Bоshqаruv hisоbidа byudjеtlаshtirish «Boshqamv hisobi»
Mеhnаtgа hаq to’lаsh хаrаjаtlаr
Download 36.48 Kb.
|
Оралик
Mеhnаtgа hаq to’lаsh хаrаjаtlаr
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o'rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlashini bajarish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Korxonalarda xarajatlar tllrlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investitsiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xomashyo materiallar, yoqilg'i va mehnatga haq to'lash xarajatlari kabilardan iborat bo'ladi. Respublikamizda xarajat moddalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O'z. R. YM ning 2003-yil 25-dekabrdagi 567 -sonli qarori bilan bilan o'zgartirishlar kiritilgan) «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida»gi Nizomga asoslanadi. Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalariniquyidagicha ifodalash mumkin: 1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; - bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; - boshqa bevosita va bilvosita xarajatiar, shu jumladan ishlab chiqarish yo'nalishidagi ustama xarajatlar. 2. Davr xarajatlari: - sotish xarajatlari; - ma'muriy xarajatlar; - boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar: foizlar bo'yicha xarajatlar; xorijiy valuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari; - qimmatli qog'ozlarga qo'yilgan mablag'larni qayta baholash; - moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar. 4 . Favqulodda zararlar. Mahsulotlami ish lab chiqarish tanarxiga qo'shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xomashyo va materiallar, yoqilg'i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi.
Shuningdek, korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko'ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi. Bevosita xarajatlar korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to'lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi. Bevosita moddiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ish va xizmat)larning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulotlar tayyorIash, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatishda foydalaniladigan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar xarajatlarini ifodalaydi. Bevosita mehnat xarajatlari: bevosita ishlab chiqarish xodimlari, ishlab chiqarish jarayonida ishlayotgan mash ina operatorlari va bevosita ishlab chiqarishda band bo'lgan boshqa xodimlarning mehnat haqi xarajatlari. Shuningdek, «Xarajatlar tarkibi to'g'risida»gi Nizomga ko'ra, bevosita mehnat xarajatlariga quyidagilar kiritiladi: - xo'jalik yurituvchi subye.ktda qabul qilingan mehnatga haq to'lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xusus:yatiga ega bo'lgan hisoblangan ish haqi, shujumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo'yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag'batIantiruvchi tusdagi to'iovIar; - kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar; , . - ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan kompensatsiya tusidagi to'lovlar, shu jumladan: - texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik lIchun tarif stavkalari va okladlarga ustarnalar va qo'shimcha haq; . - ko'p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo'shib olib borganlik va xizmat ko'rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; - hukumat tomonidan tasdiqIangan kasblar va ishlar ro'yxati bo'yicha og'ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; - aloqa, temir yo'l, daryo, avtomobil transporti va katta yo'lIar xodimlarining va doimiy ishi yo'lda o'tadigan yoki qatnov tusiga ega bo'lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo'jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo'nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytgacha to'lanadigan yo'lda o'tgan har bir sutka uchun to'lanadigan ustamalar; - qurilishda, rekonstmksiya qilishda va mukammal ta'mirlashda bevosita band bo'lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlar uchun ishning ko'chma va qat nov xususiyati uchun ustama; - doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo'lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo'nab ketishlaridan oldin va orqaga qaytishlarigacha o'tadigan normativ vaqt uchun qo'shimcha haq; - mehnatga haq to'lashning tumanlar bo'yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun huiiatlariga muvofiq cho'I, suvsiz va yuqori tog' joylarida ishiaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilangan to'lovlar; - xo'jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig'ilish punktidan) ishjoyiga va orqaga qaytadigan yo'ida o'tadigan kunlar uchun vaxtada ishiash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodirnlarning meteorologiya sharoitlariga ko'ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo'lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to'lanadigan summalar (vaxta usulida lshni bajarishda); - ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaga,nligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari lIchlln haq to'lash; - ishlanmagan vaqt lIchlln haq to'lash: - amaldagi qonlln hlljjatlariga muYofiq navbatdagi (har yilgi) va qo'shimcha ta'tillar uchlln kompensatsiyalar, o'smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish lIchlln onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko'riklardan o'tish bilan bog'liq vaqt lIchun haq to'lash; - majbllriy ta'tilda bo'igan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq to'lash; - donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari lIchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari lIchlln haq to'lash; - davlat vazifalarini bajarganlik uchlln (harbiy yig'inlar, favqulodda vaziyatlar bo'yicha yig'inlar va boshqalar) mehnat haqi to'lash; - xo'jalik yuritllvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tllzilgan shartnomalar bo'yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to'lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo'jalik yurituvchi subyektning o'zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jllmlaga kiradi; - belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to'lash fondiga kiritiladigan , to'lovlarning boshqa turlari. Bilvosita xarajatlar esa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar hisoblanib, ularga ma'muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xarajatlarni rejalashtirish xarajatlar tarkibi va mahsulot (ish va xizmat)larning reja tannarxini dastlabki baholashdan boshlanadi. Download 36.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling