Boshqaruv organlari va tashkilotlarida ijtimoiy ish sotsial muammolar bilan ishlash amaliyoti
Download 76.5 Kb.
|
BOSHQARUV ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY ISH SOTSIAL MUAMMOLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTI
BOSHQARUV ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY ISH SOTSIAL MUAMMOLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTIReja:1. Boshqaruv tizimi to‘g‘risida tushuncha 2. Xodimlarni samarali boshqarish orqali korxonalar boshqaruv tizimini rivojlantirish yo‘llari Boshqaruv – ko'p ma'noli tushuncha. U ob'ektga mustaxkamligini saqlash yoki tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazishda ta'sir etish uchun kerak bo'lgan joyda qo'llaniladi. Shu bois ―boshqaruv‖ tushunchasi boshqaruvchi ta'sirga ta'rif berish uchun qo'llaniladi. Boshqaruv tizimining turlarini ajratib ko'rsatash mumkin: masalan- ishlab chiqarishning uzluksiz bajaruvchilari bo'lgan insonlar alohida mashinalar, mexanizmlar, tizimlar, ishlab chiqarishdagi texnologak jarayonlar, aniqrog‘i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida elementlarni boshqaradi. Boshqaruvning bu sohasi ijtimoiy fanlar tomonidan fanning qator tabiiy va ilmiy sohalarini jalb etgan holda o'rganiladi.Boshqaruv – ko'p ma'noli tushuncha. U ob'ektga mustaxkamligini saqlash yoki tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazishda ta'sir etish uchun kerak bo'lgan joyda qo'llaniladi. Shu bois ―boshqaruv‖ tushunchasi boshqaruvchi ta'sirga ta'rif berish uchun qo'llaniladi. Boshqaruv tizimining turlarini ajratib ko'rsatash mumkin: masalan- ishlab chiqarishning uzluksiz bajaruvchilari bo'lgan insonlar alohida mashinalar, mexanizmlar, tizimlar, ishlab chiqarishdagi texnologak jarayonlar, aniqrog‘i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida elementlarni boshqaradi. Boshqaruvning bu sohasi ijtimoiy fanlar tomonidan fanning qator tabiiy va ilmiy sohalarini jalb etgan holda o'rganiladi. Maqsad va vazifalaridan qatiy nazar, boshqaruvning turli xil tizimi, o'zida ikki tizimning birligini: boshqariladigan va boshqarayotganlarni ko'rsatadi. Boshqaruv menejmentning ob'ekti - bu ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari majmuasidir. Bunga texnik (texnika va texnologiya), iqtisodiy (rejalar, moliya, oddiy omillar) va ijtimoiy (mehnat qilayotganlarni tashkiloti va ularning jamoaga munosabatlari) elementlar kiradi. Menejment sohasida insonlarning mehnat faoliyatini ikki turga ajratish mumkin: ishlab chiqarish jarayoni bevosita amalga oshiriladigan "mehnat" va bu jarayonlarni bevosita boshqarishga yo'naltirilgan "faoliyat". Insonlar mehnat faoliyatining birinchi turi ob'ekt sifatida, ikkinchisi esa menejmentning sub'ekti sifatida namoyon bo'ladi. Shundan xulosa qilish mumkinki, menejment - bu avvalambor insonlarni boshqarish bo'lib, ular esa, o'z navbatida, ishlab chiqarish vositalarini boshqaradilar. Menejmentning boshqaruv va boshqaruvchi tizimlari o'rtasidagi munosabat insonlar o'rtasidagi munosabat sifatida qaraladi. Lekin ularni boshqarish - bu nafaqat hodimlarni boshqarish, balki ularning ishlab chiqarishdagi o'zaro munosabatlariga to'g‘ridan - to'g‘ri maqsadli ta'sir etish demakdir. Menejmentning sub'ekti - bu ishlab chiqarishdagi bo'g‘inlar - boshqaruv qoidalari va majburiyatlari bo'lib berilgan turli tashkilotlar, bo'g‘inlar, guruhlar uyg‘unligidir. Xodimni boshqarish - korxona, firma darajasida ishchi kuchi potensialining normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o'zaro bog'langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir. Xodimni boshqarish uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo'ladi, u xodimlaming mehnat qilish sabablarini, undan yuqori darajada foyda olishini, demak, korxonalar faoliyatida pirovard yuksak natijalar qo'lga kiritilganligini bildiradi. Funksional jihatdan Xodimni boshqarish deyilganda kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog'liq bo'lgan barcha vazifalar va qarorlar masalan, kadrlar tanlash, ulardan foydalanish, ularning malakasini oshirish, mehnatiga haq to'lash, ishdan bo'shatish va hokazolar tushuniladi. Tashkiliy jihatdan bu tushuncha orqali kadrlar bilan ishlashga javobgar bo'lgan barcha shaxslar va institutlar masalan, rahbar shaxslar, kadrlar bo'limi, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari qamrab olinadi Korxonaning ijtimoiy tizimi qonuniy ravishda ikkita asosiy kichik tizimga: boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlariga bo'linadi. Shunday qilib, boshqaruvchi Xodim Xodimni boshqarish subyekti, obyekti esa ishlab chiqarish Xodimi sifatida maydonga chiqadi Ma'muriy-huquqiy tamoyili xodimlarni egallab turgan lavozimiga qarab farqlashni nazarda tutadi: zavod direktori, sex boshlig'i, reja bo'limi boshlig'i, bosh buxgalter va h.k. Shunday qilib, butun boshqaruv tizimining asosiy elementi Xodimdir, u ayni bir vaqtda boshqaruvning ham obyekti, ham subyekti bo'lib maydonga chiqishi mumkin. Korxona xodimlari obyekt sifatida faoliyat ko'rsatishiga sabab shuki, ular ishlab chiqaruvchi kuch, har qanday ishlab chiqarish jarayonining asosiy tashkil etuvchisidir. Shu boisdan ishlab chiqarishdagi inson resurslarini rejalashtirish, shakllantirish, qayta taqsimlash va oqilona foydalanish Xodimni boshqarishning asosiy mazmunidir. Ishlab chiqarishning moddiy-buyum elementlarini boshqarish ham xuddi shu nuqtayi nazardan qarab chiqiladi. Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirirladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga olgan huquqning alohida tarmog’I ma’muriy huquq deb ataladi. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshirirladi. Ya’ni aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o’zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi. Ma’muriy huquq davlatni boshqarishni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuz beradigan munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling