Nazorat savollari Menejment nima?


Download 15.19 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.19 Kb.
#215773
Bog'liq
Menejment (2)


Nazorat savollari

1. Menejment nima?

Menejment  —inglizcha boshqarish, tashkil etish — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejment bu boshqaruv hokimiyati va sanati. Menejment faqat ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, yani bozor iqtisodi sharoitida boshqarish subyekti boshqarish obyektiga tasir etib oz maqsadlari bolgan yoki malum ish bajarish orqali foyda olishni amalga oshirish jarayonini tushuntiradi.

2. Mеnеjmеnt fаnining аsоsiy mаqsаdi nimа?

Fanning asosiy maqsadi boshqaruv subyekti va obyekti ortasidagi munosabatlarni, boshqaruvning zamonaviy usullari, tamoyillari, vazifalari, rahbarlik sanatini sirlarini orgatish, kelgusida boshqarish tizimlarining xodimlari, rahbarlari, korxona va firmalarning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tamoyillarini boshqarish boyicha yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlashda uning asoslarini orgatishdan iboratdir.



3. Mеnеjmеnt fаnining аsоsiy vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt?

Ushbu fanning asosiy vazifasi boshqarish mohiyatini, boshqarishda rahbarlik madaniyati, boshqarish samaradorligini baholash usullarini orgatishdan iboratdir.



4. Menejment fani nimani orgatadi?

Menejment fani bu- boshqaruvchiga tanlovni togri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni orgatuvchi fandir.



5. Menejment obyekti va subyekti deganda nimani tushunasiz?

Menejment obyekti - inson faoliyati, narsa, shaxs, xojalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bolgan korxona, qurilish, ayrim uchastka, mavjudod, moddiy dunyo va boshqalar.

Menejment subyekti — boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari, yani boshqaruv organlari yoki menejer-boshqaruvchilarni tushunaman.

6. Menejment fani qanday usul (metod)lardan foydalanadi?

Menejment fani modellashtirish, iqtisodiy-matematik, sistemali, kompleks, tarkibiy yondashuv, kuzatish, eksperiment, sotsiologik kuzatuv usullaridan foydalanadi.



7. Menejment fani qanday fanlar bilan aloqador?

Menejment fani ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda organiladi. Ushbu fan ixtisoslikning barcha fanlari bilan uzviy bogliqdir.



8. Menejment qanday xususiyatlarga ega?

Menejment boshqaruv, ishni tashkil qilish, liderlik, jamoani boshqarish, xodimlar bilan muloqot olib borish va boshqa xususiyatlarga ega.



9. Boshqarish talimotidagi tortta yonalish (maktab) togrisida nimalar deya olasiz?

Boshqarish talimotidagi tortta yonalishga ilmiy menejment maktabi, mumtoz menejment maktabi, inson munosabatlari maktabi va zamonaviy menejment maktablari kiradi.

Ilmiy menejment maktabi (1885-1920)ni F.Teylor yaratgan. U bu maktab haqida intizomni ilgari surgan. Yani belgilangan vaqtda, belgilangan yonalishda, belgilangan joyda oz vaqtida bajarilishi kerakligini aytgan. F.Teylorni mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari mehnat unumdorligini osishiga olib kelgan.

Mumtoz menejment maktabidagilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy hususiyatlar va qonuniyatlarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish.



Amerikalik olim D.M.Gregor inson munosabatlari maktabi asoschisidir. U inson xulq atvorining 2 modeli, xodimning oz mehnatiga ikki xil munosabatda bolishini inobatga olib X va Y nazariyasini yaratdi.

XX asrning 60-80-yillarida zamonaviy menejment rivojlana boshlandi. Zamonaviy menejmentning mohiyatiga: tizimli, miqdorli, vaziyatli va funksional yondoshuvlar kiradi.
Download 15.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling