Bоshqаruv hisоbidа byudjеtlаshtirish «Boshqamv hisobi»


Xarajatlarni rejalashtirish


Download 36.48 Kb.
bet5/5
Sana22.04.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1376843
1   2   3   4   5
Bog'liq
Оралик

Xarajatlarni rejalashtirish ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadigan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati va kutilayotgan foyda hajmini aniqlashda yuqori samara beradi.
Xarajatlarni dastlabki baholash esa bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. U quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
- ishlab chiqarish hajmini aniq belgilash;
- mahsulotlarning ishlab chiqarish texnologiyasi;
- materiallarni almashtirish variantlari;
- materiallar va chet korxonalar xizmatlarining qulayligini baholash. lshlab chiqarish xarajatlari budjetini ishlab chiqish jarayonida asosan smeta va normativ usuldan foydalaniladi.
Smeta usulida korxonaning barcha bo'linmalari rejalari asosida korxona miqyosida xarajatlarning yig'ma rejasi shakllantiriladi. Respublikamizda smeta usuli ancha keng tarqalgan usul hisoblanadi. Uning qo'llanilishi kompleks rejalashtirishni yagona tizimga keltirishni ta'minlaydi.
Normativ usul asosida ishlab chiqarish xarajatlari budjeti tuziladi.
Yillik ish lab chiqarish hajmini inobatga olib, alohida mahsulotlar tannarxini xarajatlarning iqtisodiy elementlari va kalkulatsiya moddalari bo'yicha smetasini tuzish uchun shaxmatli jadval ishlab chiqiladi (6-ilova).
Xarajatlarning shaxmatIi jadvali tuzilgandan so'ng, korxonaning " faoliyat davri uchun rejalashtiriladigan xarajatlarning yig'ma smetasi ishlab chiqiladi.
Xalqaro amaliyotda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni rejalashtirishda normativ usuldan keng foydalaniladi. Normativ xarajatlar quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Nx = Nmx + Nms + Nux'
bunda:
Nx - mahsulot birligini ishlab chiqarishning normativ xarajatlari;
Nmx - normativ moddiy xarajatlar;
Nms - normativ mehnat xarajatlari;
Normativ ustama xarajatlar. Normativ ustama xarajatlar normativ bevosita mehnat xarajatlari bo'yicha foizlarda ifodalanadi. Normativ mehnat xarajatlaridan ishchi kuchi xarajatiarini rejalashtirish maqsadida foydalaniiadi, ulaming hajmi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
I kx =Nnm * Ss
bunda: lkx - ishchi kuchining rejalashtiriladigan xarajatiari; N nm - normalashtirilgan mahsulot miqdori;
S, - mehnatga haq to'lash soatbay stavkalari (mukofotlarsiz).
Normativ xarajatlardan chetlanishni baholash va quyidagi uning kelib chiqish sabablarini aniqlash zarur:
- bevosita va bilvosita xarajatlarning o'zgarishi, sotib olingan materiallar qiymatidagi chetlanishlar natijasida;
- mahslliot sifatini ta'minlashga sarflangan xarajatlar natijasida;
- normalar va normativlarning o'zgarishlari natijasida;
- ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorL talab, baho ta'siri yoki boshqa omillar natijasida.
Xarajatlarni dastlabki baholash tannarxi yuqori va foyda keltirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni to'xtatish imkonini beradi. Xarajatlarni babolashning so'nggi bosqichida rejalashtirish jarayoni standart mahsulot tayyorlash uchun barcha zaruriy xarajatlarni hisobga olishni nazarda tutadi, chunki yangi mahsulot ishlab chiqarish katta miqdordagi moddiy, mehnat va qo'shimcha xarajatlami talab etadi.
Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling