Boshqaruv hisobi


-MAVZU.’’STANDART-KOSTING’’ ’’DIREKT-KOSTING’’ HISOB


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

 
11-MAVZU.’’STANDART-KOSTING’’ ’’DIREKT-KOSTING’’ HISOB 
TIZIMALARI 
 
REJA: 
 
1.’’STANDART-KOSTING’’ tizimi bo`yicha boshqaruv hisobini
tashkil etish. 
2.’’DIREKT-KOSTING’’ tizimi bo`yicha boshqaruv hisobini
tashkil etish. 


 
Xorijiy mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritishning zamonaviy 
sharoitlarida texnik va strategik xarakterdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
jarayoni korxonaning xarajatlari va moliyaviy natijalari haqidagi axborotga tayanadi. 
Korxona xarajatlarini boshqarishda “Standart kost” hisob tizimi samarali qurollardan 
biri hisoblanadi. Uning asosida belgilangan normalar va normativ xujjatlar doirasida 
va ulardagi og`ishlar bo`yicha hisob va nazorat tamoyillari etadi.
Xarajatlarni normativ hujjatlar usulida aniqlash XX asr boshlarida AQSH da 
paydo bo`ldi. Bu F. Teylor, G Emerson va boshqa muhandislar taklif qilgan ilmiy 
menejment tamoyillaridan biri edi. Ular xarajatlarning normativ hisobi tizimini 
rivojlantirish uchun turtki berdilar. Ular mehnat va materiallardan foydalanishning 
“yagona, eng yaxshi yo`l”ni aniqlash uchun standartlar qo`llar edilar. Bu standartlar 
materiallar va mehnat iste`molini eng kam darajaga keltirilishni ta`minlovchi rejani 
qabul uchun axborot manbai bo`lib xizmat qiladilar. 
“Standart-Kost” tizimi haqidagi dastlabki eslatmalar G. Emersonning “Mehnat 
unumdorligini tekshirish va ish haqining asosi sifatida” kitobida uchraydi. SHu bilan 
bir vaqtda an`anaviy buxgalteriya tarafdorlari kalkulyatsiyalar tadbirlarini “Tarixiy”, 
ya`ni haqiqiy tannarxni qidirib topishga olib kelib qo`ydilar. U, an`anaviy 
buxgalteriya shunday kamchilikka ega ediki, nima borligi va nima bo`lishi mumkin 
ekanligi o`rtasida hech qanday munosabat o`rnatilmaydi deb hisoblar edi. Uning 
fikricha hisobning haqiqiy maqsadi shundan iboratki, extiyotkorliklar miqdori va 
shiddatliligi ortsin. U ta`kidlardiki, “extiyotkorliklar” korxona Xo`jalik faoliyatining 
to`g`ri yo`lini topish uchun kerak. Ularning imkoniyati normalardan barcha 
og`ishlarni qayd etishdan iborat. SHuni qayd etish lozimki, hisob kelajakka qaratilgan 
bo`lishi kerak, zero oldindan qo`rish – bu ogohlantirish demakdir. Binobarin, barcha 
Xo`jalik jarayoni aniq boshlanishigacha jiddiy nazorat ostiga olingan bo`lishi kerak. 
Biroq o`tmishda erishilgan normalardan o`zga norma yo`q, buxgalteriya belgilab 
berolmaydi, normalarsiz esa Xo`jalik faoliyati maqsaddan mahrum bo`ladi va undan 
ham yomoni ma`muriyat hisob orqali unumdorlik holatini bilolmaydi. Unumdorlik, 
G.Emersonning fikricha, ishning butun ma`nosini tavsiflaydi, zero qattiq ishlash - 
ishga butun kuchini xarajatlash degani, unumli ishlash ishga eng kam miqdorda kuch 
xarajatlash degani. Unumdorlikni aniqlashda u “Mx/Zs”ning o`zaro nisbatidan ya`ni, 
haqiqiy xarajatlarning standart xarajatlarga nisbatidan foydalanishni taklif etdi. 
Bunda har doim Zsxarajatlar hech qachon haqiqiy xarajatlaridan ko`p bo`lmasligi kerak. Xaqiqiy va 
standart xarajatlar o`rtasidagi farq (Mx-Zs) qancha kam bo`lsa unumdorlik shuncha 
yuqori bo`ladi. Ushbu formuladan foydalangan xolda G.Gant standart va noishlab 
chiqarish xarajatlari o`rtasidagi farqni aniqlaydi. Natijada Gant o`zining quyidagi 
mashhur qoidasini taklif qiladi: Belgilanganidan ortiq bo`lgan barcha xarajatlar 
aybdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi va hech qachon xarajatlarni aks ettiruvchi 
hisoblarga kiritilmasligi kerak.
SHuni ta`kidlash kerakki, ilmiy menejment tarafdorlari standartlarni moliyaviy 
chiqimlar ustidan nazorat quroli sifatida qarab chiqmaganlar. Xarajatlarni normativ 
xarajatlar bilan aniqlashning to`liq amaldagi tizimini birinchi marta 1911 yilda 
AQSH da CH.Garrison ishlab chiqdi va xayotga tatbiq etdi. Uning “Tannarx hisobi 


ishlab chiqarishga yordam bermoqda” mavzusiga (1918y) baYOishlangan maqola 
oldindan nafaqat “tarixiy” tannarx hisob tizimining uyg`unligiga e`tibor qaratgandi, 
balki “Standart-Kost”ni tashkil etish variantlarining ko`plab tavsiflari keltirilgan.
CH.Garrisonning “Standart-Kost” g`oyasi ikkita qoida bilan ifodalanadi:
1) barcha xarajatlar hisobda standartlar bilan taqqoslangan bo`lishi kerak; 
2) haqiqiy xarajatlarga standartlar bilan qiyoslaganda aniqlangan og`ishlar 
sabablar bo`yicha bo`laklarga ajratilgan bo`lishi kerak.
G. Emersonga qaraganda CH.Garrison shunday holatlarga yo`l qo`ygan ediki, 
unda u taklif qilgan natijalar, ya`ni 3s ning Mx dan yoki katta Yoki unga teng bo`lish 
mumkinligi (Zs  Mx) standartlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirar edi.
Vujudga kelishidan boshlab “Standart-Kost” hisob tizimida muvaffaqiyatli 
rivojlandi va hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning ko`plab 
firmalarida keng qo`llanilmoqda.
“Standart-Kost” atamasi ikki so`zdan tashkil topgan: “standart” mahsulot 
birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorini (moddiy 
va mehnat) Yoki mahsulot ishlab chiqarish yo xizmat qo`rsatish birligi uchun 
oldindan hisoblab qo`yilgan xarajatlarni anglatsa, “Kost” so`zi esa mahsulot birligiga 
to`g`ri keladigan xarajatlarni bildiradi. SHunday qilib “Standart-Kost” so`zi to`liq 
ma`nosida standart xarajatlarni anglatadi. Bu tizim - eng avvalo ishlab chiqarishning 
bevosita chiqimlaridan foydalanish ustidan nazoratni o`rnatishga qaratilgan, bir-
biriga bog`liq kalkulyatsiyalar esa Qo`shimcha xarajatlar nazorati uchun 
mqljallangan.
“Standart-Kost” tizimi ishbilarmonlar talablarini qondiradi va ishlab chiqarish 
xarajatlarini nazorat qilish uchun qudratli qurol bo`lib xizmat kiladi. Belgilangan 
standartlar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishga mqljallangan mahsulotlar 
bo`yicha kutiladigan xarajatlar summasini oldindan belgilash, baholarni aniqlash 
uchun mahsulot Yoki xizmat birligi tannarxini hisoblab qo`yish, shuningdek kelasi 
yilda kutiladigan daromadlar haqida hisobot tuzish mumkin. Bu tizimda mavjud 
og`ishlar to`g`risidagi axborotdan rahbarlar tezkor boshqaruv choralarni qabul qilish 
uchun foydalanadilar. 
“Standart-Kost” tizimining tarkibi moddalar bo`yicha xarajatlarning quyidagi 
dastlabki (ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha) normalaridan tashkil topadi: 
 asosiy materiallar; 
 asosiy ishlab chiqarishda band bo`lgan ishchilarning mehnat haqi; 
 ishlab chiqarishda Qo`shimcha xarajatlar (yordamchi ishchilar ish haqi, 
Qo`shimcha materiallar, ijara haqi, jihozlar amortizatsisi va x.k.) 
 tijorat xarajatlari (sotish bo`yicha mahsulotni sotish bo`yicha xarajatlar). 
Bu normalar qat`iy belgilangan stavkalar sifatida qo`rib chiqiladi, bunda 
haqiqiy xarajatlar korxonaga mohirlik bilan rahbarlik qilish orqali standartlarga 
muvofiqlashtiriladi. Sotishlar yuzaga kelganda standart normalarni o`zgartirishmaydi, 
ular butun belgilangan davrga nisbatan barqaror turadi. YAngi iqtisodiy sharoitlar, 
materiallar, ishchi kuchi bahosining bir oz kqtarilishi yo tushishi Yoki ishlab 
chiqarishning shart va usullari o`zgarishidan kelib chiqqan iqtisodiy o`zgarishlar 
bundan mustasno. Xar bir hisobot davrida yuzaga keluvchi haqiqiy va taxminiy 


xarajatlar o`rtasidagi og`ishlar yil davomida og`ishlarning alohida hisoblarida 
to`planib boradi va ishlab chiqarish xarajatlariga emas, balki bevosita korxona moliya 
natijalariga to`la ravishda Qo`shib qo`yiladi.
“Standart-Kost” hisob quyidagi tizimida taqdim etilishi mumkin: 
 Mahsulot sotishdan tushgan kirim; 
 Mahsulotning standart tannarxi; 
 YAlpi foyda ; 
 Standartlardan og`ishlar; 
 Xaqiqiy foyda . 
Standart normalar yordamida hisoblab chiqilgan kalkulyatsiya ishlab chiqarish 
va xarajatlarni tezkor boshqarish uchun asos bo`lib hisoblanadi. Xarajatlarning 
belgilangan standart normalaridan og`ish darajasi bu og`ishlarning kelib chiqish 
sabablarini aniqlash uchun tahlil qilinadi. Bu ma`muriyatga ishlab chiqarishdagi 
kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga, kelajakda ham ularning oldini olishga imkon 
yaratadi.
SHuni ta`kidlash kerakki, “Standart-Kost” tizimi xorij amaliyotida normativ 
xujjatlar bilan belgilab qo`yilmagan, shu sababli bu tizim standartlar belgilashni va 
hisob qaydnomalarini yurgizishning yagona usuliga ega emas. SHu sababli hatto 
birgina kompaniya ichida turli normalar amal qiladi: bazisli, joriy, ideal, taxminiy, 
erishib bo`ladigan va engillashtirilgan. 
Normalarni belgilashda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur 
xomashyo, ishchi kuchi va xizmatlar hajmi xarajatini tabiiy holda ifoda etishga 
imkon beruvchi miqdoriy standartlardan keng foydalaniladi. Bu standartlar maxsus 
koeffitsientlarga ko`paytiriladi va standart maqomiga ega bo`lgan baho normalari 
olinadi.
Qo`shimcha xarajatlar. Qismlab aniq hisoblash qiyin Yoki maqsadga muvofiq 
bo`lmagan, ko`plab alohida moddalarni qamrab olgan Qo`shimcha xarajatlarning 
standartlari miqdoriy normalari qo`rsatilmagan holda pul bahosida beriladi. Bundan 
Qo`shimcha xarajatlarning eng muhim tarkibiy qismlari mustasno etiladi (masalan, 
ish haqi). Ularga qarab ayrim hollarda miqdoriy standartlar belgilanishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xomashyo bahosi talab va taklifga bog`liq 
ravishda uzluksiz tebranib turadi. SHu bois, xomashyo standarti ko`p xollarda 
standartlar ishlab chiqilayotgan vaqtda amal qilgan baholar darajasidan kelib chiqqan 
holda, ya`ni etuk normalardan foydalanish davri davomida ustunlik qiladigan 
o`rtacha baholarni aniqlashdan kelib chiqqan holda belgilanadi. SHunga muvofiq 
tarzda texnologik jarayon operatsiyalari bo`yicha ish haqi stavkalarining standartlari 
aksariyat hollarda o`rtacha baholar hisoblanadi. 
Xomashyo va haqi normalari odatda bir odamga hisob qilinib belgilanadi. 
Qo`shimcha xarajatlar nazorati uchun mahsulotning taxminiy hajmidan kelib chiqib 
ma`lum davr uchun stavkalari ishlab chiqiladi. Qo`shimcha xarajatlar smetalari 
doimiy xarakterga ega. Biroq, ishlab chiqarish xajmi tebranishlarida Qo`shimcha 
xarajatlar nazorati uchun o`zgaruvchan standartlar va sirpanchiq smetalar tuziladi. 
Qo`shimcha xarajatlarning sirpanchiq smetalari mahsulot ishlab chiqarish 
miqdoriga bog`liq ravishda doimiy, o`zgaruvchan va yarim o`zgaruvchan xarajatlarga 


bo`linadi. Sqnggilari o`z navbatida, doimiy va o`zgaruvchan tarkibiy unsurlarga 
bo`lib chikiladi. Bunday usulda Qo`shimcha xarajatlarning smeta stavkasi (normasi) 
mahsulot ishlab chiqarish va doimiy chiqimlar birligiga oldindan belgilangan 
normalar ulushining o`zgaruvchan kismi sifatida aniqlanadi. 
Mahsulot standarti tannarxini hisoblash uchun xomashyoning normativ 
xarajatlari, ishchi kuchi va Qo`shimcha xarajatlar umumlashtiriladi. Ular bo`yicha 
yuzaga kelgan og`ishlar quyidagi tarzda hisob – kitob qilinadi.
“Standart-Kost” hisob tizimidan foydalanadigan korxonalar odatda, quyidagi 
hisoblarni yurgizadilar: 
 xomashyo xarajati bo`yicha og`ishlar; 
 ish haqi bo`yicha og`ishlar; 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling