Boshqaruv Moslashuv Bitishuv


Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi


Download 85.61 Kb.
bet36/45
Sana24.12.2022
Hajmi85.61 Kb.
#1057288
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
1-mavzu Sintaksis

Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi

Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo‘li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu aloqa teng bog‘lovchilar va teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda bog‘lovchisiz, faqat ohang, sanash ohangsi orqali amalga oshiriladi. Sanash ohangsi uyushuvchilarning bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishganda ham mavjud bo‘ladi.


Uyushuvchilar quyidagi bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): uning tegrasida osmon benihoyat tiniq va ko‘k ko‘rinadi. (P.Qodirov). U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga korpusga qarab ketdi. (P.Qodirov). Kun bo‘yi quloqlari ostidan juda g‘alati, ham xiyol hazin, ham kishini allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi. (O.YOqubov).
Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog‘lovchilar vazifasida kelib, inkor ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi (I.Rahim).
Va bog‘lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo‘llanishi mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o‘xshatib elkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. (P.Qodirov). Yigit qora qushlarni ko‘rdi-yu, birdan sergaklandi. (P.Qodirov).
Va biriktiruv bog‘lovchisi vazifasini bilan ko‘makchisi ham bajarishi mumkin: Deraza bilan doska orasida qo‘lini orqasiga qilib yurib, lektsiya o‘qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to‘xtadi. (P.Qodirov).
Bilan yordamchisi, va bog‘lovchisi singari, juft – juft qo‘llangan uyushuvchilarda har bir juft o‘rtasida keladi: To‘g‘ rilik bilan xiyonat, yolg‘ onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o‘rganib dono bo‘lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg‘ubor, ammo almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. (S. Ahmad). Usta Qambar o‘g‘lini urmadi, so‘kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Qodirov).
Zidlov bog‘lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: O‘ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko‘lni Oyko‘l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo‘lib yotganini sezmabman. (P.Qodirov). U Mullajon qozining bog‘ini ko‘rgan emas, ammo tarifini eshitgan. (A.Qahhor).
3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir, ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta–katta toshlarni aylanib o‘tib, ba’zan qoyalarning ostidan yo‘l topib, goh to‘lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko‘lga tushadi. (E.Vohidov). U dam sahnada o‘tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib o‘qib ketdi. (O‘.Xoshimov).



Download 85.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling