huquqlarni himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Logistik tizim ichi va tashqarisida amalga oshiriladigan operatsiyalardan farqli joyi bunda egalik huquqi bir kishidan ikkinchi kishiga o‘tishi va sug‘urta majburiyatining bir tashkilotdagi ikkinchi tashkilotga o‘tishi. Bosqich va operatsiyalarni amalga oshirish tovarga egalik huquqining ko‘chishi bitim xarajatlarini tashkil qiladi. Bitim xarajatlari - bozor kelishuvlari paydo bo‘lish natijasi. Tromaksiya kategoriyasi keng qo‘llaniladi: har xil muddatli bitimlar xususiyatini ifodalaydi, qaysiki detalni rasmiylashtirishni talab qiladi. Bitim xarajatlari logistik tizimning sotish paytidagi tovarga egalik va uning o‘tish yoki sug‘urta majburiyatlarining o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan ajralmas qisimdir. Xarajatlarning birinchi kategoriyaga kuyidagi tegishli: Axborot qidirish xarajatlari. Axborat qidirish xarajatlari tarkibiga potensial va hokazolar haqidagi axborat xarajatlari kiradi. Kelishuv olib borish xarajatlari, unga almashtirish shartlari, kelishuv turini tanlash xarajatlari kiradi. O‘lchov xarajatlari unga sifatli, sonli, xizmat xo‘jalik aniqlash xarajatlari kiradi. Shartnoma tuzish xarajatlari, yuridik va noqonuniy shartnomalar imzolash xarajatlari. Bu tavsif miqdoriy baholashning asosidir, keyinchilik boshqaruv xarajatlarini kamaytirish. Yangi turdagi xarajatlarning ajratilishi logistik mutaxassislari uchun va agentlar uchun ham juda qulaydir. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri firmalararo kelishmovchilik anglashilmovchilikni yo‘qotadi. Xizmat darajasining ortishi bilan, tabiiyki xizmat uchun xarajatlar ko‘payadi, biroq uning o‘sishi muntazam ravishda bo‘lmaydi. Sababi shundan iboratki, xizmat ko‘rsatuvchi subyekt, ya’ni xizmat qiluvchi shaxs birinchi navbatda eng kam xarajatlar bilan ishlovchilardan foydalanadi. Birinchi misolni davom ettiraylik. Aytish kerakki, Pareto qoidasiga binoan, 20% ro‘yxatdagi tovarlar 80% foyda keltiradi. Binobarin, xarid qilinadigan qismlarning tezda sotiladigan 400 ta xillarini ro‘yxat qilingani ma’qul bo‘lardi. Biroq bozor bunday holatdan voz kechgan bo‘lib unaqa sotuvchini hurmat qilmagan bo‘lardi, chunki boshqa xildagi kerakli buyumlarni sotib olish uchun doimiy rad javobini olgan bo‘lardi. Raqobatbardosh bo‘lish uchun Tovar ro‘yxatini kengaytirish zarur bo‘ladi, hamda o‘rta holdagi keyinchalik kam talab qilinadigan tovarlar ham qo‘shiladi. Biroq o‘rtacha talabdagi tovarlarni saqlab turish tez sotiladigan tovarlarga nisbatan qimmatroq bo‘ladi. Kam talab qilinadigan tovarlarni saqlab turish xarajatlari undan ham qimmatroq bo‘ladi. Shunday qilib, tovarlar ro‘yxati ko‘paytirilib, ya’ni xizmat ko‘rsatish darajasi oshirilib, korxona shu bilan birgalikda uni saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni oshiradi. 34-chizmada xizmat ko‘rsatish xarajatlarining xizmat darajasining miqdoriga nisbatan o‘zgarishi ko‘rsatilgan. To‘liq amalga oshirilgan talablar hissasini ikkita usul bilan oshirish mumkin: Zaxiralar miqdorini oshirish bilan talabnomalar qabul qilish va tovar yetkazib berish tizimini o‘zgarishsiz qoldirish mumkin. Talabnoma haqidagi axborotlarning tezkor harakat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bilan talab etilgan tovarni tez orada yetkazib berib, bunda zaxiralar miqdorini o‘zgarishsiz qoldirish mumkin. Xizmat ko‘rsatish darajasining birinchi yo‘li ekstensiv bo‘lib, xarajatlarning ortishini talab etadi, ya’ni zaxiralarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ortib boradi. Ikkinchi yo‘l zaxiralarning ortishini talab etmaydi. Raqobatbardoshlik bu yerda axborotlar va moddiy vositalarning harakati bo‘yicha aniq Yetkazib berish hisobiga ortib boradi. Download 84.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling