Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi
Yоzuvda ba’zan kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi. Bu quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi:
1. Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib, -dir affiks bog‘lamasi qo‘llanmaganda: Mehnat - hurmatning toji. (Maqol). Tashqaridagi gap – kir o‘radagi mag‘zava (Shuhrat). To‘rt karra to‘rt - o‘n olti.
2. Gapning egasi yoki kesimi, yo bo‘lmasa ham egasi, ham kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, -dir bog‘lamasi bo‘lmaganda: Bekor yurish – illatning onasi, g‘urbatning makoni. («Tafakkur gulshani»). O‘qish - ulg‘ayish. (Maqol). Tilni bilish – dilni bilish (Maqol).
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanib, kesim tarkibida affiks bog‘lama ishlatilmaganda: Bular – ko‘m-ko‘k dov-daraxtlar. (K.YAshin).
4-ma’ruza: Gapning ikkinchi darajali bo`laklari
Reja
Ainqlovchi va uning turlari
To’ldiruvchi va uning turlari
Hol va uning turlari
Ainqlovchi
Predmet ma’nosini bildiruvchi so‘zni izohlaydigan va uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lakka aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo‘ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi
Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo‘lakka odatda bitishuv yo‘li bilan bog‘lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi xususiyatini, sifatini, miqdorini, o‘ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deb ataladi.
Sifatlovchi turli so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) sifat bilan: Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib qoldi. (O‘.Hoshimov). Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog‘lar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi (Oybek). Yaxshi so‘z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni insonga, qalbni qalbga bog‘laydigan sehrli ip. (Sh.Ubaydullayev).
2) son bilan: Ikkita zog‘ora non bilan to‘rtta turshakni dasturxonga qo‘yib tamaddi qilgan bo‘ldim. (O‘.Hoshimov). Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog‘adi, birinchi maysalar ham Xirmontepa bag‘ rida ko‘karadi. (O‘.Hoshimov). Uch-to‘rtta yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo‘ljalga olib shoshilmay aylanishadi. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |