2. Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht. Gap qanday bo‘laklardan tashkil topgan?
A) aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) aniqlovchi, ega, kesim C) ega, kesim, to‘ldiruvchi D) ega, kesim
3. Qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) ega va kesim o‘zaro faqat tobe bog‘lanadi B) ega va kesim o‘zaro teng va tobe bog‘lanishi mumkin C) ega va kesim shaxs va sonda moslanishi shart D) A, C
4. Ona-yu bola – gul-u lola. Mazkur gapda so‘zlar o‘zaro qaysi vosita orqali sintaktik bog‘langan?
A) ko‘makchilar B) bog‘lovchilar C) bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamalar D) ohang orqali
5. So‘zning gapda gap bo‘lagi bo‘lib kelishi so‘z turkumlarining qanday belgisi hisoblanadi?
A) morfologik belgisi B) sintaktik belgisi
C) leksik belgisi D) uslubiy belgisi
6. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gap bo‘laklariga xos emas?
A) Gap bo‘lagi ba’zan bir so‘z bilan ifodalanadi. B) Gapni bo‘laklarga ajratishda so‘zlarning tobe aloqaga kirishishi asosiy mezon hisoblanadi. C) Barcha so‘z turkumlariga oid so‘zlar gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. D) yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan birgalikda. gap bo‘lagi vazifasida keladi.
7. Valining keksa onasi uzundan-uzoq duo o‘qidi. Ushbu gapdagi egani toping.
A) Valining keksa onasi B) keksa onasi C) onasi D) duo
8. Ishlamay egan og‘rimay o‘lar. (Maqol) Eganing ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) sifatdosh bilan ifodalangan B) fe’l bilan ifodalangan
C) birikma bilan ifodalangan D) otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan
9. Quyidagi gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
A) Ot bilan B) Fe’l bilan
C) Otlashgan sifat bilan D) Otlashgan sifatdosh bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |