Boshqaruv hisobi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
Investitsion faoliyat kapital xarajatlashining korxona iqtisodiy qudratini
qaratilgan eng samarali shakllarini asoslash va ro`yobga chiqarish jarayonini ifoda etadi. Investitsiyalar yo`naltiriladigan sohaga bog`liq ravishda ular ishlab chiqarish va moliya investitsiyalariga bo`linadi. Ishlab chiqarish investitsiyasi – bu faoliyatning muayyan sohasi va turiga real kapital qsishiga ya`ni ishlab chiqarish vositalarining, moddiy – buyum boyliklar va zahiralar oshishiga omil bo`luvchi xarajatlardir. Moliyaviy investitsiyalar qimmatli qog`ozlar va moliyaviy boyliklarga qilingan xarajatlarni o`zida namoyon etadi. Bunday xarajatlar o`z-o`zidan real moddiy kapitalni qstira olmaydi, biroq foyda keltirishga qodir. Shu jumladan turli joylardagi oldi-sotdilarda qimmatli qog`ozlar kursining vaqtga qarab o`zgarishi yoki pullar tafovuti holatiga olib sotarlikdan kelgan foyda ham. Loyihani ishlab chiqish – bu loyiha maqsadlariga erishish bo`yicha ish-xarakat tarzi, modeli, hisob-kitoblarni amalga oshirish, variantlarni tanlash, loyiha qarorlarini asoslashdir. Investitsion loyihani ishlab chiqishda eng asosiy narsa - loyihani amalga oshirish haqida qaror qabul qilish va shu loyihaga investitsiya ajratish asosida asosiy xarajat bo`lib hisoblanuvchi xar taraflama texnik – iqtisodiy asoslanishni tayyorlashdir. Texnik-iqtisodiy asoslanishga qo`shimacha ravishda yoki uning tarkibida agar loyiha tijorat xarakteriga ega bo`lsa, loyihaning biznes rejasi ishlab chiqiladi. Loyihani amalga oshirish. Uni amaliy jihatdan ro`yobga chiqarish, loyiha tarzini muayyan iqtisodiy voqelikka aylantirish, loyihada qo`yilgan maqsadlarga erishishdir. Qo`rib chiqilgan har ikkala bosqich bir butunlikka birlashtiriladi, kelishiladi va ishlab chiqarish va loyihani ro`yobga chiqarish jarayonini boshqarish vositasida muvofiqlashtiriladi, buning uchun boshqarish organlari mavjud yoki yuzaga keltiriladi. Qo`rsatilgan bo`linish bilan bir qatorda va u bilan uzviy aloqada investitsion loyiha investitsiyalar xarakteri ajratilishi yo`nalishi va ulardan foydalanishga, shuningdek mablag`larni ob`ektga qo`yishdan foyda olishga bog`lik ravishda fazalarga bulinadi. Investitsion loyihalashtirishga bag`ishlangan adabiyotda to`liq investitsion jarayonni uch asosiy fazaga bo`lish qabul qilingan. Bu butun davrni loyiha xayoti muddati yoki xayotiy jarayon deb ataladi. Loyiha investitsion jarayonining fazalari mohiyati va farqini to`ldirgan va tugalroq tasavvur qilish uchun grafikda (chizma- 6. 6) vaqtda loyihani amalga oshirishda xarajat qilinadigan investitsion zahiralar hajmi (grafikning kuyi qismi) va daromadning (foydaning) loyihaga (grafikning yuqori qismi) kapital xarajatlashdan keladigan foyda samarani tavsiflovchi kattaligi qanday o`zgarishini tasvirlaymiz. Jarayonning birinchi fazasiga mos keluvchi bosqichda loyihani asoslashda tadqiqot va ishlovlar o`tkaziladi, loyiha xujjatlari ham tayyorlanadi. Bu fazada loyihaning tadqiqot va ishlovlar o`tkaziladi, loyiha hujjatlari ham tayyorlanadi. Bu fazada loyihaning iqtisodiy, texnik va texnologik ishlovi bir-biriga uyushib ketadi. Uni amalga oshirishning tashkiliy asoslari ishlab chiqariladi va investitsiyalash manbalari mqljal kilinadi. Birinchi fazaning investitsiya oldi deb atash qabul qilingan, chunki u loyihaga asosiy investitsiyalar qo`yilishdan oldin keladi. Ikkinchi faza. Odatda investitsion deb ataladi. Bu fazaning asosiy mazmuni zudlik bilan ajratilayotgan va singib ketayotgan pul investitsiyalarining loyihada ko`zda tutilgan mahsulot ishlab chiqarishning yaqqol omiliga aylanishiga olib keladi. Bu faza davomida imoratlar va inshoatlar tiklanadi, jihozlar sotib olinadi va rostlanadi, ishlab chiqarish infrastrukturasi tuziladi, tajriba va undan keyin mahsulotni turkumli ishlab chiqarish va sotish boshlanadi. Bu investitsiyalar asosiy hajmini sotib yuboruvchi xarajatlar fazasidir. Biroq, qanchadir vaqtdan boshlab tovarning birinchi turini sotilishi barobarida foyda keltiradigan loyiha nafaqat xarajatli balki daromadli bo`lib qoladi. Investitsion faza tugallanishi barobarida ob`ekt qurila boshlagach investitsion xarajatlar hajmi kamaya boshlaydi, loyiha keltiradigan daromad hajmi esa ortadi, chunki u asta-sekin loyiha quvvatiga chiqa boshlaydi, bu ishlab chiqarish chiqimlari kamayib sotish hajmining xiyla ortishiga imkon beradi. Loyihaning bu tariqa rivoji uning foydalanish deb ataluvchi uchinchi hal qiluvchi fazasida kuzatiladi. CHunki u ishlab chiqarishdan foydalanish loyihaga ko`ra yaratilgan ob`ktni ishlatish vaqti va rejimiga muvofiq keladi. Investitsiyaning uchinchi fazasida odatda pasayib boruvchi hajmda ishlab chiqarishni tutib turish uni orttirish uchun xam jihozlar amortizatsiyasi zarur. Biroq mahsulot sotishdan keladigan daromad bu fazada investitsion xarajatlardan ancha-muncha oshadi. Buning oqibatida T1 vaqtning bu shuncha muddatda daromadning umumiy summasi loyihaga qo`yilgan kapital qiymatiga teng bo`ladi. Bu loyiha o`oplash nuqtasiga etgandan guvohlik beradi. Keyin loyiha asta-sekin eskira boshlaydi. Uning mahsulotiga bo`lgan talab tushib ketadi. Mahsulot bahosi pasayadi. Bu loyiha daromadliligini susaytiradi shu bilan bir vaqtda loyihani asosiy vositalari ahloqiy va jismoniy jihatdan eskiradi. SHu munosabat bilan ularni saqlab turish investitsiyalar hajmining ortishini talab etishi mumkin. Shu narsa ravshan bo`ladiki, loyihaning xayot jarayoni intixoga eta boshlaydi va loyihaning zararliga aylanishini chetlab o`tishi uchun uni yo`qqa chiqarib qqya qolish maqsadga muvofiq deb topiladi. Shuni ta`kidlash joizki, loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish jarayonida uning barcha fazasida uning moliyaviy ahvoli balanslashtirishini tekshirish nuktai nazaridan loyihani moliyaviy jihatdan baholash zarur. Buning uchun loyihaning ayni holda to`lov qobiliyati deb ataladigan kadrliligini o`tkaziladi. Loyihani ishlab chiqaruvchi, amalga oshiruvchi, moliya bilan ta`minlovchi shaxslar shu narsani kuzatishlari kerakki, xar bir daqiqada loyihaga to`lash uchun zaruriy pullar, keladigan to`lovlar loyihani moliya bilan ta`minlash manbalari mablag`lari tushumi bilan ta`minlangan bo`ladi. Investitsiyalarga qattiq extiyoj ularning yaqqol etishmasligi har doim investitsion zahiralardan oqilona samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu vazifa 2 xil turda kuzatilishi mumkin. Agar iqtisodiy loyihani amalga oshirish uchun investitsiyalar hajmi ma`lum bo`lsa, xarajatlanadigan investitsiya hajmidan ehtimol tutilgan eng ko`p iqtisodiy samara olishga intilish kerak, binobarin, investitsion zahiraning xar bir birligidan xam. Agar kapital xarajatlash hisobiga zaruriy natija olish ma`lum bo`lsa, unda qo`yilgan moliyaga etishga imkon beruvchi investitsion zahiralarning eng kichik xarajatini qidirib topish kerak. Investitsiyalar samaradorligini baholashda “iqtisodiy samara” va “iqtisodiy samaradorlik” tushunchalarini farqlamoq lozim bo`ladi. Samara bu investitsiyalash kapital xarajatlash hisobiga erishiladigan natija bo`lsa samaradorlik bu samara va samara olishni shart qiluvchi investitsiyalar kattaligi o`rtasidagi nisbatdir. Xarajatlangan kapitaldan (K) olinadigan mutlaq iqtisodiy samara (E) xarajatlangan kapital hisobiga olingan daromad (D) va qo`yilmalarning o`z kattaligi o`rtasidagi tafovut qo`rinishida belgilanadi, ya`ni E=D-K. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling