Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish


Xodimlar faoliyatini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston


Download 105.55 Kb.
bet9/26
Sana20.11.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1788774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH

Xodimlar faoliyatini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston 

Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlari

Kadrlar faoliyatining markaziy masalasi — uni takomil-
lashtirishdir. Kadrlar ishini bozor iqtisodi sharoitida 
takomillashtirish muammosini asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib
chiqaylik:


Birinchi yo‘nalish — kadrlar siyosatini tubdan takomillash-
tirish yo‘li — bu, boshqaruv apparati sonini qisqartirishdan 
iboratdir. Ushbu boshqaruv tizimi samarasizligining asosiy
sababi, u sifat jihatidan takomillashmaganligidir. Bu esa ish 
tizimini son jihatidan emas, balki sifat jihatidan o‘zgartirish
zarurati borligidir.


Ikkinchi yo‘nalish — bu, yangi turdagi boshqaruv
xizmatchisini, ya’ni yangi turdagi iqtisodiy jihatdan asosiy 
fikr yurituvchilarni tayyorlash, demakdir Gap shundaki, bozor
iqtisodi yangi turdagi munosabatni, ya’ni erkin tadbirkorlik 
munosabatini ko‘zda tutadi. Ushbu munosabatlarda rahbarlik
idoralari (davlat idoralari) aralashuvi avvalgiga qaraganda 
ancha kam bo‘ladi. Bozor munosabatlari shakllanishida
ishbilarmon odamlarning (rahbarlarning, tashkilotchilarning
mutaxassislarning) quyidagi sifatlari: jumladan, tadbirkorlik, 

marketing, bank menejmenti, kichik biznesni boshqarish va
hokazolar birinchi darajali rol o‘ynaydi.
Bizda turli xildagi mulkni: jamoa, shirkat, pudratchi, 

aksiyadorlik, shaxsiy va boshqalarni bunyod etish biz nomini

27
tilga olgan belgilarga ega bo‘lgan odamlar faoliyatidir.




Uchinchi yo‘nalish — kadrlar rezervi bilan ishlashda yangi
uslublarni taraqqiy toptirish, ya’ni saylovlar o‘tkazish yo‘li 
orqali rahbarlik vazifalarga tayinlash.

To‘rtinchi yo‘nalish — bu, rahbarlarni iqtisodiy jihatdan
rag‘batlantirish. Ushbu yo‘nalishning mohiyati Boshqaruv 
kadrlariga shunday iqtisodiy dastaklar, ya’ni yaxshi hayotiy
sharoitlar yaratish (uy-joy berish, yuqori maosh tayinlash kabi) 
natijasida turli xil tanlashlar amalga oshiriladi. Shu yo‘nalishga
mos misol qilib, hozirgi paytda odamlarni qishloq xo‘jaligiga 
kelishi, fermer xo‘jaliklariga mutaxassislarning oqib borishini
ko‘rsatish mumkin.



Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling