Boshqaruv hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

Hx=Mz x Fzx 
bunda Hx
- haqiqiy xarajatlar, Mz - foydalanilgan zahiralarni haqiqiy miqdori 
Fz - foydalanilgan zahiralarni haqiqiy bahosi. 
Ushbu usul afzalligi hisob-kitoblarning oddiyligidadir. Quyidagi sabablarni 
ushbu usul kamchiliklariga kiritish mumkin: 
 foydalanilgan zahiralar miqdori va ularga qo`yilgan baholar nazorati uchun 
me`yoriy hujjatlar mavjud emasligi; 
 og`ishishlarni aniqlash, sabablari, aybdorlari va joyini aniqlash va tahlil 
etishning imkoniyati yqo`ligi; 
 ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni hisob-kitoblari faqat hisobot davri 
oxirida o`tkazilishi mumkin va h.k. 
Birinchi usulga nisbatan xarajatlar hisobining me`yoriy usuli nafaqat qanday 
xarajatlar bo`lishi, balki ular qanday bo`lishi kerakligini ham baholashga imkon 
beradi. 
Me`yoriy xarajatlar deganda texnologiya o`zgarishiga tuzatishlar kiritish bilan 
bog`liq xarajatlarning joriy me`yorlari ta`kidlanadi. Amaliy faoliyatda ma`lumot 
operatsiyasi ishlab chiqarish korxonasidagi turli normalardan foydalanishlari 
mumkin: faqat miqdor bo`yicha, faqat baholar bo`yicha, miqdor va baholar bo`yicha 
birgalikda. 
Yarim tayyor mahsulotli usulda har bir oldingi qayta ishlov mahsuloti 
keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot sanaladi YOki tashqariga sotishi 
mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejaviy tannarx 
bo`yicha, yohud hisob-kitob yoki mahsulotni chiqarib yuborish baholari bo`yicha 
baholash zaruratini belgilaydi. Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 
- “O`zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” degan moddada aks ettiriladi. 
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda har bir qayta ishlov bo`yicha, asosan, faqat 
ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xom-ashyo, 
dastlabki materiallar xarajatlari, ishlovga berilgan barcha qayta ishlovlar xarajatlari 
va ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan hisob qilinadi. Bunda faqat 
tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. 
Xarajatlar hisobining buyurtmalar bo`yicha usuli xususiy va mayda turkumli 
ishlab chiqarishida, shuningdek tajriba eksperimental ishlab chiqarishda va ta`mir 
ishlarida qo`llanishi mumkin. 
Buyurtmalar bo`yicha usul mohiyati shundan iboratki, xarajatlar hisobi bir 
buyumni yoki bir xildagi buyumlarning uncha katta bo`lmagan turkumini 
tayyorlashda buyurtmalar bo`yicha amalga oshiriladi. Buning uchun har bir 
buyurtmaga buxgalteriyada alohida kartochka ochiladi, unda buyurtma bo`yicha 


xarajatlar uni bajarishning butun muddati mobaynida hisobga olinadi. 
Bevosita xarajatlar birlamchi hujjatlar asosida tsexlar va buyurtmalar nuqtai-
nazaridan hisobga olinadi. Bunday xarajatlar hisobi bo`yicha birlamchi xujjat har bir 
buyurtmaga alohida rasmiylashtiriladi. Bevosita xarajatlar korxonada mutanosib 
ravishda qabul qilingan taqsimot bazasida taqsimlash yo`li bilan tannarxga kiritiladi. 
Buyurtmani bajarish muddati daomida xarajatlar tugallanmagan ishlab 
chiqarish (mahsulot) sifatida hisobga olinadi. Ishlar tugagandan keyin kartochka 
yopiladi va buyurtmani bajarishga ketgan xarajatlar chiqiladi. Bu xarajatlar qaytib 
kelgan chiqindilar, mutlaqo brak va foydalanilmagan materiallar omborga qaytarish 
xarajatlari chiqarib tashlangach, buyurtma bo`yicha ishlangan mahsulotning haqiqiy 
tannarxi bo`lib qoladi. Bordiyu, buyurtmaga muvofiq bir necha xil buyum 
tayyorlansa, birlik tannarx xarajatlar summasini ishlab chiqilgan mahsulot miqdoriga 
kalkulyatsion moddalari bo`yicha bo`lish bilan aniqlanadi. Sut va sut masulotlarida 
buyurtma bo`yicha usul sut mahsulotlari korxonasida, savdo va texnologik jihozlar va 
h.k. ishlab chiqarishda qo`llaniladi. 
Ko`pgina hollarda tashkilot korxona amaliy faoliyatida qayta ishlov bo`yicha 
usul bilan bir qatorda buyurtma bo`yicha usulning unsurlarini qo`shib yuboruvchi 
aralash tizimlardan foydalaniladi. Bunday tizimlardan turkumli va oqimli ishlab 
chiqarishlarda foydalaniladi: qandolatlar ishlab chiqarishda, sut va sut ishlab 
chiqarish sanoatida va h.k. Jumladan, operatsiyalar bo`yicha usul eng istiqbolli 
aralash tizimlardan biri hisoblanadi, undan foydalanishda xarajatlarni kiritishning 
asosiy ob`ekti operatsiya hisoblanadi. Xar bir operatsiyaga xarajatlarni mazkur 
operatsiyadan qtgan mahsulotlar birliklar bo`yicha qo`shimcha xarajatlarning 
o`rtacha salmog`iga mutanosib ravishda taqsimlaydilar. Asosiy materiallarga ketgan 
xarajatlarni buyurtma bo`yicha usulga qxshab mahsulotning muayyan turiga 
kiritadilar. Operatsiyalar bo`yicha usulini afzalligi kalkulyatsiyani texnologik 
sharoitga “tirkashdan” iborat. 
Ishlab chiqarish korxonalari xarajatlarni mahsulot tannarxi to`lanishga bog`liq 
holda xarajatlar hisobini to`liq yoki cheklangan tannarx (marjinal usul) bo`yicha 
tashkil etish mumkin. 
To`liq tannarx bo`yicha xarajatlar hisobi usulida mahsulot tannarxi doimiy va 
o`zgaruvchan bevosita va bilvositaga bo`linishdan qat`iy nazar korxonaning barcha 
chiqimlari kiritiladi. Bevosita mahsulotga kiritib bo`lmaydigan xarajatlarni avvaliga 
ular kelib chiqqan javobgarlik markazlari bqicha taqsimlaydilar, keyin esa tanlangan 
bazaga mutanosib ravishda mahsulot tannarxi olib qtadilar. Ko`pincha taqsimlash 
bazasi sifatida ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi, ishlab chiqarish tannarxi va 
h.k. lar hioblanadi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling