Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish


Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni


Download 105.55 Kb.
bet12/26
Sana20.11.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1788774
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH

Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ular
yo‘nalishiga qarab, uch guruhga ajratish mumkin:


1. Bevosita ta’sir omillari. Ularga bevosita mehnat faoliyati
bilan bog‘liq hamda insonning mehnat faoliyati jarayonida 
qobiliyatlarini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
kiradi. Bu omillar mehnat jarayoni sifati bilan bog‘liqdir.
Mehnat jarayoni sifati esa, insonning mehnat qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, yuqori va doimiy 
ish haqi kafolatlangan ish joylari mavjudligi bilan belgilanadi.

Yuksak mehnat jarayoni sifati quyidagilar hisobiga 

ta’minlanadi:

ish qiziqarli bo‘lishi kerak;


personal mehnatiga munosib adolatli haq olishi kerak;



mehnat shart-sharoitlari qulay bo‘lishi kerak;


rahbariyat tomonidan nazorat iloji boricha kamroq 


bo‘lishi, lekin nazorat qilish zarurati bo‘lganda, albatta, nazorat
amalga oshirilishi lozim;
— xodimlar o‘z ishlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul
qilinishida ishtirok etishlari darkor;
— maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish vositalari bilan
ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mehnat jarayoni sifati mehnatdan qoniqish hosil qilish
hissini kuchaytirish, o‘z malakasini oshirishga intilishda o‘z 
ifodasini topar ekan, ya’ni ishchi kuchi sifat ko‘rsatkichlarini
yaxshilashga ko‘maklashar ekan, ushbulardan kelib chiqqan 
holda, mehnat jarayoni sifat jihatlariga ishchi kuchi sifatini
oshiruvchi omillar, deb qarash mumkin.


2. Bilvosita ta’sir omillari. Ularga mavjud ishchi kuchini
amaldagi ishchi kuchiga aylantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi 

96
omillar kiradi. Ular mehnat jarayoniga jalb etilgan va ishchi 


kuchi umumiy sifatiga ta’sir o‘tkazadilar. Bular:

nufus (demografik) vaziyatlar.

Mansab darajasi hamisha ham kasbiy rivojlanish bosqichi


bilan bog‘liq emas. Lavozimga ko‘tarilgan inson kasb malakasi 
bo‘yicha ana shu darajada yuqoriga ko‘tarilmagan bo‘lishi
mumkin.

Shuning uchun shaxs rivojlanishining (lavozimda o‘sish)


davriy vaqti va kasb malakasi oshishi (faoliyat turini egallash 
bosqichlari)ni farqlay olishi kerak. Kasb malakasining rivojlanish
bosqichiga muvofiq egallanishi 1.18-chizma, kasb malakasi 
o‘sishi bosqichlari 1.18-chizmada ko‘rsatilgan.
Personalni rivojlantirish uning raqobatbardoshligiga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.


Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling