Boshqaruv hisobi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/74
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1492155
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
boshqaruv hisobi fani boyicha

 


 
 
 
 
 
18- MAVZU: HISOB SIYOSATIDA XARAJATLASH TO’G’RISIDA 
MA’LUMOTLARNI OCHIB BERISH 
 
Xarajat-bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo`lib‚ daromadlar 
va xarajatlar kontseptsiyasiga ko`ra‚ qsha davrning o`zida daromad keltirishi kerak. 
Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun moddiylashtirilgan 
mehnat sarflarining pul shaklidaga ifdasiga aytiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini 
to`g`ri rejalashtirish va hisobga olish maqsadida ular ma`lum tartibda turkumlarga 
ajratiladi: 
1. Mahsulotni tayyorlashdagi texnik-iqtisodiy roliga qarab: 
- asosiy; 
- ustama. 
2. Ayrim mahsulot turlarining tannarxiga qo`shilishi (taqsimlanishi)ga qarab: 

bevosita (to`g`ri); 

bilvosita (egri). 
3. Tayyorlanayotgan mahsulot miqdoriga bog`liqligiga qarab: 

o`zgaruvchan; 

o`zgarmas (shartli). 
4. Xarajaning turiga qarab: 

iqtisodiy elementlar; 

kalkulyatsiya moddalari. 
5. Tarkibiga qarab: 

bir elementli; 

kompleks. 
6. Ishlab chiqarish bilan bog`liqligiga qarab: 

ishlab chiqarishdagi; 
- noishlab chiqarishdagi. 
7. Mahulot tannarxini hosil qilishdagi xarakteriga qarab: 
- unumli; 
- unumsiz. 
8. Rejaga kiritilishiga qarab: 

rejalashtiriladigan; 

rejalashtirilmaydigan. 
9. Xosil bo`lish joyiga qarab: 
- tsex; 
- uchastka; 
- bo`lim; 
- brigada. 
10. 
Taqvim davriga tegishliliga qarab: 
- joriy davr; 


- kelgusi davr; 
- kelajakdagi xarajatlar rezervi. 
Javobgarlik markazlari bo`yicha hisob g`oyasini birinchi bo`lib 1952 yilda Jon 
Xiggins olg`a surdi. Uning fikricha, javobgarlik markazlari bo`yicha hisob - bu 
bevosita, xarajatlarni boshqarish hisobidir. Bu hisob natijalari markaz hisobotida 
to`planadi va aks ettiriladi. Uning quyidagi mashhur qoidasi ham J. Xiggins nomi 
bilan bog`liq: korxonaning har bir tuzilmaviy birligini u javob berishi mumkin 
bo`lgan va nazorat qiladigan faqat va faqat qsha xarajatlar YOki daromadlar to`ldirib 
turadi. 
O`zbekiston adabiyotiga “javobgarlik markazi” atamasi yaqinda kirib 
keldi va darhol qizg`in bahslarga sabab bo`ldi.
Javobgarlik markazlari bo`yicha hisobning asosiy maqsadi har bir javobgarlik 
markazi bo`yicha faoliyat xarajatlari va natijalari haqidagi ma`lumotlarni 
umumlashtirish va ular bo`yicha mavjud og`ishishlarni muayyan shaxs zimmasiga 
yuklashdan iborat. 
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo`linishi, 
nazarimizda, muayyan vaziyat xususiyati bilan belgilanishi va quyidagi asosiy 
talablarga javob berishi kerak: 
javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi 
bilan bog`langan bo`lishi: 
har bir javobgarlik markazida faoliyat hajmini aniqlash xarajatlarni hisoblash 
va ularni taqsimlash uchun baza vazifasini bajarishi
har bir javobgarlik markazi menejerning vakolatlari va javobgarligi sohasini 
aniq belgilashi zarur. Menejer faqat u nazorat qila oladigan qo`rsatkichlar uchun 
javob beradi; 
har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarini o`rnatish zarur; 
javobgarlik markazi menejerlari qtgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini 
o`tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda ishtirok etishlari lozim. 
Bundan tashqari, korxonani javobgarlik markazlariga bo`lishda tegishli 
markazlar rahbarlarining bahona va etirozlariga ta`sir qila oladigan ijtimoiy-
psixologik omillarni hisobga olmoqlari zarur.
Shuni nazarda tutish lozimki, ishlab-chiqarish korxonasini javobgarlik 
markazlariga bo`lish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va 
tashkil etilishi, dastlabki materiallari, ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibi, texnik 
jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog`liq.
Javobgarlik markazlarini tashkil qilish jarayoniga korxona ishlab chiqarish va 
tashkiliy tuzilmalari o`z ta`sirini qo`rsatadi.
Korxona ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlarini, tsexlar, xizmatlar 
tarkibi va tuzilmasini, ularning quvvatini, ishlab chiqarishni boshqarishning har-bir 
darajasidagi tuzilish va o`zaro bog`liqlik shakllarini o`zida ifoda etadi. 
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi esa ish o`rinlarini o`zida aks etadi. Aslida u 
korxona faoliyatining ayrim turlari va korxonaning asosiy vazifa va maqsadlarini 
boshqarish bo`yicha kelishuvini ta`minlaydi. 
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi doirasida boshqarishni tashkil etishning 


quyidagi shakllarini ajratib qo`rsatish mumkin: chiziqli, funktsional, chiziqli - 
funktsional, matritsali. 
Chiziqli deganda “vertikal bo`yicha” boshqarish tushiniladi, bunda quyida 
turuvchi bo`g`inlar qat`iy ravishda yuqorida turuvchi bo`g`inlarga bevosita 
bo`ysunadi. Odatda chiziqli tizim ishlab chiqarish tsexlari va korxona uchastkalarini 
boshqarish uchun xarakterlidir. 
Funktsional boshqarish - bu alohida funktsiyalar bo`yicha boshqarishdir 
(moliya, ta`minot, sotish, kadrlar, loyiha - konstruktor va texnologik ishlovlar, ish 
yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalar va hokazolar). Bunda yuqorida turuvchi bo`g`in 
barcha yoki qisman quyilarga, ammo faqat birgina funktsiya doirasida rahbarlik 
qiladi. Funktsional boshqarish shartlarida bir shaxs, bo`linmada turli funktsiyalar 
bo`yicha ham rahbarlik qilishi mumkin.
Amaliyotda boshqarishning chiziqli – funktsional tuzilmasi eng ko`p 
o`qllaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo`linmalar mahsulot ishlab chiqarish 
bo`yicha asosiy faoliyat bilan shug`ullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo`linmalar 
esa (marketing bo`limi, reja, moliya bo`limlari, karlar bo`limi) asosiylariga xizmat 
qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari va yakkaboshchilik 
birgalikda to`laroq amalga oshiriladi. Tayyorlanadigan qarorlarining yuksak 
darajaliligi va har bir ishlab chiqarish bo`g`iniga yoppasiga rahbarlik qilish ham 
ta`minlanadi. 
Matritsiali tuzilmada funktsional bo`linmalar bilan baravar muayyan ishlab 
chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu 
guruhlar boshqaruv ierarxiyasining turli darajalarida turgan alohida funktsional 
bo`linmalar mutaxassislaridan tarkiyu topgan.
Matritsali tuzilmaning afzalligi shunda namoyon bo`ladiki, u tashkilot 
ichkarisidagi tqsiqlarni bartaraf etish imkonini beradi, bunda funktsional 
ixtisoslashish rivojiga halal etmaydi. Funktsional qiymat tahlili (FQT) guruhning 
vujudga kelishi ham bunga misol bo`lishi mumkin.. Uning maqsadi eng kam xarajat 
qilgan holda eng yaxshi xulosali va qlchamli (parametrli) yangi buyumni ishlab 
chiqarishga erishidir. 
Boshqarishni tashkil etishning matritsali shakli eng ko`p darajada rahbarlarning 
hamjihatlikdagi 
faoliyatining 
markazlashgan 
guruh 
a`zolarining 
shaxsiy 
qobiliyatlariga namayon bo`lishi uchun sharoitlar yaratadi.
Tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish har bir bo`linma 
faoliyatini muayyan shaxslar mas`uliyati bilan bog`lashga, har bir bo`linma 
natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga qo`shgan hissasini 
aniqlashga imkon beradi. 
Bu bo`linmalar bo`yicha boshqaruv hisobini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun 
ularni quyidagi belgilaridan kelib chiqqan holda tasniflash zarur deb bilamiz: 
vakolatlar va javobgarlik yoqlami; 
markaz bajaradigan funktsiyalar. 
Vakolatlar va javobgarlik o`qlamidan kelib chiqqan holda javobgarlik 
markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo`lmoq zarur. 
Xarajatlar markazi – bu faqat xarajatlargagina javob beradigan korxonaning 
tuzilmaviy bo`linmasidir (masalan, ishlab chiqarish uchastkasi,ishlab chiqarish tsexi, 


konstruktorlik byurosi va h.k.). Shunday markaz doirasida nazorat,tahlil qilish va 
boshqarish maqsadida ishlab chiqarish omillari xarajatlarining rejalashtirilishi, 
me`yorlashtirilishi va hisobi tashkil etiladi.
Xarajatlar markazini, o`z navbatida, boshqariladigan va erkin xarajatlar 
markazlariga bo`lish zarur. 
Sotish markazi javobgarlik markazining bir turi hisoblanadi, rahbari faqat 
kirimga javob beradigan (biroq hor sotish bo`limi, ekspeditsiya, dqkoni, ombor uchun 
emas) bo`linmadir. Bunday markaz faoliyatiga ketgan xarajatlar va tushum miqdori 
o`rtasida o`zaro bog`liqlik deyarli yo`q, shu munosabat bilan sotishdan tushgan 
tushum, shuningdek uni belgilovchi qo`rsatkichlar: sotish hajmi, sotuvdan olingan 
tushum va baho asosiy nazorat nazorat qilinadiganuvchi qo`rsatkich hisoblanadi. 
Foyda markazi – bu bo`linma rahbari ham xarajatlar, ham foyda uchun javob 
beradigan 
bo`linmadir. 
Bunday 
markazlarda 
daromad 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotning pul ifodasi, xarajat-foydalanilgan zahiralarining pul ifodasi, foyda esa-
daromad va xarajat o`rtasidagi farqdir. Foyda markazi menejeri baho va sotish 
hajmini, shuningdek xarajatlarni nazorat qiladi. Shu bois bunday markaz uchun 
asosiy nazorat qilinuvchi qo`rsatkich bilan foyda belgilanadi. 
Investitsiyalar markazi-bu rahbari nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki 
kapital quyilmalarga ajratilgan mablag`ga ham javob beradigan bo`linmadir. 
Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo`lgan Bunday 
markazning maqsadi nafaqat foyda olish, balki sarflangan mablag`larning 
rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag`ning ortishiga 
erishish ham hisoblanadi 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling