27. To‘ldiruvchining grammatik belgisi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) To‘ldiruvchi odatda boshqa so‘zlarga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. B) To‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan belgili yoki belgisiz qo‘llanishi mumkin. C) To‘ldiruvchi o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari shaklida bo‘lishi mumkin.
D) To‘ldiruvchi o‘zi bog‘langan so‘zga nisbatan tobe yoki hokim sanalishi mumkin.
28. Belgisiz to‘ldiruvchi doim qanday gap bo‘lagi oldida joylashadi?
A) hol oldida B) ot-kesim oldida
C) fe’l-kesim oldida D) hol va kesim oldida
29. Ravish gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang.
A) Mayor sabrsizlanib, har yoqqa tikildi. B) Xayollarim shamoldan tezroq uchardi. C) Ko‘p kitoblar o‘qib chiqdim.
D) Ko‘pdan quyon qochib qutulmas.
30. Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to‘ldiruvchini toping.
A) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. B) Chiniqqanga dard yuqmas. C) Kulgi yuzni go‘zal qiladi. D) Ko‘rmaganlar ko‘rishni orzu qildilar.
31. Izohlovchini toping.
A) O‘zaro izzat-hurmatsiz hech qanday do‘stlik bo‘lmaydi.
B) Agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham jonga tegadi.
C) Professor G‘affor Nasriddinov matematikani iqtisod bilan bog‘lab, talabalarga ma’ruza o‘qiydi. D) Aql barkamollashib, yosh ulg‘aygandagi do‘stlikkina mustahkam bo‘ladi.
32. Izohlovchi bildiradigan ma’nolar qaysi javobda berilgan?
A) amal, unvonni B) A, C C) mashg‘ulot, kasb, mutaxassislikni D) hajm-vaznni
33. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan?
A) qishloqdagi binolar, kitobdan ko‘chirmoq B) tunda kelmoq, qunt bilan ishlash C) choynakdan kattaroq, Hasanning taqdiri
D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq
34. Qaysi qatorda aniqlovchiga to‘g‘ri ta’rif berilgan.
A) Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan bo‘lak. B) Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak. C) Kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan bo‘lak. D) Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo‘laklarga grammatik tobe bo‘lmagan bo‘lak.
Do'stlaringiz bilan baham: |