Boshqaruv jarayonining bosqichlari
Download 28.9 Kb.
|
Boshqaruv jarayonining bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes-reja
- Tartibga solish
Marketing - korxonani istemolchi bilan bozor orqali bog’lovchi eng muhim bozor
munosabatlari va axborot oqimlari to’plamidir. Marketing tarkibiga: bozorni o’rganish, istemolchilar buyurtmalariga ko’ra tovarlar turini rejalashtirish, tovarlarni bozorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan istemolchiga etkazish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu bu tovarga bo’Ulgad talabni lakmus qog’ozi singari aks etgiradi. Bozor taklif ^lgan tovarni yo qabul etadi, yoki inkor qiladi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingai ishlab chiqarish tsiklining so’ngida emas, boshida bo’lishini taqozo etadi, chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlarning mavjud va istiqboddagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvda bozorga ishlab chiqarishining oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab chiqarish ko’lamini belgilovchi, butun boshqaruv jarayoniga tasir etuvchi kuchga aylanadi. Biznes-reja — ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. Biznes-rejalarda iqtisodiy strategiya belgilanadi, kelajakda rivojlanish yo’llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, FTT, ijtimoiy rivojlanish miqyoslari belgilanadi. Tashkil etish — boshqariluvchi tizimning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlarini tartibga solish jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim tarkibiy qismlari o’rtasidagi qismlari to’g’risida qoidalar yaratishi, lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy meyorlarni belgilashni o’z ichiga oladi. Tartibga solish (uyg’unlashtirish) — boshqaruvning barcha boshqa vazifalari, uning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy masalalari, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalarni muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o’zaro uzviylikni o’rnatish, belgilangan meyorlardan chetga chiqishlarning oldini olishdir. Download 28.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling